Allohga shukrki, ikki yil sabr ila kutilgandan so'ng umra ziyorati boshlanmoqda! Ertaga, 22 yanvar' kuni tongda o'zbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhlari Umra amallarini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga jo'nab ketadilar.
Erta saxar soat 04:30 dan boshlab, umrachilarning kuzatish jarayonlari, quvonchu shodliklari va dil so'zlarini ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali ? On-layn efirda tomosha qiling!
Muborak safarga otlangan fuqarolarimiz Toshkent xalqaro aeroportida zamonaviy samolyotlar orqali tabarruk zaminga yo'l oladilar.
Makka va Madina shaharlarida barcha sharoitlarga ega mehmonxonalar, tajribali ishchi guruhi, malakali shifokorlar hamda ikki Harami sharif masjidi ziyoratchilarimizga muntazir bo'lmoqda.
Alloh taolo umraga otlanganlarning safarlarini muborak qilsin, Baytullohni tavof qilishni barchamizga nasib etsin!
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
muslim.uz
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Shayx Nuriddin Xoliqnazar tashabbuslari bilan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyati va qoziyotga qarashli barcha masjid imom-xatiblari tomonidan nuroniy keksalar, mehnat faxriylari hamda yordamga muhtoj oilalarning holidan xabar olindi. Tadbir doirasida muhtoj oilalarning turmushini yengillashtirish maqsadida bir oilaga zamonaviy quyosh paneli o‘rnatib berilib, qo‘shimcha bayram sovg‘alari topshirildi. Bunday xayriya tashabbuslari jamiyatda o‘zaro ahillik, mehr-oqibat va inson qadrini ulug‘lash muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti