O'zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi tomonidan «G'arbiy turk xoqonligi: tarix va tanga-pul tizimi» nomli monografiya chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Fanlar akademiyasi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotda qayd etilishicha, ushbu monografiya o'zbek davlatchiligi tarixida yuksak o'rin tutadigan G'arbiy turk xoqonligi (568-740-yy.) tarixi va tanga-pul tizimining dolzarb masalalariga bag'ishlangan.
Monografiya ijtimoiy-gumanitar fanlar, shu jumladan, tarix, arxeologiya, etnologiya va lingvistika sohalari uchun birlamchi yoki yordamchi qo'llanmalardan biri sifatida xizmat qiladi.
Nashrda O'zbekiston hududidagi qadimiy shahar qoldiqlaridan topilayotgan osori-atiqalarga oid materillar o'rin olgan bo'lib, bunday qadimiy ashyolar Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida deyarli uchramaydi.
Monografiyadan Yevrosiyo xalqlari, shu jumladan, turkiy xalqlar tarixi, numizmatikasi, etnologiya va linvistikasi uchun yordamchi material sifatida foydalanish mumkin.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Andijon viloyati Asaka tumani "Xazrati Umar" jome masjidi imom xatibi Muhammadsobir domla Iminovning volidai mehribonlari vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhuma onaxonni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Haq taolo marhuma onaxonning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, Ulamolar kengashi a’zolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan marhuma onaxonning yaqinlariga xususan, Muhammadsobir domla Iminovga hamdardlik bildiradi.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi