Bel'giyaning poytaxti Bryusselda musulmon dunyosida keng tarqalgan erkak ismi Muhammad bel'giyaliklar uchun an'anaviy Jan ismidan ommaviylik bo'yicha o'zib ketdi.
Statbel statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra, 2021 yilda Bryusselda 13 595 kishi Muhammad ismi bilan ro'yxatga olingan. Mk.ru bildirishicha, Bel'giya poytaxtida Jan ismli erkaklar, o'tgan yilga ko'ra, faqat 6089 bo'lgan edi.
Qizig'i shundaki, Bryusselning 4,8 ming aholisi Muhammad ismi bilan atalib uchinchi o'rinni egalladi. Biroq umuman Bel'giyada, Jan ismi hali ham 65,886 kishi ko'rsatkichi bilan etakchilik qilmoqda. Mark va Patrik ulardan keyingi o'rinlarda turibdi. Muhammad ismi esa to'qqizinchi o'rinda (34 862 kishi).
Islam-today.ru xabariga ko'ra, musulmon ismlari Bryusseldagi eng mashhur ayol ismlari ro'yxatida turtibdi. Shunday qilib, 6 155 da tug'ilgan 2021 qizlarga Fotima nomi berildi. Bu ism uchinchi eng keng tarqalgan ismdir. Birinchi va ikkinchi o'rinda – Mariya (10 486) va Mari (7 550) ismlari turibdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Yurtimizda aholi ma’naviyatini yuksaltirish, sof e’tiqod va milliy qadriyatlarimizni keng yoyish hamda xalqimizga to‘g‘ri va ishonchli diniy-ma’rifiy ilmlarni yetkazishda davriy matbuot nashrlarining o‘rni beqiyos.
Joriy yilning 17 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatida O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasiga 2026 yilgi obuna mavsumida faol ishtirok etib, ushbu nashrlar targ‘ibotiga munosib hissa qo‘shgan soha mas’ullari va imom-xatiblarni taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyati bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Shamsiddinxon Boboxonov» nashriyot-matbaa ijodiy uyi Davriy nashrlar bo‘limi boshlig‘i Ibrohim Inomov hamda nashrlar bosh muharriri Abdujalil Xo‘jamov ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, mazkur gazeta va jurnallar shunchaki matbuot vositasi emas, balki har bir xonadonga ilm-ma’rifat, sog‘lom e’tiqod va fazilat olib kiruvchi mo‘tabar ma’naviy manbalardir. Ular orqali xalqimiz mo‘tadil diniy ilmlarni o‘zlashtirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga rasmiy va asosli javoblar olish imkoniga ega bo‘ladi.
Muloqot davomida diniy nashrlarning jamiyatdagi ahamiyatini oshirish, aholini mutolaaga jalb etish va yangi bosqichdagi obuna ishlarini yanada samarali tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir yakunida nashrlarni aholi orasida keng targ‘ib etishda fidoyilik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan bir guruh imom-xatiblar va soha xodimlariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati