? O'zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan xalqimizning ilmu ma'rifatini oshirish, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish maqsadida, “Madaniyat va ma'rifat” telekanalida ✅ “Ma'rifiy suhbatlar” nomli yangi turkum ko'rsatuvlar har payshanba kuni namoyish etiladi.
? Ushbu yangi teleloyihada taniqli ulamolar, tajribali imom-xatiblar va mohir mudarrislar Islom dinining ma'rifiy ta'limotlari, bugungi kundagi dolzarb masalalar hamda ijtimoiy muammolar borasida so'z yuritadilar. Shuningdek, tomoshabinlardan kelgan din va hayotga oid savollarga javoblar beriladi.
✅ Ushbu teledasturning ilk sonida O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay'ati ulamolari “Fatvo berishning mas'uliyati” borasida bahs qiladilar va ayni kunlarda muhim bo'lib turgan shar'iy savollarga javob beradilar.
❗️Shu yil 13 yanvar', payshanba kuni soat 21:00 dan boshlab, “Ma'rifiy suhbatlar” nomli ko'rsatuvning ilk sonini tomosha qilishni tavsiya etamiz.
? Alloh taolo ushbu yangi teleloyihani barchamizga muborak qilsin!
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
muslim.uz
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
Varshavada muborak Ramazon oyiga bag‘ishlangan vatandoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston elchixonasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari bilan birgalikda Varshavada mamlakatimiz vatandoshlari uchun ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etdi, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi.
Mazkur tadbirda Polshada istiqomat qiluvchi va tahsil olayotgan vatandoshlar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar muborak Ramazon oyining inson hayotidagi ahamiyati, shuningdek, minnatdorchilik, sabr-toqat, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat kabi fazilatlarning ahamiyati haqida fikr almashdilar.
Bundan tashqari, vatandoshlar ushbu muborak kunlarda o‘zlariga ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun samimiy minnatdorchilik bildirishdi va eng yaxshi ezgu tilaklarini muhtaram Yurtboshimiz va barcha O‘zbekiston xalqiga yetkazishni so‘rashdi.
Ushbu uchrashuvning vatandoshlar o‘rtasida birdamlikni mustahkamlashga va milliy va ma’naviy qadriyatlarni asrashga hissasini qo‘shishligi ta’kidlandi.
I.Ahmedov tayyorladi.