Hozirda Kamerunda Afrika Millatlar Kubogi o'tkazilayotganda mahalliy tabib senegallik jamoa sardori Sadio Mane turnirda ishtirok etsa, yurak xurujidan vafot etishi haqidagi g'alati bayonot qildi. Ammo dindor musulmon Mane hozirda jodugarning tahdidini e'tiborsiz qoldirib, hayotdagi bor narsa Allohga tegishli ekanini aytib, turnirda ishtirok etmoqda. "Men o'lim faqat Allohning izmida ekanligiga ishonaman va odatdagidek o'yinda ishtirok etaman", - dedi “Liverpul'” jamoasi yulduzi.
"Agar men yurak xurujiga uchrab, maydonda o'lsam, bu jodugar faqat Allohning amriga erishish uchun vosita bo'ladi, shuning uchun uning tahdidlariga aldanmang".
Islam.ru portali xabariga ko'ra, Mane boshchiligidagi “Teranga sherlari” dushanba kuni Zimbabve ustidan 1-0 g'alabasi bilan Kamerunda o'z chiqishini boshladi. Mane etti daqiqalik penal'tini qo'shib qo'ydi va turnirning favoritlardan biriga birinchi g'alabani keltirdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
2026 yilning 25 may kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti jamoasi uchun quvonchli voqea yuz berdi. Institut Kengashining yig‘ilishida rektor Uyg‘un G‘afurov tomonidan “Aqoid va fiqhiy fanlar” kafedrasi dots.nt vazifasini bajaruvchisi, islomshunoslik fanlari falsafa doktori (PhD) Ma’murjon Rahmonberdiyevich Erkayevga Fiqh, kalom ilmi (Ilohiyot) ixtisosligi bo‘yicha dots.nt ilmiy unvoni tantanali ravishda topshirildi.
Ma’murjon Erkayev 2005 yilda Toshkent islom institutini, so‘ngra O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistraturasini muvaffaqiyatli tamomlagan. Olim 2024 yilda “Burhoniddin Mahmud Buxoriyning “Muhitul Burhoniy” asarida ijara shartnomalari” mavzusidagi dissertatsiyasini yuksak saviyada himoya qilgan edi. Jonkuyar pedagog sifatida u so‘nggi uch yilda “Faroiz ilmi” va “Fiqh ilmiga kirish” o‘quv qo‘llanmalari hamda “Hidoyatul muhtor” asarini nashr ettirdi, shuningdek, mahalliy va xalqaro jurnallarda o‘nlab ilmiy maqolalari e’lon qilindi.
Muhtaram ustozni ushbu yuksak ilmiy unvon va e’tirof bilan muborakbod etib, ularning ilm yo‘lidagi xayrli izlanishlariga zafarlar va kuch-quvvat tilab qoladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati