Taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo'yicha «Yo'l xaritasi» loyihasiga ko'ra, avgust oyida mazkur masala bo'yicha Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi qarorlari ishlab chiqiladi.
Zarnews xabariga ko'ra, boshqa amaliy ishlar shu qaror asosida bajariladi.
Shuningdek, kelgusi yilda Samarqand shahri “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” o'zaro bog'liqlikni mustahkamlash va barqaror rivojlanish bo'yicha vazirlar darajasidagi xalqaro konferentsiyaga mezbonlik qilishi ko'zda tutilmoqda.
Umuman Samarqandni “Turizm darvozasi”ga aylantirish orqali, kelgusi besh yilda turizm xizmatlari hajmi kamida 110 barobarga oshirilib, sohada 40 ming kishining bandligi ta'minlanadi.
Buning uchun 170 dan ortiq yangi mehmonxona va oilaviy mehmon uylarini tashkil etish, yotoq o'rinlar sonini 19 mingtaga etkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Halqaro kulinariya va servis maktabi tashkil etilib, o'qitishga Frantsiya, Yaponiya, Turkiyadan etakchi restoratorlar jalb etiladi.
Viloyatda Halqaro gastronomik festival tashkil qilinib, bu erdagi xalqaro aeroportga yangi xorijiy tashuvchilarni jalb qilish orqali parvozlar soni va geografiyasi oshiriladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘tgan solihlardan qoida va meros bo‘lgan so‘z bor:
من رام العلم جملة ذهب عنه جملة
."Kimki ilmning hammasini birdaniga o‘rganishni istasa, ilmning hammasidan quruq qoladi"
Oz vaqtda ilmning hammasini o‘rganib olaman, deya xomtama bo‘lgan talaba, ilmning hammasidan bebahra qoladi. Hech narsaga erishmaydi.
Qur’oni karim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga 23 yil davomida nozil bo‘lgan...
Imom Burhoniddin Marg‘inoniy rahimahulloh "Hidoya" asarini 13 yil mobaynida ro‘zador holda yozganlar...
Imom Buxoriy rahimahulloh "Sahihul Buxoriy"ni 16 yilda, tahorat olgan holda va ikki rakat nafl namoz o‘qib, yozganlar...
Ilm kitoblari harfma-harf va kalima-kalima izohlab o‘rganiladi. Igna bilan quduq qazishga sabr-toqat, oliy himmat, intizom va uzoq vaqt zarur. Shoshqaloqlik va puxtalik bir-biriga zid – hech qachon jamlanmaydi.
Muhtaram tolibi ilm! Ilmning boshi sabrdir: kitobga sabr qilasiz, ustozga sabr qilasiz, yashayotgan shahringizga sabr qilasiz, hamdarslaringizga sabr qilasiz va hokazo.
Ilm olish lazzatiga erishgach, sabr maqomidan rozilik va muhabbat maqomiga o‘tib olgach hayotingiz mazmuni kitob va ustozlar suhbatiga aylanadi.