Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Sentabr, 2026   |   8 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:48
Quyosh
06:07
Peshin
12:17
Asr
16:37
Shom
18:30
Xufton
19:45
Bismillah
19 Sentabr, 2026, 8 Rabi`us soni, 1448

Bangladeshdagi masjid YuNYeSKO mukofotini oldi

11.12.2021   2667   1 min.
Bangladeshdagi masjid YuNYeSKO mukofotini oldi

Bangladesh poytaxti Dakka shahri chekkasidagi Keranigandje shahridagi Doleshvar Hanafiya jome masjidi madaniy merosni asrab-avaylash bo'yicha YuNYeSKOning Osiyo-Tinch okeani mukofotiga sazovor bo'ldi.

YuNYeSKOning yaqindagi xabariga ko'ra, loyiha barqaror rivojlanish uchun maxsus mukofot oldi. Unda olti mamlakat - Bangladesh, Hitoy, Hindiston, Yaponiya, Malayziya va Tailanddan to'qqiz loyiha meros ekspertlari hay'ati tomonidan taqdirlangani aytiladi.

"Meros tipologiyalari xilma-xilligi va g'olib loyihalar kelib chiqqan mamlakatlar haqiqatda ajoyib bo'ladi", - ta'kidladi Bangkokdagi YuNYeSKO Madaniyat bo'limi boshlig'i Ziong Bich Hanx.

Energetika vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Doleshvar Hanafiya jome' masjidi me'mori Sed Mostak Ahmad tomonidan rekonstruktsiya qilingan. Davlat energetika va mineral resurslar vaziri Nasrul Homidning ajdodlari masjidni 1868 yilda qurganlar.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   31569   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari