Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Oktabr, 2025   |   5 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:29
Quyosh
06:48
Peshin
12:12
Asr
15:43
Shom
17:29
Xufton
18:42
Bismillah
27 Oktabr, 2025, 5 Jumadul avval, 1447

Allohga yaqinlashtiruvchi ikki xislat

19.01.2022   1966   3 min.
Allohga yaqinlashtiruvchi ikki xislat

Ayrimlar o'zidan ustun kishini ko'rsa: “Menda nega shunaqa sifatlar yoki boylik yo'q?” deya tushkunlikka tushadi. Buning davosi esa, o'zidan quyiroq kishiga qarab tafakkur qilmoqdir. Chunki kishi o'zidan quyiroqqa nazar solsa, Alloh taoloning bergan ne'matlariga shukr qiladi.

Aslida, musulmon kishi mol va daraja jihatidan ŭzi bilan ŭzgalarni solishtirmaĭdi. Biroq shundaĭ holatga tushib qolgan kishi nima qilishi kerak?! Paĭg'ambarimiz Muhammad sollallohu alaĭhi va sallam hadislaridan muolaja izlash aĭni muddaodir.

“Ikki xislat borki, u kimda topilsa, Alloh taolo uni shukr etuvchi va sabr qiluvchilar qatorida yozib qo'yadi. Kimda shu ikkita xislat topilmasa, Alloh taolo uni shukr va sabr qiluvchilardan emas, deb yozib qo'yadi. Kim dinda o'zidan ustun kishiga qarasa, unga ergashsa va dunyoda o'zidan past bo'lgan kishiga qarasa hamda Alloh taologa o'zini u kishidan ustun qilib qo'ygani uchun hamd aytsa, Alloh taolo uni shukr va sabr qiluvchilardan, deb yozib qo'yadi. Kim dinda o'zidan past bo'lgan kishiga qarasa va dunyoda o'zidan ustun kishiga qarab, menga bu kishichalik boylik bermabdi-da deb afsuslansa, Alloh taolo u kishini shukr va sabr qiluvchilardan emas deb yozib qo'yadi” (Imom Termiziy rivoyati).

Imom Hokim va Imom Baĭhaqiĭ rahmatullohi alaĭhimo rivoyat qilgan hadisi sharifda esa: “Boylarning huzuriga kamroq kiringlar, chunki bu Alloh taoloning ne'matini oz sanamasliklaringiz uchun eng yaqin vositadir”, deĭilgan. Boshqa bir hadisda: “Birortangizning nazari o'zidan badavlatroq hamda omadliroq odamga tushganida o'zidan kambag'alroq va omadsizroq odamga ham bir nazar tashlab qo'ysin!” dedilar.

Mazkur hadislarda mol-dunëda ŭzidan ustun bŭlganlarga kŭp ham e'tibor qaratish kerak emasligi, boriga qanoat qilish va Alloh taoloning ne'matlarini oz sanashning oldini olish tavsiya etilmoqda.

Ushbu hadisi shariflarni halol rizq talab qilishda sustkashlikka ĭŭl qŭĭsa ham

bŭlar ekan, deb tushunmaslik kerak. Balki kishi rizq topish uchun uning sabablariga jiddiĭ kirishmog'i lozimligi uqtirilmoqda. Sŭngra rizq bergani uchun Alloh taologa hamdu sano aĭtishga, ortiqcha narsalar uchun g'am chekib, mahzun bŭlmaslik targ'ib etilmoqda. 

Aslida, musulmon ilm va taqvoda ŭzidan ustun kishiga etib olishga harakat qilishi kerak. Buning natijasida musulmon Alloh taologa yaqin bŭlib boraveradi.

Habibulloh ABDURAZZOQOV,

“Hazrati Imom” jome masjidi imom-xatibi

“Hidoyat” jurnalining 2021 yil 10-sonidan olindi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Musobaqa g‘oliblari kutib olindi

24.10.2025   13540   1 min.
Musobaqa g‘oliblari kutib olindi

Joriy yilning 21-22 oktyabr kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar diniy soha xodimlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha «Muftiy sovrini – 2025» musobaqasi bo‘lib o‘tgani haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bergan edik.

Bugun, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi markaziy «Imom Eshon Muhammad» jome masjidida ushbu musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri Ye.Qutiboyev, Vazirlar Kengashi kotibiyat mudiri J.Yusupov, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi B.Razov, «Muhammad ibn Ahmad al Beruniy» madrasasi direktori J.Abdirazzaqov, qoziyat, madrasa xodimlari va imom-xatiblar ishtirok etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri Ye.Qutibayev, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi B.Razov musobaqa ishtirokchilarini g‘alaba bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti tomonidan g‘oliblarga esdalik sovg‘alar berildi.

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti.

Musobaqa g‘oliblari kutib olindi Musobaqa g‘oliblari kutib olindi Musobaqa g‘oliblari kutib olindi Musobaqa g‘oliblari kutib olindi