Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Sentabr, 2026   |   7 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:47
Quyosh
06:06
Peshin
12:17
Asr
16:38
Shom
18:32
Xufton
19:47
Bismillah
18 Sentabr, 2026, 7 Rabi`us soni, 1448

Muslima ayol islom geometriyasini yangi bosqichga olib chiqadi

11.01.2022   1421   1 min.
Muslima ayol islom geometriyasini yangi bosqichga olib chiqadi

22 yoshli rassom Lama Abdulrahmon an'anaviy islom san'atidan foydalangan va unda tajriba o'tkazgan, an'analarni saqlab qolgan holda o'ziga xos uslubini yaratgan.

Abdulrahmonga ko'ra, uning asosiy uslubi islom geometriyasidir. "Men islom geometriyasini juda yaxshi ko'raman. Bu juda aniq, ko'plab naqsh va tuzilmalarga ega", - deydi rassom. U o'z asarlarining aksariyatini qora va oq rangda yaratishni afzal ko'radi.

"Buning boisi-shaklning qanday paydo bo'lganligini, naqshlarning go'zalligini ularga rang qo'shmasdan ko'rsatishdir", - deydi Lama.

Lama Abdulrahmon yaqinda Jidda shahridagi Athr galereyasida o'z asarlarini namoyish etdi. U proportsiyalarni qilib ikki uslubni birlashtirdi va "Sukun" deb nomlangan kalligrafiya va geometriyaning uchrashuv joyini yaratdi.

Saudiya Arabistonida islom geometriyasi bilan shug'ullanadigan rassomlar kam. Bu mavzu bo'yicha tadqiqotlarning aksariyatini faqat ingliz tilida topish mumkin. Abdulrahmonga ko'ra, san'atkorlar bu to'siq tufayli ko'p narsani boy berishadi.

Islam.ru portaliga ko'ra, muslima ayol boshqa hech kimga o'z nomini bog'lamagan holda o'z san'at galereyasini ochish darajasiga erishish uchun harakat qilmoqda. "Men san'atim va mening salohiyatim o'zgacha tarzda namoyon bo'lishini istayman," - dedi u.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Quvaytlik ekspert: O‘zbekiston va Quvaytni boy tarixiy meros va umumiy manfaatlar birlashtiradi

18.09.2026   4816   2 min.
Quvaytlik ekspert: O‘zbekiston va Quvaytni boy tarixiy meros va umumiy manfaatlar birlashtiradi

Quvaytning nufuzli “Al-Seyassah”, “Alwakt News” va “The Times Kuwait” nashrlarida quvaytlik ekspert va jamoat arbobi, Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi Tijorat arbitraj markazining sobiq bosh kotibi Tariq Yusuf ash-Shumaymiriyning “Samarqanddan Faylakagacha: zamin sivilizatsiya tilida so‘zlaganda nomli maqolasi chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muallif joriy yilning avgust oyida yurtimizga amalga oshirgan tashrifi davomida Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lgani, boy tarixiy-madaniy meros, me’moriy obidalar, qadimiy bozorlar hamda xalqimizning mehmondo‘stlik an’analari unda katta taassurot qoldirgani haqida yozadi.

Maqolada ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyoning qadimiy shahri Samarqand hamda Fors ko‘rfazidagi tarixiy Faylaka oroli xalqlar va madaniyatlarni birlashtiruvchi o‘ziga xos sivilizatsion ko‘prik vazifasini bajargan. Samarqand Sharq va G‘arbni bog‘lagan quruqlikdagi karvon yo‘llari chorrahasi bo‘lgan bo‘lsa, Faylaka dengiz savdo yo‘llarida muhim strategik makon hisoblangan. Yurtimizdagi ilm-ma’rifatga bo‘lgan yuksak ehtirom va jamoatchilik an’analari Quvayt jamiyatidagi qadriyatlar bilan muayyan mushtaraklikka ega ekani alohida e’tirof etiladi.

Nashrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 17–18 fevral kunlari Quvayt Davlatiga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni keng qamrovli sheriklik darajasiga ko‘targani ta’kidlanadi. Tashrif yakunlari bo‘yicha sanoat, aviatsiya, “aqlli shaharlar”, sog‘liqni saqlash, turizm, madaniyat va san’at kabi sohalarda umumiy qiymati qariyb 4,9 milliard dollarlik kelishuvlar va investitsiya loyihalari paketi shakllantirildi.

Shuningdek, Quvayt Arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasining yurtimizdagi infratuzilma va sog‘liqni saqlash loyihalaridagi ishtiroki amaliy hamkorlikning muhim yo‘nalishi sifatida ko‘rsatib o‘tiladi.

Maqola yakunida ta’kidlanganidek, Samarqand va Faylaka o‘rtasidagi tarixiy mushtaraklik hamda bugungi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar, faol investitsiyalar va madaniy almashinuvlar ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari