Amerikalik muslima Deka Dhalak shahar kengashiga saylanganidan uch yil o'tib Men shtatidagi to'rtinchi yirik shahar meri etib saylangandi. "Bu juda chiroyli bo'ldi. Ko'zlarimda esa xursandchilik yoshlari", – deydi ayol. Bu haqda Islam.ru xabar berdi.
31 yil oldin o'z mamlakatidan ko'chib kelgan somalilik ayol Dhalak Janubiy Portlend shahrining saylangan rahbarlari ro'yxatida rasman birinchi o'rinni egalladi. Quvonchli xabar Men shtati musulmon jamoasi tomonidan Amerika musulmon jamoasining fuqarolik faolligi o'sib borayotganining belgisi deb atadi.
– Mamlakatning eng yirik musulmon fuqarolik huquqlari tashkiloti bo'lgan Amerika-islom munosabatlari bo'yicha kengash Dhalakning saylanishini " Amerika musulmon jamoasining o'sib borayotgan fuqarolik faolligining belgisi" deb yuqori baholadi", - dedi tashkilot vakili Ibrohim Huper. - "Mer Dhalak yaxshiroq jamiyat qurishda tobora muhim rol o'ynar ekan, amerikalik musulmonlarning yangi avlodini ilhomlantirishga yordam beradi, degan umiddamiz".
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.
Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.
Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.
Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.
Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati