O'zbekistonning Italiyadagi elchisi Otabek Akbarov, Frantsiyadagi elchisi - Sardor Rustamboyev va Isroildagi elchisi - Feruza Mahmudova Toshkentda qurilayotgan Islom tsivilizatsiyasi markazi (ITsM) ga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Markaz islom me'morchiligining haqiqiy durdonasi va O'zbekistonning Uchinchi uyg'onish davri timsoliga aylanishi kutilmoqda. Ushbu g'oyani haqiqatga aylantirish uchun O'zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari ko'magida dunyoga mashhur arxitektura va qurilish kompaniyalari jalb etilgan.
Hususan, ushbu ansamblni loyihalashtirish va dizayni bilan shug'ullanayotgan mashhur frantsuz «Wilmotte & Associés» kompaniyasi bosh direktor Borin Andriu boshchiligidagi delegatsiya shu kunlarda O'zbekistonda bo'lib, respublikaning tegishli vazirlik va idoralari bilan uchrashuvlar o'tkazmoqda.
ITsMga tashrif chog'ida diplomatlar qurilish vaziri Botir Zokirov va Frantsiya kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Me'moriy ansambl qurilishi ishlarining borishi bilan tanishish, shuningdek, butun islom dunyosida o'xshashi bo'lmagan ushbu ulkan loyihani sifatli amalga oshirish bo'yicha kelgusi tadbirlar bo'lib o'tdi. Markazning gumbazini bezashda nufuzli "Trend" italiya kompaniyasi ishtirok etdi. Ushbu kompaniya avval Makka shahrida (Saudiya Arabistoni) bosh masjid yaqinidagi markaziy binoda yarim oy bilan gumbazni tayyorladi va o'rnatdi. Kompleks binosining tashqi qismini qoplash Gretsiyaning "FHL Kiriakidis Group" kompaniyasidan olingan noyob tabiiy marmar va granit yordamida amalga oshiriladi. Qayd etilishicha, hozirda Italiyaning etakchi kompaniyalari gumbaz ostidagi markaziy qandil, billur pavil'on va ITsM binosining boshqa muhim elementlarini ishlab chiqarish va o'rnatishda ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Uchrashuv davomida ofis binolarini loyihalash va qurish, kompleksning alohida qismlarini ichki inter'eri va dizayni uchun xorijiy kompaniyalar, shu jumladan ital'yan va frantsuz kompaniyalarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Zamonaviy shaharsozlik va shahar infratuzilmasi sharoitida me'moriy yodgorliklarni saqlab qolish bo'yicha Isroil tajribasini o'rganish imkoniyati ham ko'rib chiqiladi.
Diplomatik missiyalar rahbarlari muzey, Islom akademiyasi, axborot-resurs markazi, kutubxona, konferentsiya zali, xizmat xonalari va boshqa inshootlardan iborat ITsM qurilishining borishi bilan tanishdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Shu yil 13–14 mart kunlari yurtimizda "Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida muborak Ramazon hayitini munosib kutib olish, mahallalar va muqaddas qadamjolarni obodonlashtirish maqsadida o‘tkazilgan umumxalq xariya hashari diniy soha xodimlari va mo‘min-musulmonlarimizni ezgulik yo‘lida yanada jipslashtirdi.
Mazkur xayrli tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi qariyb 2150 ta masjid, 270 ta ziyoratgoh va 4500 ta qabriston hududlarida keng ko‘lamli tozalik ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Hashar doirasida million kvadrat metrdan ortiq maydon chiqindilardan tozalanib, 35 000 tup ko‘chat ekildi hamda 88 000 dona daraxt oqlanib, shakl berildi.
Bayram oldidan nafaqat masjid va ziyoratgohlar, balki insonlar qalbiga ham quvonch ulashildi: imom-xatiblar boshchiligidagi 85 mingdan ziyod hasharchilar tomonidan 750 dan ortiq kam ta’minlangan oilalarning uy-joylari ta’mirlab berildi.
Shuningdek, 4100 nafardan ziyod ehtiyojmand oilalar, nogiron va yolg‘iz qariyalar holidan xabar olinib, ularga jami 1 mlrd 465 mln so‘m miqdorida moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Bunday olijanob ishlar xalqimiz orasida mehr-oqibat va hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamlab, Ramazon hayiti shukuhini xonadonlarga olib kirdi.
Masjidlarda namozxonlar va ziyoratchilar uchun barcha qulay shart-sharoitlar hozirlanib, xonaqoh va tahoratxonalar bayram namoziga shay holga keltirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati