Falastinning G'azzo sektorida faoliyat yuritayotgan Turkiyaning “Gazi Dastak” uyushmasi 20 mingdan ortiq Kalomullohni masjidlar va Qur'oni karimni o'rgatish markazlariga tarqatish uchun G'azzodagi Din ishlari va vaqflar vazirligiga hadya qildi. Bu haqda Erondagi “IQNA” sayti “Anadolu” matbuot xizmati ma'lumotiga tayanib xabar berdi.
Ushbu Qur'oni karim kitobining 20 ming nusxasi G'azzoga, 30 ming nusxasi esa G'arbiy sohilga, jumladan, Quddusi sharif shahriga taqdim etiladi. Qur'onning ushbu nusxalari “Masjidul Aqso Qur'oni” deb nomlanadi va buyuk kitobning orqa muqovasida “Quron – mening sovg'am” nomi bilan nashriyot shiori bosilgan.
Ma'lumot uchun, gumanitar masalalarga ixtisoslashgan “Gazi Dastak” uyushmasi 2017 yildan beri G'azzo sektorida o'z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.
O'MI Halqaro aloqalar bo'limi
Bugun, 15 noyabr kuni "Bag‘rikenglik haftaligi" doirasida "O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Ruslanbek Davletov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Sodiqjon Toshboyev, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori akademik Akmal Saidov qatnashdi. Shuningdek, xorijiy mutaxassislar, diplomatik korpus vakillari, dinshunos-ekspertlar, islomshunoslar, shuningdek, jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, diniy konfessiya yetakchilari va milliy madaniy markazlar vakillari, professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqan notiqlar tomonidan turli madaniyat va din vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ular o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi yuksak e’tirof etildi. Ko‘p millatli xalqimiz qadimdan bag‘rikenglik va mehmondo‘stlik fazilatlari bilan tanilgani, qaysi jamiyatda ahil-inoqlik mustahkam qaror topgan bo‘lsa, o‘sha jamiyatda o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlar rivojlanishi, insonlar tinch va osoyishta hayot kechirishini alohida ta’kidladilar.
Ochilish marosimidan so‘ng konferensiya o‘z ishini uchta sho‘bada davom ettirdi. Har bir sho‘bada diniy bag‘rikenglik, ijtimoiy barqarorlik, ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarga oid dolzarb mavzular atroflicha muhokama qilinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati