Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Sentabr, 2026   |   5 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:44
Quyosh
06:04
Peshin
12:18
Asr
16:41
Shom
18:35
Xufton
19:51
Bismillah
16 Sentabr, 2026, 5 Rabi`us soni, 1448

Yurt himoyasi – muqaddas burch

13.01.2022   3095   12 min.
Yurt himoyasi – muqaddas burch

Payg'ambarlar o'z vatanlari haqqiga duo qilganlar bu haqida Alloh taolo Qur'oni Karimda Ibrohim alayhissalom tillaridan quyidagi duoni keltiradi:

Esla, vaqtiki, Ibrohim: «Robbim, buni omonlik yurti qilgin va ahlidan Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirganlarini mevalar ila rizqlantirgin», – dedi. (U Zot:) «Kim kufr keltirsa, ozgina bahramand etaman, so'ngra olov azobiga majbur qilaman va u qanday ham yomon borar joy!» – dedi. Baqara 126. 

Ushbu oyatda ikkinchi marta – endi Ibrohim alayhissalom tillaridan Baytullohning omonlik maskani bo'lishining xabari kelmoqda. Ammo odobli, sermulohaza payg'ambar Ibrohim alayhissalom avvalgi darsdan saboq olib, Allohning mukofotini bu gal hammaga emas, balki mo'minlargagina so'ramoqdalar.

«Robbim, buni omonlik yurti qilgin va ahlidan Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirganlarini mevalar ila rizqlantirgin», – demoqdalar. (Baqara surasi 126-oyat).

         Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ham Madina munavvaraga borganlarida uning haqqiga quyidagicha duo qildilar:

"اللَّهُمَّ حَبِّبْ إلَيْنَا المَدِينَةَ كَحُبِّنَا مَكَّةَ أوْ أشَدَّ، اللَّهُمَّ بَارِكْ لَنَا في صَاعِنَا وفي مُدِّنَا..."

(رواه الإمامُ البخاري والإمام مسلم عن عائشة رضي الله عنها)

Ya'ni: “EyAlloh! Madinanibizga Makkani suyganimizdek yoki undanda ziyodaroq suyukli qilgin! Va uni toshu tarozusiga – so'u muddiga barakot bergin!” (ImomBuxoriyvaImom Muslim rivoyati).

Manapayg'ambar alayhissalomlar yashab turgan yurtlariga tinchlik va rizq so'radilar. Zero bu ikkine'mat – Vatan farovonligi omillaridandir! U ikkisi yoki biri topilmasa, baxt saodat yo'qoladi...

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, inson o'z vatani haqqiga doimo duoda bo'lishi lozim. Sababi, bu erda uning ahli oilasi, yaqinlari(qarindoshlari), do'stlari hayot kechiradi. Qolaversa, duo qilishlik ham ibodat hisoblanadi.Payg'ambar alayhissalom bir hadislarida: “Duo –ibodatning mag'zi, lazzatidir” deganlar.

Ma'lumki, insonga berilgan eng bebaho ne'matlardan biri – o'z Vatanida yashashdir. Chunki Vatan uning kindik qoni to'kilgan, go'daklik chog'i o'tgan, ilk qadamlarini qo'ygan, yoshlik, keksalik  davrlarini suradigan, xotiralari muhrlangan, ota-bobolarining yurti, farzandu nabiralari ulg'aygan zamindir! Alloh taolo har bir insonga vatanni sevish va unga muhabbat qo'yish tabiatini ato etgan.

Islomda vatanga muhabbat bu – tug'ilib o'sgan yurtiga nisbatan e'zozdan iboratdir! Demak, musulmon kishi vatanini sevadi! Uning iqboli uchun harakat qiladi, uni himoya qiladi, xursand bo'lsa – xursand, xafalik etsa – qayg'uradi. Inson “Vatanmenganimaberdi?” debemas, balki “men Vatanimganimaqildim?” deganoliytuyg'ubilanyashamog'ilozim.

