Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Noyabr, 2026   |   15 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:59
Quyosh
07:18
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
25 Noyabr, 2026, 15 Jumadul soni, 1448

«Ularning ozori jonimdan o'tgan»

07.12.2023   1641   3 min.
«Ularning ozori jonimdan o'tgan»

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.

Bir necha yil avval, taqriban 2002 yoki 2003 yillar edi. Dubay shahrida istiqomat qilardim. Bir kuni mahallamda Turkiyalik nuroniy otaxon bilan tanishib qoldim. Yoshi etmishlarda, balki undan ham katta, nihoyatda sodda va oddiy inson edi. Yolg'iz edi. Turkiyadan bir o'zi uchib kelgan va yashashga uy qidirib, shu mahallaga kelib qolgan ekan. "Baniyas Square"ga yaqin joyda turardim. Otaxon ko'pchilik yashaydigan "kommunal uylardan" biriga joylashdi. Na inglizcha, na arabcha bilardi. Hayotdan ezilgani ham ko'rinib turardi. Ko'pincha u kishi bilan masjidlarda uchrashib qolardik. Turkcha bilganim uchun u men bilan ko'proq suhbatlashar, ba'zi masalalarda menga ishi tushib turardi. Dubayda qiladigan ishi yo'q edi. Bir kuni bu shaharga nima uchun kelgani haqida so'radim. Ko'ziga yosh keldi. Va yig'lab gapirib berdi. Oilasida chiqishtirishmas, tinmay ozor berisharkan. Ayniqsa, ayoli har kuni achchiq tili bilan ko'p aziyat berarkan. "Butun umrimni, kuchimni, yoshligimni oilamga sarf qildim. Ishladim. Tijorat qildim. Uy-joy qildim. Bolalarimni oyoqqa turg'azdim. Bor-budimni ularga sarfladim. Ammo, qariganimda, bilagimdan quvvat ketganda ortiqcha bo'lib qoldim", dedi qariya. Sabr qilib yashayversangiz bo'lmaydimi, desam, "ularning ozori jonimdan o'tgan. Shu erlarda bir narsa qilib, hayotimni o'tkazarman. Ammo, ozor, minnat va hurmatsizliklardan uzoqda bo'laman", dedi otaxon. Bo'g'zimga achchiq g'ussa qadaldi. Inson qarigan paytida ko'ngli nozik bo'lib qoladi, mehrga muhtoj bo'ladi. Ozor va xo'rlikka chidolmaydi. Otaxonning bu shaharda hech kimi yo'q edi. Ammo, xursand va xotirjam edi. Chunki, oliyjanob inson ruhi uni hurmat qilmaydigan, ozorlaydigan pastkashlar ichiga tushib qolsa garchi, ular aslida eng yaqin qarindoshlari bo'lsa ham, u erda zindon hayotini yashaydi. Qafasda bo'ladi. Fursat bo'ldi deguncha, u erdan uchib ketishga tayyor bo'ladi. Zero, yaqinlar ozori og'ir bo'ladi. Qachonki, yaqinlaringiz sizga begonadan yomonroq pastkashliklar qilsa, orada so'ngsiz jarliklar paydo bo'ladi. Izzat-nafsi bor inson xo'rlik hovlisida turmaydi. Imkon bo'ldi deguncha boshqa yoqqa tahavvul etadi. Chunki, inson uni tushunadigan, qadrlaydigan hamrohlar bilan insondir. Qachonki, atrofi unga qiymat bermaydiganlar bilan o'ralgan bo'lsa, uy ham, tug'ilib o'sgan shahar ham o'z qiymatini yo'qotadi. Va uni yaxshi ko'radigan, e'zozlaydigan yoki eng kamida xo'rlamaydiganlar oldiga ketadi. O'sha yili Dubayni tark etdim. Otaxonning keyingi taqdiri menga noma'lum bo'lib qoldi.


Alisher Sultonxodjayev

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Dunyo e’tirofining bir namunasi

25.11.2026   3853   2 min.
Dunyo e’tirofining bir namunasi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi poytaxti O‘mon shahridagi Qirollik islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan har yili e’lon qilinadigan reytingda dunyoning eng nufuzli 50 nafar musulmoni ro‘yxatiga kiritildi.

Unda muhtaram Yurtboshimiz rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqaro hamkorlik va mintaqaviy diplomatiyani rivojlantirish, ta’lim va madaniyat sohalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, boy islomiy merosni asrab-avaylash va jahon miqyosida targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlar alohida qayd etilgan.

Mazkur e’tirof Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, xususan, diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlar xalqaro miqyosda tan olinayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

Zero, bugun mamlakatimizda haqiqatdan ham diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soha vakillarining ilmiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro islom akademiyasi, diniy ta’lim muassasalari, ilmiy maktab va markazlar faoliyati tobora kengayib bormoqda.

Ulug‘ allomalarning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, tarixiy qadamjolarni obodonlashtirish, ziyorat turizmini rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda. Mamlakatimizda turli diniy konfessiyalarning erkin faoliyat yuritishi ta’minlanib, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash yo‘lida muntazam muloqotlar olib borilmoqda.

Namozlarni emin-erkin ado etish, hayit bayramlarini nishonlash, haj va umra ziyoratlarini tashkil etish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar ham ushbu islohotlarning ajralmas qismiga aylangan.

Yurtboshimizning mana shunday e’tirofga sazovar bo‘lishlari yaxshilik amallarning bu olamda ham javobsiz qolmasligiga bir ishoradir. Zero Alloh taolo ham Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan:

“Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarga Rohman (odamlar qalbida) muhabbat paydo qilur” (Maryam surasi, 96-oyat).

Inson Alloh roziligi uchun xayrli ish qilsa, Alloh uning yaxshiligini bandalari qalbiga solib qo‘yadi. Odamlar uni yaxshi ko‘rib, e’tirof etadi.

Mamlakatimiz rahbarining nafaqat mana shu yurt, xalq, balki boshqa xalqlar tinchligi, farovonligi yo‘lida qilayotgan beqiyos xayrli amallariga Alloh taolo ulkan ajr-mukofotlar ato etsin!  

 

 Zayniddin domla ESHONQULOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari

Maqolalar