Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Avgust, 2026   |   7 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:10
Quyosh
05:37
Peshin
12:26
Asr
17:15
Shom
19:19
Xufton
20:41
Bismillah
20 Avgust, 2026, 7 Rabi`ul avval, 1448

Qoraqalpog'istonda yana bitta masjid o'z faoliyatini boshladi

11.12.2021   6157   3 min.
Qoraqalpog'istonda yana bitta masjid o'z faoliyatini boshladi

Hushxabar: O'zbekistonda masjidlar soni 2101ga etdi!

Chimboy tumani «Kenges» ovul fuqarolari yig'inidagi yangidan ochilayotgan «Yusuf ota» jome masjidining qurilishi 2020-yili boshlangan edi. Oradan bir yil vaqt o'tib, barcha qulayliqlarga ega, ixcham va atroflari obod masjid imorati tadbirkorlar va mahalliy aholi tomonidan qurib bitkazildi.

Bugun ushbu masjidning ochilish marosimi bo'ldi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari R.Saparbayev, Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti qozisi Sh.Bauatdinov, Chimboy tumani hokimi A.Tajetdinov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi bo'lim boshlig'i A. Oteo'liyev, masjid imomlari, nuraniy oqsoqollar va «Kenges» ovuli turg'unlari ishtirok etdi.

So'zga chiqqanlar so'ngi yillarda diniy sohadagi yutuqlar, respublikamizda qisqa vaqitning ichida amalga oshayotgan ijobiy o'zgarishlar, yangilanishlar va islohotlar haqqida aytib o'tdi. Masjid qurilishiga yaqindan yordam bergan tadbirkorlarga, qurilishchilarga va ovul turg'unlariga o'zlarining minnadorchiligini bildirdi.

Bu inshoot tumandagi 2-masjid bo'lib, bu erda barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bu masjidda birinchi marta o'qilgan juma namozida xalqimiz farovonligi, yurtimiz tinchligi va xotirjamligini tilab duolar qilindi.

Shuning bilan O'zbekistonda masjidlar soni 2101 ga, Qoraqalpog'istonda esa 58 masjidga etdi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldingi 57-masjid shu oyda Qanliko'l tumani «Qos jap» ovul fuqarolari yig'ini hududidan «Atajan xo'ja» nomi bilan ish boshlagan edi.

Yangidan ish boshlayotgan masjidlarimizni Alloh taolo muborak qilsin. Qiyomat kuniga qadar mo'min-musulmonlar uchun xizmat qilishini nasib qilsin.

 

Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti

O'MI Masjidlar bo'limi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Arab Tourist”: Samarqand, Buxoro va Xiva — islom sivilizatsiyasi va jahon madaniy merosining bebaho durdonalari

20.08.2026   2854   1 min.
“Arab Tourist”: Samarqand, Buxoro va Xiva — islom sivilizatsiyasi va jahon madaniy merosining bebaho durdonalari

Saudiya Arabistonining turizm va sayohatlarga ixtisoslashgan “Arab Tourist” elektron nashrida “Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan va Buyuk ipak yo‘li bilan bog‘langan mamlakat” sarlavhali tahliliy maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Maqolada Buyuk ipak yo‘li tarixida o‘zbek shaharlarining tutgan o‘rni alohida e’tirof etiladi. Xususan, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlar asrlar davomida Sharq va G‘arb o‘rtasidagi savdo, fan va madaniyat markazlari sifatida xizmat qilgani ta’kidlanadi. Registon maydoni, Ichan-qal’a va Buxorodagi me’moriy obidalar islom sivilizatsiyasi hamda jahon madaniy merosining bebaho durdonalari sifatida tilga olinadi.

Bundan tashqari, nashr O‘zbekistonning rang-barang tabiati va geografik relefiga to‘xtalib o‘tgan. Qizilqum cho‘li, serhosil Farg‘ona vodiysi, Tyan-Shan va Pomir-Oloy tog‘ tizmalari aholi joylashuvi va qishloq xo‘jaligi rivojida muhim o‘rin tutishi qayd etiladi.

Nashr, shuningdek, Buyuk Mirzo Ulug‘bek kabi donishmandlarning astronomiya va matematika sohasidagi buyuk kashfiyotlarini alohida e’tirof etgan.

Xulosada ta’kidlanganidek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan va Andijon kabi shaharlar bugungi kunda nafaqat ma’muriy va iqtisodiy, balki jadal rivojlanayotgan yirik madaniy-turistik markazlar sifatida dunyo sayyohlari e’tiborini o‘ziga jalb etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari