Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Iyul, 2025   |   15 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:17
Quyosh
04:59
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:36
Bismillah
10 Iyul, 2025, 15 Muharram, 1447

Kishining vafodorligi Vatan uchun qayg'urishidan bilinur!

11.01.2022   1005   4 min.
Kishining vafodorligi Vatan uchun qayg'urishidan bilinur!

Vatan tushunchasi juda ham keng tushuncha bo'lib, uni bir so'z bilan ifodalab bo'lmaydi. Vatan bu bizni o'z bag'riga olgan makon. Vatan u shunday bir maskanki, unda nafslar orom oladi. U bir bepoyon zaminki, unda dunyoga kelamiz, unda yashaymiz, oila quramiz, maqsad sari intilamiz va unda vafot etamiz  va unga dafn qilinamiz. Dinimiz insonlarni vatanparvar bo'lib, yurtini sevishga, uni himoya qilib, obod etishga chaqiradi. Yurtini sevgan o'zini sevibdi. Mana shunday yurtini sevib ardoqlagan, uni sarhadlarini himoya qilish-la sharaf tuygan soha vakillaridan biri bu harbiylardir.

Hakimlar aytadilar: «Kishining vafodorligi uning o'z vatani uchun qayg'urishidan, birodarlarini sog'inishidan va umrining zoye ketkazgan lahzalariga o'kinib yashashidan bilinadi».

Alixon to'ra Sog'uniy esa : «Ona Vatanini sevish har bir kishining qalbida g'ayrat va shijoat uyg'otadi», deganlar. Biz mana shunday shijoatli va yurtini sevgan har bir yurtdoshimizga kirib kelayotgan vatan “Vatan himoyachilari kuni” muborak bo'lsin, deymiz.

Vatanini sevgan inson Vatan tushunchasini ham himoya qiladi. Dinimiz ta'limotiga ko'ra, vatanni himoya qilgan insonga ajr va savoblar berlishi aytilgan. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg'ambarimiz alayhissalom; «Ikki ko'z egasini do'zax otashi kuydirmas: biri bu – Allohdan qo'rqib yig'lagan, ikkinchisi – Alloh yo'lida poyloqchilik qilib uxlamagan kishini», – deb aytganlar (Termiziy rivoyati).

Yana bir hadisi sharifda Rasululloh sallolohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: «Alloh taolo roziligi yo'lida bir kun chegara hududida posbonlik qilish bir oy kechalari (nafl) ibodat qilib, kunduzlari nafl ro'za tutishdan afzaldir». Darhaqiqat vatanni himoya qilmoq uni sarhadlarini yovlardan asramoq ulug' jasorat va sharaf bo'lish bilan birga, yuksak ibodat hamdir.

Buyuk ajdodlarimizdan biri, tasuvvufda Kubroviya ta'limotining asoschisi Najmiddin Kubro mo'g'ullar bosqinidan xabar topgach, birinchilardan bo'lib Vatan himoyasiga otlandi. Mo'g'ul hukmdorlari Najmiddin Kubroning shijoati, xalq orasidagi obro'-e'tibori, himoyadagi harakatlarini ko'rib, o'z yaqinlari va safdoshlaridan istaganlari olib o'zi ixtiyor qilgan tarafga ketishni taklif qiladi.

Vatan ozodligini o'z hayotidan ustun ko'rgan Najmiddin Kubro bosqinchilarga qarshi tug' ko'tarib jangga kiradi va lashkarni olg'a boshlab borayotgan holatda shahid bo'ladi. U zot tug'ni shunchalar jon-jahdi bilan ushlagan ediki, dushman askarlari tug'ni uning qo'llarini kesgachgina olishga muvaffaq bo'ladi.

Aziz vatan posbonlari! Barchangizni yaqinlashib kelayotgan 14-Yanvar' — “Vatan himoyachilari kuni” bilan yana bir bor muborakbod etamiz!

Alloh taolo yurtimiz sarhadlarini sergaklik bilan qo'riqlayotgan, yurtdoshlarimizning tinchlik va xotirjaligi uchun tunu-kun xizmat qilayotgan siz azizlarni o'z panohida asrab, aziz diyorimiz osmonini musaffo, halqimiz hayotini bunda-da farovon aylasin.

 

 

«Yahyoxon To'ra»

jome' masjidi imom xatibi:

Nurulloxon Domla Jamalov

MAQOLA
Boshqa maqolalar

Nafl haj qilganingdan yaxshi

09.07.2025   4240   1 min.
Nafl haj qilganingdan yaxshi

Hishom ibn Hasan Hasan Basriy rahimahullohga dedi: “Men Qur’onni o‘rganaman, bu vaqtda onam meni kechki ovqatga kutib o‘tiradilar”, dedi.

Hasan Basriy rahimahulloh unga: “Sen onang bilan ovqatlanib uning ko‘zini quvnatishing, mening nazdimda nafl haj qilganingdan ko‘ra suyukliroqdir!” dedi.

Ibn Javziyning “Birrul validayn” asaridan.