— Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va yangi oila qurganlar chilla saqlaydi: shomda ko'chaga chiqmaydi, qorong'ugacha uyga qaytadi. Chilla saqlash nima degani? Tushuntirib bersangiz.
— Dinimizda “chilla” degan narsa yo'q. Ammo chaqaloq va bolalarni shom namozi kira boshlagan vaqtdan to qop-qorong'u to'la tushgunicha ko'chaga chiqarmasdan turish haqida hadisda ko'rsatma kelgan. Islom dinida ota-ona farzandini har tomonlama avaylab, ehtiyot qilishga mas'ul ekani uqtiriladi. Buning uchun dinimiz ta'limotida farzandni, hatto ko'z tegishi yoki jinlardan saqlash uchun ham muayyan ko'rsatmalar keltirilgan. Jumladan, Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kechqurun, farzandlaringizni uyda ushlab turing. Bu vaqtda shaytonlar (jinlar) izg'ib yuradi. Biror soat o'tgach, bolalaringizni erkin qo'ying. Allohning nomini zikr etib eshiklaringizni berkiting. Zero, shayton berkitilgan eshikni ochmaydi”, deganlar (Muttafaqun alayh).
Muhammad Ayyub HOMIDOV
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Ramazon ketmaydi… agar uning asari qalbimizda qolsa.
“Xayr, ey Ramazon”, demanglar. Balki: “Ramazonda boshlagan hayotimiz xush kelibsan”, denglar.
Chunki mo‘min bir ibodatni tark etmaydi — balki boshqasiga o‘tadi, bir yaxshilik eshigi yopilmaydi — balki qalbida yana boshqa eshiklar ochiladi.
Doimo esda tutinglar: Ramazonning Parvardigori — butun yilning ham Parvardigoridir. Shuning uchun U bilan bo‘lgan ahdni oy tugashi bilan buzmanglar.
Ro‘za — bu maktabdir. Kim halol narsalardan bir oy o‘zini tiysa, u haromdan butun umr o‘zini tiyishga qodir bo‘ladi.
Qur’on — do‘stdir. Uni Ramazonda ko‘z yoshlaringiz va qalb nuringiz bilan bezagan bo‘lsangiz, endi uni chang bosib ketishiga yo‘l qo‘ymanglar.
Iydni Ramazonning tugash nuqtasi emas, balki yangi sahifaning boshlanishi deb bilinglar.
Qalbingizga tushgan o‘sha sokinlikni, ruhingizni poklagan o‘sha musaffolikni asranglar.
Ramazondan kechirimlilikni olinglar, ro‘zadan sabrni, tungi ibodatdan Allohga yaqinlik lazzatini olinglar va shu bilan hayot yo‘llaringizda davom etinglar.
“Ibrat faqat ro‘za tutib, tunni qoim qilganda emas, balki tavbasi qabul bo‘lib, istiqomatda sobit qolgan kishidadir”.
Homidjon qori ISHMATBЕKOV