Qo'shma Shtatlarda musulmon jamoat va inson huquqlari tashkilotlaridan biri qora tanli musulmonlar hayoti haqida fil'mlar suratga olayotgan kinoijodkorlar uchun grant ta'sis etgan.
Jamoatchilik ishlari bo'yicha musulmonlar kengashi (MPAC) Gollivud byurosi rejissyorining grantini e'lon qildi. Gollivud byurosi - islom va musulmon mavzularida fil'mlar, seriallar va shoularni suratga olish bo'yicha media kompaniyalari va suratga olish guruhlariga maslahat berish bo'yicha MPACning bir bo'linmasi hisoblanadi. Tashkilot fil'mlar va teledasturlardagi musulmonlarning tasvirlarini to'g'ri va buzmasdan ko'rsatishga yordam beradi.
Deadline xabariga ko'ra, Amerika Qo'shma Shtatlarida o'zlarini qora tanli musulmon hamjamiyati a'zolari sifatida biladigan kinoijodkorlar Jamoatchilik ishlari bo'yicha musulmonlar kengashinig 10 000 AQSh dollari miqdoridagi grantiga da'vogarlik qilishlari mumkin. Tanlovda ishtirok etish uchun rejissyorlar suratga olish yoki ekranga chiqarish bosqichidagi faol loyihalarga ega bo'lishlari kerak.
"Bu ajoyib mukofot ijodkor musulmonlarga qiyin hikoyalarini aytib berishga yordam berishga qaratilgan", - deydi Gollivud byurosi direktori S'yu Ubaydiy.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Savol: Janoza namozida to‘rtta takbirni aytish farz deb eshitganmiz. Imomga iqtido qilgan kishilar ham takbirlarni aytishlari kerakmi? Ularga ham to‘rt takbirni aytish farz bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Albatta, iqtido qilganlar ham mazkur takbirlarni aytishlari farz bo‘ladi. Chunki ulamolarimiz mazkur takbirlar boshqa namozlardagi rakatning o‘rnida bo‘ladi, ya’ni to‘rt takbirli janoza go‘yoki to‘rt rakatli namozning hukmida bo‘ladi, deganlar.
Shu bois imom ham, unga iqtido qilganlar ham takbirlarni aytishlari shart hisoblanadi. Agar kimdir takbirlarni aytmasa, yoki ulardan bittasini qoldirsa, janoza o‘qigan bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.