Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Iyul, 2025   |   27 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:09
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:54
Xufton
21:24
Bismillah
22 Iyul, 2025, 27 Muharram, 1447

Ziyoratchilar Payg'ambar yurtiga etib borishdi

22.01.2022   1712   4 min.
Ziyoratchilar Payg'ambar yurtiga etib borishdi

Bugun, 22 yanvar' erta tongda “Umra – 2022” mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo'nab ketgani xaqida xabar bergan edik.

Allohga shukr, bugunning o'zida dastlabki ziyoratchilar Jidda shahriga etib borishdi. U erda bir muddat hordiq olgach, zamonaviy avtobuslarda Madina shahriga yo'l olishdi. Ziyoratchilarimiz Payg'ambar alayhissalom shahrida barcha shart-sharoitlarga ega bo'lgan mehmonxonaga joylashadilar. Endilikda Masjidu Nabaviy va Ravzai muborakni ziyorat qilishga, yaqinlari tomonidan iltimos qilingan salomlarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga etkazishga kirishishadi, insho Alloh.

Ikki yillik tanaffusdan so'ng boshlangan umra ziyorati barcha mo'min-musulmon vatandoshlarimizni behad shod etgani, shubhasiz. Ayniqsa, tabarruk zaminda bo'lib turgan umra ziyoratchilari xursandchiligining adog'i yo'q.

Ziyoratchilarimiz Alloh taologa O'zining muborak zaminiga etkazgani uchun hamdu sanolar aytishib, sog'inch ila kutilgan kunlarga etishgani uchun shukronalar qilishmoqda.

Alloh taolo umra ziyoratini boshlagan hamyurtlarimizning safarlarini xayrli va barakali qilsin, muborak ziyoratni barcha mo'min-musulmonlarga nasib etsin!

Umra safari tafsilotlarini sayt va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizda kuzatib boring.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hojilar va imom-xatiblar hamkorligida aholi bilan muloqot o‘tkazildi

21.07.2025   1115   1 min.
Hojilar va imom-xatiblar hamkorligida aholi bilan muloqot o‘tkazildi

Sayyor yig‘ilish

Xabaringiz bor, shu yil hajga borgan yurtdoshlarimiz Arafot vodiysida muhtaram Prezidentimizga Qurbon hayiti tabirigini yo‘llab, yurtga qaytgach har bir hoji «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari» degan ezgu tashabbusni bir ovozdan olg‘a surgan edilar. 
 

Ana shu ezgu tashabbus bugun amalga ko‘chib, hojilar imom-xatiblar, mahalla faollari bilan birgalikda xonadonlarga, oilalarga kirib boryapti.


Shu yil 17 iyul kuni Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Doniyor domla Ikromov boshchiligida O‘rta Chirchiq tumanidagi «Usmon ota» jome masjidida tumanlar/shaharlar bosh imom-xatiblari, «Haj 2025» hojilari, mahalla faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Tadbirdan so‘ng tumandagi mahallalarga chiqilib, oilalar o‘rganildi. Ajrim yoqasida turgan yoshlar yarashtirildi, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan kishilar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi, tavsiyalar berildi.


Bunday tadbir qamrovi kengligi bilan alohida ahamiyat kasb etyapti. Gap shundaki, tadbir doirasida bir oila 12 nomdagi turli adabiy-badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.


Tumandagi masjidlar imom-xatiblari ham tadbirda faol qatnashdilar.


Shundan so‘ng yana «Usmon ota» masjidiga qaytilib, amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.


Xayrli duolar bilan sayyor yig‘ilish nihoyasiga yetdi. 

Toshkent viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati

Hojilar va imom-xatiblar hamkorligida aholi bilan muloqot o‘tkazildi Hojilar va imom-xatiblar hamkorligida aholi bilan muloqot o‘tkazildi Hojilar va imom-xatiblar hamkorligida aholi bilan muloqot o‘tkazildi Hojilar va imom-xatiblar hamkorligida aholi bilan muloqot o‘tkazildi Hojilar va imom-xatiblar hamkorligida aholi bilan muloqot o‘tkazildi Hojilar va imom-xatiblar hamkorligida aholi bilan muloqot o‘tkazildi Hojilar va imom-xatiblar hamkorligida aholi bilan muloqot o‘tkazildi Hojilar va imom-xatiblar hamkorligida aholi bilan muloqot o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari