Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'anning aytishicha, musulmonlar o'sib borayotgan islomofobiya qarshisida o'zaro birlik va hamjihatlikni o'rnata olsagina mutlaq tinchlik va totuvlikka erishadi.
Chikagoda Shimoliy Amerikada har yili bo'lib o'tadigan eng yirik Islom anjumanlaridan biri Amerika musulmon jamiyati (MAS) va Shimoliy Amerika Islom doirasi (ICNA) anjumanida translyatsiya qilingan telemurojaatida so'zga chiqqan Erdo'g'an birlik va musulmonlarga nisbatan ijobiy munosabat muhimligini ta'kidladi.
"Biz pandemiya paytida kuchaygan musulmonlarga qarshi nafrat, ksenofobiya va madaniy irqchilikka qarshi hamjihatlikni kuchaytirishimiz kerak, musulmonlar birlashishi, madaniy va etnik farqlarni yo'q qilish zarur", - dedi u.
"Barcha musulmonlar kelib chiqishi, terisining rangi, millati, madaniyati, mazhabidan qat'i nazar, aka-uka va opa-singillardir", - dedi Erdo'g'an.
"Zamonamizning o'sib borayotgan qiyinchiliklari fonida musulmonlar begonalashmasligi va o'z kuchiga ishonib, jamiyatda munosib o'rin egallashga intilishlari kerak", - dedi Turkiya rahbari.
Qo'shma Shtatlardagi eng yirik islom anjumanlardan biri seshanba kuni Chikagoda uch kunlik qizg'in uchrashuvlardan so'ng yakunlandi. Tadbir "qiyinchiliklardan keyingi engilliklar" shiori ostida o'tkazildi.
Islom anjumanlaridan biri Amerika musulmon jamiyati (MAS) va Shimoliy Amerika Islom doirasi (ICNA) tomonidan uyushtirilgan 20- har yillik s'ezd 26 dekabrdan 28 dekabrgacha bo'lib o'tdi. Joriy yilda tadbir tashkilotchilari tomonidan barcha ishtirokchilar uchun majburiy emlash siyosati joriy etildi.
S'ezd davomida barcha ko'ngillilar va barcha ishtirokchilar to'liq emlashdan o'tishlari yoki COVID-19 ga salbiy test natijalarini taqdim etishlari kerak edi. Intensiv seminarlar, davra suhbatlari, badiiy ko'rgazmalar, fil'mlar, iste'dodlar shousi va bozor
S'ezd dasturining bir qismiga aylandi.
Islam.ru xabariga ko'ra, 90 dan ortiq taniqli amerikalik musulmonlar, jumladan, turli dinlarning ko'plab vakillari tomoshabinlarga murojaat qilishdi. Mashhur olimlarning ma'ruzalarini tinglash uchun 20 mingga yaqin musulmon yig'ildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Sarmoyangiz umringizdir...
Alloma Ibn al-Javziy o‘zining «Mudahish» nomli kitobiga bunday yozadi:
Bir kishi bor edi, u bozorda muz sotardi. Ovozini chiqarib bunday derdi: “Sarmoyasi erib ketayotgan odamga rahm qilinglar!”.
Bu kishi odamlarning yuragini yumshatib, ulardan muz sotib olishlarini so‘rardi. Chunki u sotadigan muz — vaqt o‘tishi bilan erib ketardi. Agar u muzini tezda sotib ulgurmasa, butun sarmoyasi yo‘q bo‘lib ketadi. Shuning uchun u bor ovozi bilan: “Sarmoyasi erib ketayotgan odamga rahm qiling!”.
Muzlab qolgan suvning har bir tomchisi sizning tark etgan umr lahzangiz kabidir, u endi hech qachon qaytmaydi.
Hayotingizdagi sanoqli kunlardan foydalaning…
Solihlardan biri aytadi: «Men “Asr” surasini yigirma yil o‘qidim, lekin uning ma’nosini tushunmasdim. “Nima uchun Alloh inson tabiatan ziyonda deb aytyapti va buni qasam bilan ta’kidlayapti?” deb o‘ylardim.
Keyin esa Alloh ziyondan najot topganlarni to‘rtta sifat bilan istisno qiladi:
– iymon keltirganlar,
– solih amal qilganlar,
– haqqa da’vat etganlar,
– sabrni tavsiya qilganlar.
Shunda men “Asr” surasidagi qasamning ma’nosini angladim: “Dunyodagi eng katta sarmoya bu – umringiz. Umringizdan o‘tgan har bir lahza erib ketgan muz kabi qaytib kelmaydi. Shuning uchun sarmoyangizni ehtiyot qiling! U siz yashab turgan vaqtdir. Ajal yetishidan avval tiriklik fursatidan foydalaning».
Alloh umrimizni uzun va xotimamizni chiroyli qilsin.
Sarmoyangizni o‘g‘irlayotganlarga e’tibor bering!
Har birimiz sarmoyamiz ya’ni vaqtimizni kim yoki nimalar zoye qilayotganini yaxshi bilamiz.
Allohni zikr qilishdan yoki U Zotga va Rasuliga itoat qilishdan boshqa narsa bilan vaqtni zoye qilmang.
Unutmang, sarmoyangiz — umringiz!
Maqsudali domla QOSIMOV,
Xo‘jaobod tumani “Yetti chinor” jome masjid imom-xatibi.