— Bugun ba'zi birovlar egan-ichgan ovqatlarini rasmga olib, ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiradi. Bu maqtanchoqlik va kibrga kirgan bo'lib qolmaydi-mi?
— Kishi har bir qilgan ishini va har bir gapirgan gapini qiyomatda hisob qilinishi aniq bo'lgan amallaridan deb bilsa, behuda narsalardan o'zini tiyadi. Ayniqsa, kishini joylashtiradigan rasmlari ne'matlardan mahrum bo'lganlarning qalbiga ozor berishi mumkin bo'lsa, mutlaqo odobsizlik bo'ladi. Bu ish boshqa tarafdan riyo va manmanlikka ham sabab bo'ladi. Hasan Basriy: “...taomi bilan maqtanadiganlar bizni majlislarimizga yaqinlashmasin”, deganlar.
Muhammad Ayyub HOMIDOV
Muharram oyining 1-kuni — 2026 yil 16 iyun, seshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda.
Muharram — hijriy taqvimning birinchi oyi bo‘lib, Qur’oni karimda zikr qilingan to‘rt ulug‘ va hurmatli oylardan biridir.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yangi chiqqan oyni ko‘rganlarida shunday duo qilardilar:
اللَّهُمَّ أَهِلَّهُ عَلَيْنَا بِالْيُمْنِ وَالْإِيمَانِ وَالسَّلَامَةِ وَالْإِسْلَامِ رَبِّي وَرَبُّكَ اللهُ
O‘qilishi:
«Allohumma ahillahu alayna bil-yumni val-iymani, vas-salaamati val-Islami, Robbiy va Robbukalloh».
Ma’nosi:
«Ey Allohim! Bu oyni bizlarga baraka va imon, salomatlik va Islom oyi qilgin! Ey hilol, mening ham, sening ham Robbing Allohdir!»
Yangi 1448-hijriy yilda Alloh taolo xonadonlarimizga tinchlik va baraka, qalblarimizga mustahkam iymon bersin va hayotimizda bizni solih amallarga muvaffaq aylasin!
1448 hijriy yil — muborak bo‘lsin!
#hijriy_1448_yil #yangi_oy_e’loni #yangi_hijriy_yil
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati