Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Noyabr, 2025   |   30 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:55
Quyosh
07:18
Peshin
12:14
Asr
15:18
Shom
17:03
Xufton
18:20
Bismillah
21 Noyabr, 2025, 30 Jumadul avval, 1447

Autizmga chalingan 5 yoshli qizaloq Qur'onni to'liq yodladi

17.01.2022   1441   1 min.
Autizmga chalingan 5 yoshli qizaloq Qur'onni to'liq yodladi

Sari Azzam - autizmdan aziyat chekayotgan, ammo hayratga soluvchi iste'dod egasi bo'lgan besh yoshli suriyalik qizaloq bir necha tillarni o'rgandi va butun Qur'onni yodlab oldi.
U ikki yoshida autizm kasalligiga chalingan, ammo Suriyadagi mutaxassislar uni daho deb hisoblashadi. Qiz har kuni ingliz, frantsuz, koreys, yapon, yunon va ispan tillarini o'rganadi. Unga butun Qur'onni yodlash uchun ikki yil vaqt kerak bo'ldi. Sari murakkab matematik tenglamalarni ham echishi mumkin.

Autizm va Daun sindromi bo'yicha mutaxassis Majd Al-Alusiyning aytishicha, autizm til o'rganish kabi murakkab vazifalarni bajara olishi uchun Sariga o'zgacha qobiliyatni ato etgan. Biroq shifokorning so'zlariga ko'ra, qizaloqning muloqot qilish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun doimiy qo'llab-quvvatlash kerak.

Islam.ru portalining xabariga ko'ra, Alusiy "aniq ko'rish xotirasi"ni Sarining ko'plab iste'dodlaridan biri deb atadi. Boshqa ko'plab suriyalik oilalar singari bu oila ham uzoq yillar urush va majburiy ko'chishdan azob chekdi va iste'dodli qizning bilimga bo'lgan chanqog'ini qondirish uchun qalam va planshetdan boshqa hech narsa bilan ta'minlay olmaydi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bandalikning alomatlari

21.11.2025   216   4 min.
Bandalikning alomatlari

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bandalik bu har qanday chora tadbirlardan voz kechib Allohning belgilab qo‘ygan taqdirini kuzatishlikda hamda bu taqdirning o‘zidagi ixtiyordan ko‘ra yaxshi va xayrli ekanligi haqiqatqini anglab yetishlikda namoyon bo‘ladi.

Naql etishlaricha, Ibrohim Adham quddisa sirruhu qul sotib olgach, undan so‘radi:

– Odatda sen nima tanovul etasan?

– Nima bersangiz shuni..., – dedi qul.

– Qanday ishni bajara olasan?

– Mendan nimani talab qilsangiz o‘shani.

– Qanday istaging bor?

– Xojasining xohishi oldida qulning istagi qanday ahamiyatli bo‘lishi mumkin?!

Buni ko‘rgan Ibrohim Adham quddisa sirruhu o‘zlarining nafslariga murojaat etib shunday dedilar:

– Ey bechora! Sen Allohga butun hayoting davomida bir soatcha bo‘lsa ham mana shu qul hozir senga itoat etolganichalik itoat etganing yo‘q!

Imom Ali ibn al-Xavvos quddisa sirruhu o‘zlarining muridlari bo‘lgan imom Sha’roniy quddisa sirruhuga nasihat qildilar:

Allohning berganlaridan faqat ehtiyojingga yetarli bo‘lgan miqdordagina foydalansang kifoya qiladi, ortiqcha xarj qilmagin, qolganini Alloh xohlagan kishilarga tarqatib yubor. Ishlaringni yurgizish uchun behuda urinib yurma, yaxshisi, Allohning o‘zidan ularni chiroyli tartibda yo‘lga solib berishini astoydil so‘ragin.

Shunda Sha’roniy quddisa sirruhu so‘radilar:

– Yaratgandan halol rizq so‘rashligim chiroyli ishmi?

– Ha, uni mana bu tarzda so‘ragin: “Ey Allohim! Mening rizqimga barakot ato aylab, dunyo va oxiratda aybu nuqsonlarimni oshkor etmagin, ey o‘ta Saxovatli va Karim bo‘lgan Zot!”.

Va yana qo‘shimcha qildilar:

– Sen Allohning sinovlari yetgan mahal besabrlik va bezovtalik ko‘rsatishdan saqlanmog‘ing zarur! Allohning o‘zi ishlarini Unga topshirib qo‘ygan kimsaga zarur bo‘lgan ilmu fazilatlarni berib, albatta, pirovardida, uni mo‘minlarga imom bo‘lgan muqtadoga aylantiradi. Haqiqatda Alloh hamma narsaga qodir Zotdir!”

Bandalik alomatlaridan yana biri kambag‘allik vaqtida muhtojligini, boylik paytida davlatini odamlardan yashira olish qobiliyatidir. Banda uchun har qanday holat barobar bo‘lishligi lozim. Nafsining juganini mahkam tutib, uni har bir ishida so‘roqqa tutmog‘i, odamlarga nisbatan saxovatli bo‘lmog‘i, lazzatlarga mukkasidan ketmasligi va uni izlamasligi banda uchun lozim bo‘lgan shartlardandir. Olimlar marhamat etadilarki:

“Inson o‘ziga xizmatkor – qul izlamagan muddaticha Allohning haqiqiy bandasi bo‘lib qoladi. Qachonki o‘ziga xizmatkor – qul izlay boshladimi, Alloh oldidagi bandalik sifatini yo‘qotadi”.

Bandalikning o‘ziga xos shunday odoblari mavjudki, uning rioyasini qilishga intilgan kishi ochlik, yalang‘ochlik, qashshoqlik va xo‘rlik kabi sinovlar yetgan mahallarda hech qachon ortiqcha bezovtalik va hayajonga berilmasligi kerak bo‘ladi. Ushbu odob qoidalari bandadan Allohning unga bitgan taqdirotini itoatkorona qabul qilishni hamda Unga nisbatan biror narsada isyon va e’tiroz etmaslikni talab etadi. Ya’ni haqiqiy banda faqat Allohning mehribonligiga suyanishi, faqat Unga tavakkul etishi, zahira uchun oziq-ovqatdan hech narsa yig‘masligi, ehtiyoji uchun Allohdan boshqa hech kimdan hech narsa so‘ramasligi lozim.

Bandalik (ubudiyyat) – bu bandaning ajralmas xususiyatidir, xuddi Hukmronlik (rububiyat) Allohning ajralmas va doimiy sifati bo‘lganidek... Shuning uchun kimki odamlar ichida o‘zining  obro‘ e’tibori, yaxshi ish va yaxshi amali bilan kifoyalanib, Yaratganiga muhtojlik tuyg‘usidan yiroqlashib qolsa, bu unining chin ma’naviy halokatidir. O‘zining boyligiyu davlatiga suyangan boy – haqiqiy qashshoq, o‘zining jamiyatdagi baland martabasi bilan mamnunu mag‘rur mansabdor – haqiqiy past, o‘zining naslu nasabi bilan maqtanib yurguvchi sohibnasab – haqiqiy xurdir. Kimki ishining rivojini o‘zining donoligiyu tadbirkorligidan bilibdimi – singani, xonavayron bo‘lgani o‘shadir. Kimki doimo Allohdan rozi bo‘lib, shukr qilguvchi bo‘lsa, Uning yordamiga muhtojligini butun borlig‘i bilan idrok etib, Undan tilaguvchi faqir bo‘lsa hamda har qanday ishida unga tavakkul etishlikka odatlangan bo‘lsa – asl, haqiqiy badavlat kishi o‘shadir.

 

“Axloqus solihiyn” (Yaxshilar axloqi) kitobidan
Yo‘ldosh Eshbek, Davron Nurmuhammad
tarjimasi.