Odamlar orasida farishtalar haqida turli fikrlar, gap-so'zlar yuradi. Buning sababi esa ular haqida to'liq ma'lumotga ega emasligidir.
Yaqinda men o'qigan kitob (musannif Habibulloh Sadriddin qori o'g'li) ana shunday asossiz fikr
va qarashlardan yiroq bo'lish, shu bilan birga, farishtalarni yaqindan tanishga yordam beradi.
Eng asosiĭsi, kitobda farishtalar haqidagi ma'lumotlar tushunarli, ixcham tarzda berilgan bŭlib, uni ŭqigan kishi malakut olami vakillari haqida zarur bilimga ega bŭladi.
Kitobda farishtalarga imon keltirish, ularning kim ekanligi, nomlari va sifatlari, maqomlari, ibodat qilishlari, amallari hamda vazifalari haqida batafsil sŭz yuritilgan.
Shuningdek, farishtalar kirmaĭdigan xonadonlar, gunohkor kishilarga ularning munosabatlari ham ëritilgan.
Farishtalarga imon keltirish imon shartlaridan biridir. Hŭsh, farishtalarga imon keltirish deganda nima tushuniladi? Bu haqda kitobda bundaĭ deĭiladi: “Farishtalarning mavjud ekanliklari, ularning maqom-martabalari, ŭzlarining vazifalariga munosib bŭlgan xalqiĭ (yaratilishga oid) va xulqiĭ sifatlari borligi, Rabbimizning roziligi uchun doimiĭ ibodatda bŭlishlari, Alloh huzurida turli darajalarga ega ekanliklari kabi sifatlariga bekamu kŭst imon keltirish tushuniladi”.
Tabiat hodisalari ŭz-ŭzidan bŭlayëtgandek tuyuladi. Ammo biz bilmagan sir-sinoatlar borki, ularni anglaganing saĭin Allohning qudratiga qoĭil qolasan, kishi. Jumladan, kitobda farishtalarning bulutlarni haĭdashi va ëmg'ir ëg'dirishi haqidagi qaĭdlari har birimizni mulohazaga, tafakkurga chorlaĭdi.
“Albatta, biz doimo guvohi bŭlib turgan bulutlarning suzib yurishi va bir joĭdan boshqa joĭga
kŭchishi kabi ishlarni ba'zi insonlar ŭz-ŭzidan sodir bŭladi ëki tabiat ularni yurg'izib turadi, deb ŭĭlaĭdi. Holat aslida undaĭ emas. Bulutlarni Alloh azza va jalla yurg'izib qŭĭgan...”.
Har bir inson dunëga kelar ekan, uning yaralishida farishtalarning ham ŭz vazifalari
bor. Bu haqda kitobda bundaĭdeĭiladi: «Rahmga va homilani tasvirlashga vakil qilingan farishtalar bŭlib, ular homilani inson suratiga keltirish, quloq, kŭz, teri,
gŭsht, suyaklar va jinsini yaratish hamda ruh puflash kabi ishlarni bajaradi.
Abu Zar G'iforiĭ roziĭ allohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh sollallohu alaĭhi va sallamning “Agar nutfa tashlanganida qirq kecha ŭtsa, Alloh taolo unga bir farishtani yuboradi. Farishta uni suvratlab, uning qulog'i, kŭzi, terisi, gŭshti va suyaklarini yaratadi. Sŭngra: “Eĭ Rabbim, erkakmi ëki ayëlmi?”deb sŭraĭdi. Rabbing esa ŭzi xohlaganidek hukm qiladi va farishtalar uni ëzib qŭyadi”, deganlarini eshitganman”, dedilar» (ImomMuslimrivoyati).
“Farishtalar” kitobini ŭqir ekansiz, qiziqarli manbalarni kŭplab uchratasiz. Bu esa sizga asarni bir nafasda ŭqib chiqishga zamin yaratadi.
Bobur YO'LChI o'g'li
jurnalist
18 avgust Toshkentning nafaqat diniy, balki madaniy va ilmiy merosi tarixida muhim o‘rin tutuvchi sana. Qur’oni Karimning eng qadimiy qo‘lyozmalaridan biri sifatida e’zozlanadigan Usmon Mus'hafi asrlar davomida Markaziy Osiyo tarixining turli bosqichlariga guvoh bo‘lib kelgan, xabar bermoqda iccu.uz.
Ushbu nodir qo‘lyozma yirik hajmdagi pergament varaqlarga yozilgan bo‘lib, matni qadimiy Hijoz xatida bitilgan. Mus'hafda hozirgi arab yozuvidagi nuqta va harakat belgilari mavjud emas. Manbalarda uning saqlanib qolgan qismi 338 yoki 353 varaqdan iborat ekani haqida turli ma’lumotlar uchraydi. Ayrim yo‘qolgan pergament varaqlar keyinchalik qog‘oz bilan almashtirilgan. Qo‘lyozmaning aniq sanasi xususida ilmiy adabiyotlarda turli qarashlar mavjud.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Mus'haf uzoq yillar Samarqandda saqlangan. 1868–1869 yillarda u Sankt-Peterburgga olib ketilgan va Imperator xalq kutubxonasiga topshirilgan. 1905 yilda qo‘lyozmaning 50 ta faksimile nusxasi ko‘chirilgan. 1917 yildagi siyosiy o‘zgarishlardan keyin musulmon ulamolarining talabi bilan Mus'haf avval Ufaga, keyin esa O‘rta Osiyoga qaytarilishi jarayoni boshlangan.
1924 yilda Usmon Mus'hafi Tatariston, Boshqirdiston va Turkiston ulamolaridan tashkil topgan maxsus kuzatuvchilar hamrohligida maxsus poyezd orqali Ufadan Toshkentga olib kelindi. Toshkentga olib kelinganidan so‘ng Mus'haf bir muddat shahardagi masjidlardan birida saqlandi. Keyinchalik uning asrab-avaylanishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga topshirildi.
1989 yil 14 mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Musulmonlarning IV quriltoyida O‘zbekiston hukumati qarori bilan Usmon Mus'hafining musulmonlar ixtiyoriga qaytarilgani e’lon qilindi. Keyinchalik u O‘zbekiston musulmonlari idorasi ixtiyoriga topshirildi. Mus'haf bir muddat Hazrati Imom majmuasidagi «Mo‘yi Muborak» madrasasi muzey-kutubxonasida maxsus sharoitda ham saqlandi.
Usmon Mus'hafining tarixiy va madaniy ahamiyati xalqaro miqyosda ham e’tirof etilgan. 1997 yilda qo‘lyozma YUNЕSKOning «Memory of the World» — «Jahon xotirasi» dasturi ro‘yxatiga kiritilgan.
2025 yil 13 noyabr — Usmon Mus'hafi tarixida yana bir muhim sana. Aynan shu kuni nodir qo‘lyozma O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga olib kelindi. Bugun Qur’on zalidagi asosiy eksponatlardan biri sifatida alohida o‘rin egallab, yurtimizning ko‘p asrlik diniy, ilmiy va ma’naviy merosini namoyon etuvchi bebaho yodgorlik sifatida taqdim etilgan. Shuningdek, Markazda turli davrlarda Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar va Temuriylar davrida ko‘chirilgan Qur’on nusxalarini ham ko‘rish mumkin. Usmon Mus'hafi tarixi bu faqat bir qo‘lyozmaning tarixi emas. Bu asrlar osha saqlangan ilmiy va ma’naviy meros, uni asrab-avaylagan avlodlar xotirasi va O‘zbekiston zaminida shakllangan buyuk islom sivilizatsiyasining uzviy davomiyligi haqidagi tarixdir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati