— Yangi tug'ilgan chaqaloqning aqiqa kuni sochi olingach, boshiga za'faron surtish kerakligi haqida o'qigandim. Bu dinimizda aytilgan-mi?
— Ha, bu borada hadisda ta'lim berilgan. Abu Dovud va Bayhaqiylar sahobalardan Buraydadan rivoyat qilishgan. U aytadi: “Johiliyatda bolani boshiga qon surtishar edi. Alloh islomni keltirgach (aqiqa uchun), qo'y so'yadigan va sochini olib bo'lgach, boshini za'faron bilan bo'yaydigan bo'ldik”. Ushbu hadisdagi za'farondan maqsad boshiga xushbuy narsa surtishdir.
Muhammad Ayyub HOMIDOV