Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Sentabr, 2026   |   6 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:45
Quyosh
06:05
Peshin
12:18
Asr
16:40
Shom
18:33
Xufton
19:49
Bismillah
17 Sentabr, 2026, 6 Rabi`us soni, 1448

Noyob islom tangalari ko'rgazmasi ish boshladi

27.12.2021   2864   1 min.
Noyob islom tangalari ko'rgazmasi ish boshladi

Shoh Abdul Aziz jamoat kutubxonasi 21 dekabr' kuni Er-Riyodda noyob islom tangalar ko'rgazmasini ochdi.


Arabnews xabariga ko'ra, madaniyat vaziri, shahzoda Badr bin Abdulloh bin Farhan rahnamoligida tashkil etilgan ko'rgazma tashrif buyuruvchilar, mutaxassislar va xohlovchilar uchun islom tsivilizatsiyasi alomatlarini uning tarixiy ulug'vorligida ko'ra olish imkonini beradigan oyna yaratishga mo'ljallangan.


Ushbu kutubxonada sharqiy islom va G'arb mamlakatlaridan Umaviylar, Abbosiylar, Andalusiylar, Fotimiylar, Ayubiylar, Otabeklar, Saljuqiylar, Mamluklar va Usmoniylar imperiyasi davriga oid sakkiz mingdan ortiq zarb qilingan va nodir arab va islom tangalari mavjud.


Kutubxonada Arabiston yarim orolida yashovchi ayrim tsivilizatsiyalarga tegishli, Makka, Madina, Al-Yamama va Bisha kabi shaharlarda zarb qilingan tangalar ham mavjud.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Madina shahri nima uchun “Toyyiba” deb ataladi?

17.09.2026   43   1 min.
Madina shahri nima uchun “Toyyiba” deb ataladi?

Madina shahri Islom tarixida bir nechta nomlar bilan atalgan. Ulardan eng mashhurlaridan biri “Toyyiba”dir.

Islomdan oldin shahar Yasrib deb atalgan. Bu nom “ayblash” va “yomonlash” kabi ma’nolarni anglatadi.

Muhammad sollallohu alayhi vasallam shaharga hijrat qilganlarida, unga yangi nom berdilar. U zot alayhissalom shaharni “go‘zal” va “poklangan” ma’nosini anglatuvchi “Toyyiba” deb atadilar.

Shuningdek, Toyyibaga yaqin bo‘lgan va o‘xshash ma’noni anglatuvchi “Toba” nomi ham ushbu shahar uchun ishlatilgan.

Madinada topilgan VIII asrga oid qoyatosh yozuvida shahar Toyyiba nomi bilan atalgan. Bu esa ushbu nom Islomning ilk asrlaridanoq qo‘llanib kelinganini ko‘rsatadi.

Toyyiba bilan bir qatorda, shahar muayyan tarixiy jihatlarini aks ettiruvchi yana bir necha nomlar bilan ham tanilgan:

Nomi Ma’nosi
Madina Shahar
Madinatu Nabiy Payg‘ambar shahri
Madinai Munavvara Munavvar shahar
Dorul Hijra Hijrat diyori
 

Po‘latxon Kattayev,

Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi

Maqolalar