Horazm Ma'mun akademiyasi tomonidan «Hiva tarixidan lavhalar» kitob-al'bomi o'zbek va rus tillarida nashr etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
O'zbekiston Fanlar akademiyasi ma'lumotiga ko'ra, ushbu kitob-al'bomda Hiva shahrining vujudga kelishi, ijtimoiy hayoti, aholining etnik tarkibi, hunarmandchilik, dehqonchilik mashg'ulotlari, xivaliklar madaniyati va san'atiga doir qimmatli ma'lumotlar. qo'lyozma asarlar, arxiv ma'lumotlari, elchi va sayyohlarning esdalik va xotiralari, nodir manbalar asosida ilk bor to'la yoritilgan.
Kitob-al'bom mahalliy va xorijiy sayyohlar, oliy o'quv yurti talabalari, gid-yo'lboshlovchilar hamda yurtimiz tarixi bilan qiziquvchi keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan.
Mazkur kitob-al'bomning afzaligi shundaki, barcha ma'lumotlar yangi va noyob manba hamda adabiyotlar asosida yoritilgan. Shuningdek, kitobda mavzuga doir ko'plab nodir suratlarning mavjudligi har qanday o'quvchini o'ziga jalb qila oladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Ushbu anglashuv memorandumi ikki tomon o‘rtasida ilmiy salohiyatni kengaytirish va ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik sohalarini rivojlantirishga bo‘lgan e’tiborni aks ettiradi.
Uchrashuvda quyidagilarga erishildi;
• Xalqaro Islom ilmlari universiteti va Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti o‘rtasida anglashuv memorandumi;
• Xalqaro Islom ilmlari universiteti va Hadis ilmi maktabi o‘rtasida anglashuv memorandumi;
• Xalqaro Islom ilmlari universiteti va O‘zbekiston musulmonlari idorasiga qarashli o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘rtasida anglashuv memorandumi;
• Xalqaro Islom ilmlari universiteti va Mir Arab oliy madrasasi o‘rtasida anglashuv memorandumi;
• Xalqaro Islom ilmlari universiteti va Imom Termiziy nomidagi islom instituti o‘rtasida anglashuv memorandumlarini imzolanishi shular jumlasidandir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati