Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Mart, 2026   |   9 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:52
Quyosh
06:12
Peshin
12:33
Asr
16:54
Shom
18:49
Xufton
20:02
Bismillah
29 Mart, 2026, 9 Shavvol, 1447

Alloh O'z ne'matining asarini bandasida ko'rishni sevadi

20.01.2022   2833   2 min.
Alloh O'z ne'matining asarini bandasida ko'rishni sevadi

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.

611. Molik ibn Nazla Jashmiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga xarob kiyimda keldim. U zot: «Molu mulking bormi?» dedilar. «Ha», dedim. «Qaysi molu mulkdan bor?» dedilar. «Tuyadan, qo'ydan, otdan va quldan», dedim. «Agar Alloh senga molu dunyo berar ekan, Allohning senga bergan ne'matining va ikromining asari ko'rinsin!» dedilar».

Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Hibbon va Hokim rivoyat qilishgan.

612. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh O'z ne'matining asarini bandasida ko'rishni sevadi»dedilar».

Termiziy va Hokim rivoyat qilishgan.

613. Misvar ibn Maxrama roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yaktak choponlar taqsimladilar. Maxramaga ulardan hech narsa bermadilar. Maxrama (menga): «Ey o'g'lim, men bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga yur», dedi. U bilan bordim. «Kirib, uni menga chaqir», dedi. Men u zotni unga chaqirdim. U zot ustlarida yaktak chopon bilan chiqdilar va: «Mana buni sen uchun olib qo'ygan edik»dedilar». Unga qarab, Maxrama rozi bo'ldi».

Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan.

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam» kitobidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Ash-Shamoil al-Muhammadiyya: 26-qism

27.03.2026   12951   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Buyuk muhaddis Imom Termiziy rahimahullohning ushbu asari – Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak hayotlari, go‘zal axloqlari va siyratlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.

Mir Arab o‘rta maxsus va oliy madrasasi mudarrisi Ulug‘bek domla Nasriddin o‘g‘li.

Videolavhalar