Shuning uchun ham kishi o'z yurtidan uzoqlashganda, uni qumsaydi va sog'inadi. Bu qumsash biz ummatga Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan merosdir. Chunki islom tarixidan ma'lumki, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam O'z vatanlari  Makkai mukarramada 53 yoshlarigacha yashadilar. Bu davr mobaynida Makka mushriklari tomonidan U Zotga bir qancha zulm, dushmanchilik va kamsitishlar bo'ldi. Shunday bo'lsa-da vatanlarini tark qilib boshqa joyga ketmadilar. Ammo Makka mushriklarining zulmlari haddan oshib, Rasulullohning jonlariga qasd qilish darajasiga borganlaridan keyin Allohning buyrug'iga binoan Makkadan chiqib ketdilar. Chiqish vaqti kelganida ko'zga yosh oldilar, ko'ngillari bo'shab, Makkaga qarab shunday dedilar: 

"مَا أَطْيَبَكِ مِنْ بَلَدٍ، وَأَحَبَّكِ إِلَيَّ! وَلَوْلاَ أَنَّ قَوْمِي أَخْرَجُونِيْ مِنْكِ مَا سَكَنْتُ غَيْرَكِ"

(رواه الإمامُ الترمذي عَنْ عَبْدِ اللهِ بن عباسٍ رضي الله عنهما)

ya'ni: “(Ey Makka) sendan ko'ra menga sevimliroq va suyukliroq shahar yo'q! Agar qavmim meni sendan chiqarmaganida, aslo sendan boshqa joyni makon tutmasdim”  (ImomTermiziyrivoyati).

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Makkadan uzoqlashganlari sari unga bo'lgan ishtiyoqlari ziyodalashib borardi. Shunda Alloh taolo Rasulullohning ko'ngillarini ko'tarib, Makkaga qaytib kelishlarini bashoratini berib, Qur'oni karimdagi quyidagi oyati karimani nozil qildi:

إِنَّ الَّذِي فَرَضَ عَلَيْكَ الْقُرْآَنَ لَرَادُّكَ إِلَى مَعَادٍ...

ya'ni: (Ey, Muhammad!) Albatta, Sizga (ushbu) Qur'onni farz qilganzot, shak-shubhasiz, Sizni qaytish joyiga (Makkaga) qaytaruvchidir...” (Qasossurasi 85-oyat).

Shundan keyin Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam xotirjam safarlarini davom ettirdilar...

Insonning o'z Vatani oldida bir necha vazifalari bo'lib, ularning eng muhimlari uchtadir:

  1. Vatanning haqqiga duo qilish. Chunki payg'ambarlar o'z vatanlari haqqiga duo qilganlar. Bu haqida yuqorida ham aytib o'tdik...
  2. Vatan obodligi uchun moddiy va ma'naviy hissa qo'shish. Bu haqda Alloh taolo Qur'oni karimda shunday marhamat qildi:

هُوَ أَنْشَأَكُمْ مِنَ الْأَرْضِ وَاسْتَعْمَرَكُمْ فِيهَا

Ya'ni: “U (Alloh) sizlarni erdan paydo qilib, sizlarni uni obod etuvchi etdi” (Hud surasi 61-oyat).

Demak, inson er yuzini, xususan yashab turgan yurtini, o'z Vatanini obod qilishi – uning burchi hisoblanadi.

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

إِنْ قَامَتِ السَّاعَةُ وَفِي يَدِ أَحَدِكُمْ فَسِيلَةٌ، فَإِنِ اسْتَطَاعَ أَنْ لاَ تَقُومَ السَّاعَةُ حَتَّى يَغْرِسَهَا، فَلْيَغْرِسْها

  (رواه الإمام البخاري عَنْ أَنَسٍ بْنِ مَالِكٍ رَضِيَ الله عَنْهُ)

Ya'ni: “Qiyomat qoim bo'lib qolsa-yu, biringizning qo'lida ko'chat bo'lsa, u qoim bo'lgunicha ekishga ulgursa, ekib qo'ysin”. 

Hadisi sharifda inson o'z hayotining oxirgi lahzasini ham g'animat bilib, yashab turgan joyini obod qilish, uni gullab-yashnatishga targ'ib qilinmoqda. Bunga tarixdan misollar juda ko'p. Masalan, Madinai Munavvaraga yov bostirib kelgan paytda sahobalar yurt, vatan, dinu diyonat himoyasi uchun astoydil kurashga kirishdilar... albatta har kim o'z imkoniyatidan kelib chiqqan holatda. Hususan hazrati Usmon roziyallohu anhu ham. Ho'sh u kishi vatan uchun nima qildilar?

Abdurahmon ibn Samura roziyallohu anhu aytadi: 

“Nabiy sollallohu alayhi va sallam Tabuk g'azotining lashkarini jangga tayyorlayotganlarida Usmon ming dinorni engiga solib keltirib, u zotning qo'yinlariga to'kdi. Nabiy sollallohu alayhi va sallamning qo'yinlaridagini u yoq-bu yoqqa ag'darib turib, ikki marta “Bugundan so'ng Usmonga nima qilsa ham zarar qilmaydi” deganlarini eshitdim”.

Agar hazrat Usmonning Payg'ambar alayhissalomga olib kelib topshirgan mablag' miqdorini ko'z oldimizga keltirmoqchi bo'lsak, o'sha paytning dinori to'rt grammdan ortiqroq sof oltin bo'lgan. Bundan Usmon ibn Affon roziyallohu anhu o'shanda Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamning qo'yinlariga to'rt kilodan ortiq sof oltinni to'kkanlari ma'lum bo'ladi. Bir ming to'rt yuz yil ilgari to'rt kilogramm sof oltin qanchalik ulkan miqdordagi mulk bo'lganini tasavvur qilsak, Usmon ibn Affon roziyallohu anhu qilgan moliyaviy saxovatning ahamiyati yanada oydinlashadi.

Shuning uchun ham Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam hazrat Usmonning bu ishiga odatdan tashqari yuqori baho berib, “Bugundan so'ng Usmonga nima qilsa ham zarar etmaydi”, dedilar. Bu bilan “Usmon ibn Affon roziyallohu anhu umrining oxirigacha etadigan ishni qilib qo'ydi, endi u boshqa xayr-ehson qilmasa ham bo'laveradi, hatto nima ish qilsa ham u kishiga zarar etmaydi” deganlari edi.

   Imom Termiziyning rivoyatida kelishicha, Abdurahmon ibn Habbob roziyallohu anhu aytadilar:

 “Nabiy sollallohu alayhi va sallam “Qiyinchilik” lashkariga (Tabuk g'azotiga) targ'ib qilganlarida o'sha erda edim. O'shanda Usmon o'rnidan turib, “Ey Allohning Rasuli! Allohning yo'lida yuzta tuyani egar-jabdug'i bilan zimmamga olaman”, dedi. So'ngra u zot yana lashkarga targ'ib qildilar. Shunda Usmon o'rnidan turib “Ey Allohning Rasuli! Allohning yo'lida ikki yuzta tuyani egar-jabdug'i bilan zimmamga olaman”, dedi. So'ngra u zot (yana) lashkarga targ'ib qildilar. Shunda Usmon o'rnidan turib, “Ey Allohning Rasuli! Allohning yo'lida uch yuzta tuyani egar-jabdug'i bilan zimmamga olaman” dedi. Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning minbardan tushayotib “Bundan so'ng Usmon nima qilsa ham zarar bo'lmaydi. Bundan so'ng Usmon nima qilsa ham zarar bo'lmaydi” deganlarini eshitdim”.

         3.Vatanda fasod va buzg'unchilik ishlari bilan mashg'ul bo'lmaslik. Bu haqda Qur'oni karimda shunday marhamat qilinadi:

“وَلَا تُفْسِدُوا فِي الْأَرْضِ بَعْدَ إِصْلَاحِهَا وَادْعُوهُ خَوْفًا وَطَمَعًا إِنَّ رَحْمَةَ اللَّهِ قَرِيبٌ مِنَ الْمُحْسِنِينَ

ya'ni: “Yerni (Alloh xayrli ishlarga) yaroqli qilib qo'ygandan keyin (unda) buzg'unchilik qilmangiz! Unga (Allohga) ham qo'rqinch va ham umid bilan duo qilingiz! Allohning rahmati ezgu ish qiluvchilarga yaqindir” (A'rof surasi 56-oyat).

Har bir shaxs o'zi yashab turgan joyini ardoqlab, uni himoya qilishi – o'z joni, moli, ota-onasi va farzandlarini himoya qilish ulkan savob hisoblanadi.

 Zayniddin domla Eshonqulov

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

18 avgust — Usmon Mus'hafi Toshkentga qaytgan kun

19.08.2026   50123   2 min.
18 avgust — Usmon Mus'hafi Toshkentga qaytgan kun

18 avgust Toshkentning nafaqat diniy, balki madaniy va ilmiy merosi tarixida muhim o‘rin tutuvchi sana. Qur’oni Karimning eng qadimiy qo‘lyozmalaridan biri sifatida e’zozlanadigan Usmon Mus'hafi asrlar davomida Markaziy Osiyo tarixining turli bosqichlariga guvoh bo‘lib kelgan, xabar bermoqda iccu.uz.

Ushbu nodir qo‘lyozma yirik hajmdagi pergament varaqlarga yozilgan bo‘lib, matni qadimiy Hijoz xatida bitilgan. Mus'hafda hozirgi arab yozuvidagi nuqta va harakat belgilari mavjud emas. Manbalarda uning saqlanib qolgan qismi 338 yoki 353 varaqdan iborat ekani haqida turli ma’lumotlar uchraydi. Ayrim yo‘qolgan pergament varaqlar keyinchalik qog‘oz bilan almashtirilgan. Qo‘lyozmaning aniq sanasi xususida ilmiy adabiyotlarda turli qarashlar mavjud.

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Mus'haf uzoq yillar Samarqandda saqlangan. 1868–1869 yillarda u Sankt-Peterburgga olib ketilgan va Imperator xalq kutubxonasiga topshirilgan. 1905 yilda qo‘lyozmaning 50 ta faksimile nusxasi ko‘chirilgan. 1917 yildagi siyosiy o‘zgarishlardan keyin musulmon ulamolarining talabi bilan Mus'haf avval Ufaga, keyin esa O‘rta Osiyoga qaytarilishi jarayoni boshlangan.

1924 yilda Usmon Mus'hafi Tatariston, Boshqirdiston va Turkiston ulamolaridan tashkil topgan maxsus kuzatuvchilar hamrohligida maxsus poyezd orqali Ufadan Toshkentga olib kelindi. Toshkentga olib kelinganidan so‘ng Mus'haf bir muddat shahardagi masjidlardan birida saqlandi. Keyinchalik uning asrab-avaylanishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga topshirildi.

1989 yil 14 mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Musulmonlarning IV quriltoyida O‘zbekiston hukumati qarori bilan Usmon Mus'hafining musulmonlar ixtiyoriga qaytarilgani e’lon qilindi. Keyinchalik u O‘zbekiston musulmonlari idorasi ixtiyoriga topshirildi. Mus'haf bir muddat Hazrati Imom majmuasidagi «Mo‘yi Muborak» madrasasi muzey-kutubxonasida maxsus sharoitda ham saqlandi.

Usmon Mus'hafining tarixiy va madaniy ahamiyati xalqaro miqyosda ham e’tirof etilgan. 1997 yilda qo‘lyozma YUNЕSKOning «Memory of the World» — «Jahon xotirasi» dasturi ro‘yxatiga kiritilgan.

2025 yil 13 noyabr — Usmon Mus'hafi tarixida yana bir muhim sana. Aynan shu kuni nodir qo‘lyozma O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga olib kelindi. Bugun Qur’on zalidagi asosiy eksponatlardan biri sifatida alohida o‘rin egallab, yurtimizning ko‘p asrlik diniy, ilmiy va ma’naviy merosini namoyon etuvchi bebaho yodgorlik sifatida taqdim etilgan. Shuningdek, Markazda turli davrlarda Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar va Temuriylar davrida ko‘chirilgan Qur’on nusxalarini ham ko‘rish mumkin. Usmon Mus'hafi tarixi bu faqat bir qo‘lyozmaning tarixi emas. Bu asrlar osha saqlangan ilmiy va ma’naviy meros, uni asrab-avaylagan avlodlar xotirasi va O‘zbekiston zaminida shakllangan buyuk islom sivilizatsiyasining uzviy davomiyligi haqidagi tarixdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari