Bugun, 23 yanvar' kuni soat 15:00 dan boshlab, Madinai munavvarada bo'lib turgan umra ziyoratchilarimiz “Novza” masjidi imom-xatibi Jaloliddin domla Hamroqulov tomonidan ahli ilmlar va muxlis xalqimiz tomonidan o'qilgan xatmi Qur'onlarning yakuniy duolari jonli efirda qilinadi.
Muxlislarimiz qalblarida duoyu iltijolari, Rasul alayhissalomga salomlari va xatmi Qur'onlari bo'lsa, jonli efir vaqtida izoh (komment) yozib, bildirishlari mumkin. Ustozlar tomonidan ushbu iltijolar o'qilib, Masjidi Nabaviy yonida baxshida etiladi.
Bugun Masjidi Nabaviydagi peshin namozidan keyin Toshkent vaqti bilan soat 15:00 dan boshlab, xatmi Qur'on yakunlari va duolarni jonli efirda kuzating hamda bevosita ishtirokchisiga aylaning!
Youtube: Muslimuz
(https://www.youtube.com/c/Muslimuzz/featured)
#JONLI #Umra2022
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
muslim.uz
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
Er-xotin havonot bog‘ida yurardi. Maymunlar yonidan o‘tayotganlarida ayoli urg‘ochi maymunga parvona bo‘layotgan erkak maymunni ko‘rib:
– Qarang, qanday g‘amxo‘r, mehribon ekan, – dedi.
Eri unga bir jilmayib indamay qo‘yaqoldi.
Keyin ular sherlar qafasi yonidan o‘tishdi. Erkak sher bir chetda beparvo yotar, urg‘ochisi undan uzoqda edi. Ayol eriga yana:
– Qarang, anavi sher ayolidan uzoqda, loqayd yotibdi. Oilasiga g‘amxo‘r emas, shekilli, – dedi.
Shunda er ayoliga:
– Qani, urg‘ochi sherga biror narsa uloqtirib ko‘r-chi? – dedi.
Ayol bir kichkina cho‘pni urg‘ochi sherga qarata uloqtirdi. Shunda erkak sher tezda o‘rnidan turib, vajohat bilan ayolini himoya qilish uchun ayolga tomon yugurib qoldi. Uning vajohatidan qo‘rqib ketgan ayol erining ortiga o‘tib oldi. Er ayolini yetaklab maymunlar tomon yurdi va unga:
– Endi maymunlarga ham biror narsa uloqtir-chi? – dedi. Ayol yana bir cho‘pni olib achomlashib o‘tirgan maymunlarga qarata otdi. Shunda erkak maymun o‘zini jonini saqlash maqsadida daraxt tepasiga qarab qochib qoldi.
Erkak ayoliga qarab bunday dedi:
– Ko‘rdingmi, xotin, hamma narsa ham ko‘ringani kabi bo‘lavermaydi.
Darhaqiqat, ko‘pchilikni ko‘p narsalarning zohiri aldab qo‘yadi. Ammo ba’zan biz ko‘zimiz bilan ko‘rgan narsalar aslidan boshqacha bo‘lib chiqishi ham mumkin. Yolg‘on ko‘ringan narsa esa ba’zida rost bo‘lib chiqishi mumkin. Shunday ekan, xulosa qilishga shoshilmaylik.
Akbarshoh Rasulov