Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Dekabr, 2025   |    ,

Toshkent shahri
Tong
06:19
Quyosh
07:45
Peshin
12:26
Asr
15:15
Shom
17:00
Xufton
18:20
Bismillah
20 Dekabr, 2025, ,

«Puli laqlaqa» – «qimirlayotgan ko'prik»dan o'tib saboq olishga intilgan insonlar, Buxorodagi qadamjolar...

24.01.2022   2629   4 min.
«Puli laqlaqa» – «qimirlayotgan ko'prik»dan o'tib saboq olishga intilgan insonlar, Buxorodagi qadamjolar...

Mamlakatimizda tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, bir so'z bilan aytganda, o'zbek xalqining buyuk tarixini qayta tiklashga katta e'tibor qaratilmoqda. Hususan, qadim Buxoro zaminida mangu qo'nim topgan ulug' ajdodlarimizdan Hoja Abdulxoliq G'ijduvoniy, Hoja Orif Mohitobon Revgariy, Hoja Mahmud Anjir Fag'naviy, Hoja Ali Romitaniy, Hoja Muhammad Boboyi Samosiy va Hoja Muhammad Bahouddin Naqshband qabrlari qayta tiklanib, ular joylashgan maskanlar obodonlashtirildi. Bugungi kunda ushbu maqbaralar ulug' ziyoratgohlarga aylangan.

Halqimizning qadimiy tarixidan so'zlaydigan noyob yodgorliklardan biri Hazrat Boboyi Laqlaqag'iy ziyoratgohi Buxoroning Romitan tumanida joylashgan eng qadimiy qadamjolardan sanaladi.

Hazrat Umar jome masjidi imomlari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, Hazrat Boboyi Laqlaqag'iy – Hazrat Hoja Niyoz Horazmiy xojagonlik tariqatining asoschisi Abdulxoliq G'ijduvoniyga ustozlik qilgan. Shu bois Hazrat xojagonlik tariqati zanjirining boshlanishida turuvchi ulug' avliyo hisoblangan. Hazrat tirikchilik uchun dehqonchilik bilan mashg'ul bo'lgan. O'z mablag'lari hisobidan 3arafshon daryosi ustida yog'och ko'prik qurdirgan. Mazkur ko'prikdan Choriqulboy tomonidan toshko'prik qurilgunga qadar foydalanilgan.

Hazrat o'z muridlari tarbiyasi uchun ham qimmatli vaqtini ayamagan. Vaqti-vaqti bilan vohaning barcha tumanlariga safar qilib ham turgan.

Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Hazrat Boboyi Laqlaqag'iy Abdulxoliq G'ijduvoniyga saboq bergan yillari yoshi ancha ulg'aygan bo'lib, u kishiga nisbatan «Bobo» so'zini ilk bora Abdulxoliq G'ijduvoniy qo'llagan ekan. Abdulxoliq G'ijduvoniy ustozlarining xizmatlarini qilib, duolarini olishga muvaffaq bo'lgan. U zot saboq olish uchun G'ijduvondan Hoja Niyoz Horazmiy huzuriga kelganlarida, Zarafshon daryosi ustiga qurilgan «Puli Laqlaqa» ko'prigidan o'tgan. Ko'prikdan o'tish chog'i ko'prik qimirlab turgani uchun «Puli laqlaqa», ya'ni «qimirlayotgan ko'prik» nomini olgan .

Hazrati Hoja Abdulxoliq 1103 yil G'ijduvonda tug'ilib, 1179 (ayrim manbalarda 1220) yil marhum bo'lgan. Qabri G'ijduvon shahrida joylashgan. Hazratning qabri ustidagi maqbara mustahkam bo'lishi uchun tomonlari 85x8,5 metr va balandligi qo'shqavatli gumbazi bilan 8,5 metr qilib, ya'ni kub shaklida qurilgan.

Hazrat Abdulxoliq G'ijduvoniyning juda ko'p murid, muhib, shogirdlari bo'lgan. Ularning eng etuklari Hoja Ahmad Siddiq, Hoja Avliyoi Kabir, Hoja Sulaymon Karmaniy, Hoja Orif Revgariydir. Hoja Abdulxoliqning muborak ruhi Hoja Bahouddin Naqshband hazratlarini tarbiya qilgani uchun u ulug' zot Bahouddin Naqshbandning uvaysiy – ma'naviy pirlari hisoblangan. Hazrat Bahouddinga zikri xufya (ovoz chiqarmay maxfiy zikr qilish)ni o'rgatgan ham u zoti sharifdir. Ma'lumotlarga ko'ra, Hazrat sakkiz ming butparastni musulmon qilishga muvaffaq bo'lgan, tavba qildirib, to'g'ri yo'lga solgan.

Madaniy meros agentligi boshqarma boshlig'i Bahodir Matchonovning ta'kidlashicha, mamlakatimizda tarixiy haqiqatni tiklash davlat siyosati darajasida bo'lib, 8 ming 210 ta tarixiy yodgorliklar ro'yxatga olingan.

– Bu raqamlar mamlakatimizni nafaqat Sharqda, balki butun dunyoda tarixiy madaniy yodgorliklarga boy o'lkalardan biri sifatida namoyon etadi. Yurtimizdan etishib chiqqan allomalar, buyuk zotlar nainki xalqimiz, balki butun insoniyat ilm-fani, madaniyat va san'ati rivojiga daxldor ulkan ma'naviy, moddiy meros qoldirgan. Ularni asrab, kelgusiga avlodga etkazish esa bugunning dolzarb vazifasidir, – deydi Bahodir Matchonov.

Muhayyo Toshqorayeva, O'zA

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Islom ta’lim muassasasida kitoblar taqdimoti

11.12.2025   11623   1 min.
Islom ta’lim muassasasida kitoblar taqdimoti

Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ustoz va talabalar ishtirokida ikki yangi asarning taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining «Ey, bandalarim» asari hamda Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi Abdulazim domla Saidahmedovning «Nurul yaqin» asari ikkinchi qismi o‘quvchilarga tanishtirildi.

Tadbirda bilim yurti mudiri Jaloliddin Saburov ushbu kitoblar talabalar ma’naviy kamolotida katta xizmat qiluvchi muhim manbalar ekanini ta’kidladi.

Abdulazim domla ham so‘zga chiqib, «Nurul yaqin» asarining yangi qismidagi asosiy mavzular, uni yozish jarayoni o‘quvchi uchun qanday foydalari borligi haqida so‘zlab berdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Islom ta’lim muassasasida kitoblar taqdimoti Islom ta’lim muassasasida kitoblar taqdimoti Islom ta’lim muassasasida kitoblar taqdimoti