Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Noyabr, 2026   |   15 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:59
Quyosh
07:18
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
25 Noyabr, 2026, 15 Jumadul soni, 1448

E'tiqodga tajovuz

05.12.2023   942   5 min.
E'tiqodga tajovuz

Missionerlik – insonlarning nozik tuyg'usi – e'tiqodini o'zgartirishga urinuvchi, jamiyatni parokandalikka olib keluvchi buzg'unchi harakat. Uning tarixi juda uzoq davrlarga borib taqalib, maqsadi – masihiylikni yoyishdan iboratligi barchaga ayon. Biroq bugungi kunga kelib missionerlik doirasi xiyla kengaydi, endilikda ushbu atama aytilganda faqat masihiychilar emas, buddaviylar, krishnachilar va boshqa konfessiyalar targ'ibotchilari ham tushuniladi. Ushbu tashviqotchilar ko'p yillardan buyon yurtimizda ham goh pinhona, goh oshkora faoliyat olib bormoqda. Afsus, yu rtdoshlarimiz orasida ularning ta'siriga tushib, o'z e'tiqodidan voz kechganlar ham yo'q emas.

Ilgariroq shunday holatlardan biriga guvoh bo'lgandim. Jamoamizda yoshi o'tinqiragan bir qiz ishlardi. U nafaqat turmushda o'z juftini topolmagan, balki odamlar orasida ham yolg'iz edi. Qobig'iga o'ralib olib, allaqanday muammolar ichida yashar, hamkasblardan imkon qadar o'zini uzoqroq tutardi. Tajangroq, o'zgaruvchan fe'l egasiligi sezilib turardi.

Ayonki, moddiy etishmovchilik, biqiqlik uni shu ahvolga solgandi. Ajabki, qizning muomalasida o'zgarish kuzatilib, hamma bilan muloyim gaplashadigan bo'lib qoldi. Sababi tezda ayon bo'ldi. Uning xonasiga kirgan odam shkafga missionerlikka targ'ib qiluvchi kitoblari terib qo'yilganiga ko'zi tushar, o'zi esa ularda “jannatga eltish” yo'li ko'rsatilganini tushuntirmoqchi bo'lardi. Qarshi fikr bildirganlarga qandaydir “dalillar” keltiradi... Tushundikki, arosatda yurgan qiz g'ayridin narg'ibotchilarning aldoviga uchgan.

Missionerlar nishonni aniq olishgandi. Shubhasiz, Islom dini haqida etarli tushunchasi yo'qligi, missionerlik bilan shug'ullanuvchi kuchlarning g'arazli qilmishlari xususida etarli ma'lumotga ega emasligi qizni ularning tuzog'iga tushirgandi. Ma'lum bo'lishicha, masihiylikka da'vat qiluvchilar aksaran aralash millat vakillaridan iborat oilalarning a'zolari, hech bir dinga e'tiqod qilmagan, xastalikka, judolikka, moddiy qiyinchilikka duch kelgan, axloq tuzatish muassasalaridan chiqib kelgan, ya'ni moddiy va ma'naviy ko'makka muhtoj kishilar o'rtasida targ'ibotni kuchaytirarkan. Shuningdek, kar-soqovlar, umuman, nogironlarni o'z o'ljasiga aylantirish maqsadida faol ish olib borishlari ham kuzatilgan.

Bunday targ'ibotga ergashayotganlar orasida, kam bo'lsa-da, kelib chiqishi musulmon bo'lgan fuqarolarning borligi g'oyatda achinarlidir.

Yaqinda bir tanishim dardini yorib

qoldi. Uning yoshi oltmishga yaqinlashib qolgan qaynopasi bo'lib, farzandsizlik vajidan bir necha marta oila qurib ajrashgan ekan. Besh-olti yil burun o'zidan bir-ikki yosh katta insonga turmushga chiqibdi. Ular Mehribonlik uyidan bola asrab olishibdi. Muammo shundaki, asli

musulmon bo'lgan er bir paytlar missionerlar ta'sirida e'tiqodini o'zgartirgan ekan, xotinini ham ortidan ergashtiribdi. Eng yomoni, tarbiyaga olingan bola ham shu muhitda boshqa din vakili bo'lib voyaga etishi muqarrar. Tanishim oilaviy bordi-keldilarda ularning odatlaridan noqulay holatga tushayotgani, qarindoshlikni uzishga majbur bo'layotganini kuyunib gapirib berdi.

Taniqli yozuvchi Said Ahmadning “Qorako'z Majnun” hikoyasida nasroniy dinini qabul qilgan o'zbek erkagining fojiasi ko'rsatilgan. Sobiq tuzum davrida harbiy xizmatga ketgan Bo'ri degan yigit xizmat muddati tugasa-da, uyiga qaytmaydi, uzoq yillar davomida qorasini ko'rsatmaydi. Onasi farzandi yo'liga ko'z tikadi.

Ko'p yildan so'ng qarimsiq, og'zidan aroq hidi anqigan erkak kishi eshikdan kirib keladi. Keksa ona o'g'lining ruhiyatidagi begonalikni sezsa-da, “Bolam!” deb bag'riga bosadi. Mehmonlar tarqalib, o'g'il uyquga ketganda hammasi ayonlashadi. Kampir uning ustini yopib qo'ymoqchi bo'lganida tugmalari echilib qolgan ko'ylagi tagida osilib turgan xochga ko'zi tushadi. Ma'lum bo'ladiki, yigit yot o'lkalarda nasroniy popning qiziga uylanib, uning diniga kirgan va cherkovda ishlab yurgan. Ikki olov orasida qolgan ona noiloj o'g'lidan voz kechadi...

Ayonki, Islomdan qaytib, boshqa dinga kirish eng og'ir gunoh hisoblanib, bunday kimsa “murtad” deb ataladi. Alloh taolo: «Sizlardan kim dindan qaytib, kofir holida o'lib ketsa, ana

o'shalar dunyo-yu oxiratda amali habata (behuda) bo'lganlardir. Ana o'shalar do'zax ahlidir. Ular unda mangu qoluvchidir», degan (Baqara surasi, 217-oyat). Ushbu oyati karima Alloh taolo shirkni aslo kechirmasligiga dalildir. «Habata» so'zi, aslida, biror hayvonning ko'p ovqat eganidan qorni shishib, yorilib o'lgan holatini anglatadi. Dindan qaytgan murtadning savobli amallari ham musulmonlikni tark etgani uchun havoga uchadi. U nafaqat to'plagan savob-ajrlarini boy beradi, balki eng og'ir gunohni sodir etgani bois oxiratda Allohning g'azabiga duchor bo'ladi, unga hech qanday najot yo'li qolmaydi.

Haqiqiy iymon egasi o'z e'tiqodida sobit bo'lishi shart. Aqida masalasida adashish kishini dunyo-yu oxiratda halokatga duchor qiladi. Shunday ekan, missionerlarning tuzog'idan o'zimizni va yaqinlarimizni hamisha uzoq tutishimiz kerak. Ayni shu sinovga duch kelayotganlar esa uning oqibati haqida atroflicha o'ylab ko'rishlari zarur. Hatto adashganlar ham vaqt borida tavba qilsalar, o'zlarini halokatdan qutqargan bo'ladilar.

 

To'lqin ShYeRNAYeV 

"Mo'minalar", 3-son, 2023 yil

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Dunyo e’tirofining bir namunasi

25.11.2026   6225   2 min.
Dunyo e’tirofining bir namunasi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi poytaxti O‘mon shahridagi Qirollik islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan har yili e’lon qilinadigan reytingda dunyoning eng nufuzli 50 nafar musulmoni ro‘yxatiga kiritildi.

Unda muhtaram Yurtboshimiz rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqaro hamkorlik va mintaqaviy diplomatiyani rivojlantirish, ta’lim va madaniyat sohalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, boy islomiy merosni asrab-avaylash va jahon miqyosida targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlar alohida qayd etilgan.

Mazkur e’tirof Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, xususan, diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlar xalqaro miqyosda tan olinayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

Zero, bugun mamlakatimizda haqiqatdan ham diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soha vakillarining ilmiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro islom akademiyasi, diniy ta’lim muassasalari, ilmiy maktab va markazlar faoliyati tobora kengayib bormoqda.

Ulug‘ allomalarning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, tarixiy qadamjolarni obodonlashtirish, ziyorat turizmini rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda. Mamlakatimizda turli diniy konfessiyalarning erkin faoliyat yuritishi ta’minlanib, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash yo‘lida muntazam muloqotlar olib borilmoqda.

Namozlarni emin-erkin ado etish, hayit bayramlarini nishonlash, haj va umra ziyoratlarini tashkil etish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar ham ushbu islohotlarning ajralmas qismiga aylangan.

Yurtboshimizning mana shunday e’tirofga sazovar bo‘lishlari yaxshilik amallarning bu olamda ham javobsiz qolmasligiga bir ishoradir. Zero Alloh taolo ham Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan:

“Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarga Rohman (odamlar qalbida) muhabbat paydo qilur” (Maryam surasi, 96-oyat).

Inson Alloh roziligi uchun xayrli ish qilsa, Alloh uning yaxshiligini bandalari qalbiga solib qo‘yadi. Odamlar uni yaxshi ko‘rib, e’tirof etadi.

Mamlakatimiz rahbarining nafaqat mana shu yurt, xalq, balki boshqa xalqlar tinchligi, farovonligi yo‘lida qilayotgan beqiyos xayrli amallariga Alloh taolo ulkan ajr-mukofotlar ato etsin!  

 

 Zayniddin domla ESHONQULOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari

Maqolalar