Bugun, 24 yanvar' kuni soat 22:30 dan boshlab, Madinai munavvarada bo'lib turgan “Novza” masjidi imom-xatibi Jaloliddin domla Hamroqulov bilan "Madina shahrining fazilati va ushbu zamindagi muborak ziyoratgohlar" haqida suhbat bo'ladi. O'z navbatida ahli ilmlar va muxlis xalqimiz tomonidan o'qilgan xatmi Qur'onlarning yakuniy duolari jonli efirda qilinadi.
Muxlislarimiz qalblarida duoyu iltijolari, Rasul alayhissalomga salomlari va xatmi Qur'onlari bo'lsa, jonli efir vaqtida izoh (komment) yozib, bildirishlari mumkin. Ustozlar tomonidan ushbu iltijolar o'qilib, Masjidi Nabaviy yonida baxshida etiladi.
Bugun Masjidi Nabaviydagi xufton namozidan keyin Toshkent vaqti bilan soat 22:30 dan boshlab, xatmi Qur'on yakunlari va duolarni jonli efirda kuzating hamda bevosita ishtirokchisiga aylaning!
Youtube: Muslimuz
(https://www.youtube.com/channel/UCLbdL0ibb4zqlqe7LRNOSNQ)
#JONLI #Umra2022 #Madina
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
muslim.uz
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
- Avvalo, ijtimoiy tarmoqlarga kirishdan maqsadingiz shunchaki vaqt o‘tkazish, ermak emas, balki boshqalarga manfaat ulashish, ulardan manfaat olish, ilmni oshirish, yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarish;
- Fahsh, harom, boshqalarga tegishli rasm va videolarini tarqatish tiyilish;
- Dinni, ulamolarni, shaxslarni, xalqlarni kamsitadigan, obro‘ to‘kishga qaratilgan maqola, rasm va videolarni post qilib qo‘ymang;
- Foydasiz tortishuvlarga kirishmang;
- Mish-mish aytuvchi, tarqatuvchi bo‘lmang! Ma’lumotlarni tarqatishdan oldin tekshirib, aniqlashtiring;
- Postlaringiz bilan odamlarga ilm-ma’rifat, yaxshilik ulashishga intiling va bu ishlarning barchasini Alloh taoloning roziligi uchun qiling;
- Yozayotgan, yuborayotgan, ulashayotgan har bir so‘zingiz oxiratda sizning zararingizga emas, foydangizga guvohlik beradigan so‘z bo‘lishiga diqqat qiling;
- Ijtimoiy tarmoqlardan me’yorida foydalaning! Ibodatni ado etish, oilaning nafaqasi, silai rahm, qo‘shniga yaxshilik qilish kabi zimmangizdagi mas’uliyatlaringizni unutib qo‘ymang;
- Postlarga “yoqdi” tugmasidan bosishdan oldin bu ish iymoningizga futur yetkazadimi yoki yo‘qmi, aniqlab oling! Gunoh bo‘lgan postlarga “yoqdi” tugmasini bosish iymonga salbiy ta’sir etadi;
- Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizni oxiratda Alloh taoloning huzurida, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oldilarida xijolat bo‘lib qolmaydigan tarzda yuriting!
Norin tumani “Abu Iso at-Termiziy” jome masjidi
imom-xatibi Maxmudov Yosinxon.
Manba: @SOFTALIMOTLAR