Aziz ziyoratchilar!
Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan belgilangan karantin talablariga ko'ra, Masjidi Nabaviy ziyorati va Umra tadbirini amalga oshirish “Tawakkalna” va “Eatmarna” mobil dasturlari orqali amalga oshirilmoqda.
❗️Shunga ko'ra, Sizlardan, safardan oldin ushbu mobil ilovalarni quyidagi havolalar orqali smartfon telefoningizga yuklab olishingizni so'raymiz:
Havolalar:
"Andriod" dasturi uchun:
?Tawakkalna: https://play.google.com/store/apps/details?id=sa.gov.nic.tawakkalna&hl=ru&gl=US
?Eatmarna: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.sejel.eatamrna&hl=en_US&gl=US
"IOS" dasturi uchun:
?Tawakkalna: https://apps.apple.com/uz/app/tawakkalna-covid-19-ksa/id1506236754
?Eatmarna: https://apps.apple.com/uz/app/eatmarna/id1532669630
Yana bir muhim yangilik!
Umra safari Din ishlari bo'yicha qo'mita va O'zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati xodimlari tomonidan rasmiy sahifalar orqali onlayn yoritib boriladi.
❇️ Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik birinchi guruh ziyoratchilar shu yilning 22 yanvar' kuni Umra ziyoratini amalga oshirish uchun Saudiya Arabistoniga jo'nab ketadi.
Bizni kuzatib boring!
Muslim.uz
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
@muslimuzportal | @vaqfuz | @diniysavollar
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Savol: Ba’zi yemakxonlar taom yetkazib berishni kechiktirgani uchun buyurtmadan tashqari qo‘shimcha taom taqdim etar ekan. Shu ish joizmi? Agar reklamada qo‘shimcha bepul taom berish emas, balki yetkazib berilgan taomning pulini olmaslik aytilgan bo‘lsa, hukm qanday bo‘ladi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym.
1. Taomga buyurtma berish bitimi shariatdagi istisno’, ya’ni buyurtma asosida ma’lum mahsulotni tayyorlab berish shartnomasiga to‘g‘ri keladi. Agar savoldagi shart faqat reklamada aks etib, buyurtma jarayonida alohida bunday shart qo‘yilmasa, sotuvchi tarafidan berilgan bu va’da joiz hisoblanadi va unga vafo qilishi kerak bo‘ladi.
Agar buyurtma berishda yetkazib berish kechikishi sababli qo‘shimcha taom berish sharti qo‘yilsa, bu shartnomaning bir qismiga aylanadi. Bitimdagi bunday shart moliyaviy jarima sanaladi. Mahsulot tayyorlab berish (istisno’) bitimida sotuvchiga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llashga ruxsat etiladi.
Demak, qo‘shimcha bepul taom berish va’da ko‘rinishida bo‘lsa ham, shartnomada aks etgan bo‘lsa ham joiz ekan.
2. Yetkazib berish kechiksa, buyurtma qilingan taomning pulini olmaslik faqat reklamada aks etib, buyurtma jarayonida bunday shart qo‘yilmasa, bu ham sotuvchi tarafidan berilgan va’da bo‘ladi va joiz hisoblanadi. Ammo buyurtma berish jarayonida yuqoridagi shart qo‘yilsa, bu shartnomaning bir qismiga aylanadi. Shartnomada esa buyurtma summasidan voz kechish shartini qo‘yish durust emas.
Demak, buyurtma qilingan taomning pulini olmaslik va’da ko‘rinishida bo‘lsa joiz, bitimda shart qilinsa, joiz emas. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi