Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Sentabr, 2026   |   7 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:47
Quyosh
06:06
Peshin
12:17
Asr
16:38
Shom
18:32
Xufton
19:47
Bismillah
18 Sentabr, 2026, 7 Rabi`us soni, 1448

Andalus uslubidagi masjid Ispaniyaning islom tarixidan so'zlaydi

20.12.2021   1785   1 min.
Andalus uslubidagi masjid Ispaniyaning islom tarixidan so'zlaydi

Dubayda o'zgacha dizaynga ega yangi masjid – andalus me'moriy uslubida qurilgan diniy bino paydo bo'ldi.
Madinat Badr masjidi Dubayning islom banklaridan biri tomonidan qurildi va yaqinda jamoatchilikka ochildi.

Amirliklar uchun masjidning o'zgacha ko'rinishi Ispaniyaning janubida joylashgan Granadaa shahridagi Alhambra (qo'sh va qal'a) me'moriy majmuasiga o'xshaydi, deya xabar bermoqda The National News.

Qiya tomlar, sopol ustqoplama plitalar, taqa shaklidagi (mag'rib) arklar va ustunli hovli – bularning barchasi Ispaniyaning islom tarixi bilan o'xshashliklarni eslatadi.

Qizig'i shundaki, Dubay masjidlar bilan tobora ko'proq tajriba o'tkazmoqda - sentyabr oyida Amirlikning suv ta'minoti xizmati qayta ishlangan materiallardan qurilgan va quyosh energiyasi bilan ishlaydigan yangi ekologik masjidni ochdi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   14   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari