Viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi ayni paytda umumta'lim maktablari, akademik letseylar, kasb-hunar maktablari o'quvchilari hamda oliy ta'lim muassasalari talabalarining qishki ta'tili joriy yilning 24 yanvariga qadar uzaytirilganligi munosabati bilan ana shunday tashabbus bilan chiqdi.
O'zA xabariga ko'ra, 10 yanvardan 24 yanvarga qadar talaba va o'quvchi yoshlar viloyatdagi barcha tarixiy obida va muzeylarga chipta xarid qilmasdan kirishlari mumkin.
– Maqsad – yoshlarning ta'til davrida bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishi, yurtimiz tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishishi uchun imkoniyat yaratish, – deydi Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari – turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig'i R.Qobilov.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Shayx Nuriddin Xoliqnazar tashabbuslari bilan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyati va qoziyotga qarashli barcha masjid imom-xatiblari tomonidan nuroniy keksalar, mehnat faxriylari hamda yordamga muhtoj oilalarning holidan xabar olindi. Tadbir doirasida muhtoj oilalarning turmushini yengillashtirish maqsadida bir oilaga zamonaviy quyosh paneli o‘rnatib berilib, qo‘shimcha bayram sovg‘alari topshirildi. Bunday xayriya tashabbuslari jamiyatda o‘zaro ahillik, mehr-oqibat va inson qadrini ulug‘lash muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti