Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Avgust, 2025   |   10 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:49
Quyosh
05:21
Peshin
12:34
Asr
17:30
Shom
19:41
Xufton
21:05
Bismillah
04 Avgust, 2025, 10 Safar, 1447

10 dekabr' – O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

10.12.2021   3105   2 min.
10 dekabr' – O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Halqimizning asosiy qo'shig'i

O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
Madhiyamiz O'zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir. O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov she'ri, O'zbekiston xalq artisti, atoqli kompozitor Mutal Burhonov musiqasi asosida ishlab chiqilgan madhiyamizda musaffo osmonimiz, baxtli va farovon hayotimiz, xalqimizning asriy orzulari, kelajakka yorug' umidi va mustahkam ishonchi teran ifodalangan.

Eng qadimiy va eng qisqa madhiya
Yaponiya madhiyasining qo'lyozmasi X–XI asrda yozilgan bo'lib, dunyodagi eng qisqa “qo'shiq” hisoblanadi: u jami 6 qatordan iborat.
Kunchiqar yurtning rasmiy madhiyasi davlat darajasida 1999 yili tasdiqlangan.

Eng uzun va eng zerikarli madhiya
Urugvayning madhiyasi 1833 yili qabul qilingan. U dunyodagi eng uzun va shu bilan birga, eng zerikarli madhiya hisoblanadi. Mamlakat madhiyasini tinglash uchun besh daqiqa vaqt kerak bo'ladi.

“Hudoyim, qirolni va qirollikni asra!”
Buyuk Britaniya madhiyasi shu so'zlar bilan boshlanadi.
Madhiya rasmiy bo'lmasa-da, hech qanday huquqiy hujjatga asoslanmagan, lekin uni kuylash an'anaga aylangan.
Madhiya bir necha marta qayta tahrir qilingan.
So'z va musiqa muallifi Genri Keri bo'lib, u bir lordning o'g'li bo'lgan.

Taylandning eski madhiyasini rus yozib bergan
Siam qirolligining munosabatlari Rossiya bilan yaxshi bo'lgan. 1939 yilgacha Tayland “Zamonaviy Tayland” deb nomlanganini ko'pchilik bilmasa kerak. O'shanda qirol Siam madhiyani yaratish uchun tanlov e'lon qiladi. Tanlovda rus bastakori Pyotr Andreevich Schurovskiy g'olib bo'ladi. Schurovskiyning musiqasi madhiyaga kirtilgan va 1939 yilgacha mamlakatda kuylangan.

1 daqiqadan oshmaydigan madhiya
Hindiston madhiyasini Nobel' mukofoti laureati Rabindranat Tahur yozgan va uni “Millat ruhi”, deb nomlagan. Madhiya bengal tilida bitilgan. Madhiya kuylanganda bir daqiqadan oshmaydi.

Rus tilidan T.NIZOM tarjimasi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Alloh uchun bo‘lgani qoladi

01.08.2025   4101   3 min.
Alloh uchun bo‘lgani qoladi

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Kecha imom Zahabiyning «Siyaru a’lomin nubalo» asarini o‘qiyotgan edim. U kitobdagi Abdulloh ibn Muborak rohimahullohning imom Molik rohimahulloh haqida aytgan gapi hali ham quloqlarim ostida jaranglamoqda:

«Molik ibn Anas kabi ko‘tarilgan kishini ko‘rmadim. U ko‘p ro‘za tutmas, ko‘p namoz o‘qimas edi. Ammo unda qalb bor edi!».

Do‘stim! Imom Molik rohimahulloh «Muvatto» asarini yozganida kishilar unga: «Hadis kitoblari ko‘p-ku! Kishilarning bunga nima ehtiyoji bor?!», deyishgan edi. Imom Molik rohimahulloh: «Alloh uchun bo‘lgani qoladi!», degan edi.

Imom Molikning butun borlig‘i Alloh uchun edi. Darhaqiqat, «Muvatto» qoldi.

Do‘stim! Alloh taolo bandasining xolis O‘zi uchun qilinadigan bittagina bo‘lsada yashirin ibodatini sevadi. U amalni hech kim ko‘rmasa, maqtamasa, hech kim eshitmasa, olqishlamasa, uni bajarganda maqsad faqat Allohning rizosi bo‘lsa, Uning huzurida hech narsa zoye bo‘lmasligiga ishonsa banda…

Kameralar tushura olmaydigan doimiy sadaqang bo‘lsa, kechalari namoz o‘qisang-u, uni oilang bilmasa, do‘konlarga borib birovlarning qarzlarini to‘lab kelsang-u, ular seni tanishmasa, sen ularni tanimasang, yetimlarni qaramog‘ingga olsang-u bu ishing faqat qiyomatda oshkor bo‘lsa….

Do‘stim! Imom Molikning «Alloh uchun bo‘lgani qoladi» degan gapini yodingga ol. Allohga muhabbat qilib, dinni himoya qilib ixlos bilan yozgan ikki qator jumlangni Alloh minglab insonlarga tarqatadi. So‘zlaring butun yer yuzi bo‘ylab aylanadi. Sen esa uyingda o‘tirgan bo‘lasan…

Allohning roziligini talab qilib yozgan kitobingni Alloh bir gunohkorning tavbasiga sabab qilsa, bir mahzun kishiga hamdard qilsa, bir adashganni to‘g‘ri yo‘lga solsa bundan ortiq baxt bormi?! Vafot qilganingda kitoblaring ortingda qolib kishilarni irshod qilib tursa…

Savob umidida bitta daraxt eksang, Alloh uni tog‘lar kabi sobit qilsa, kishilar undan soyalansa, mevalaridan yeyishsa bu ne baxt! Bir paytlar u kichkina niholcha edi. Bugun esa u Alloh uchun ekkaning sabab qiyomating uchun zaxira bo‘lmoqda…

Insonlar uchun Alloh rizosini istab suv chiqarib bersang ehtimol uning mukofoti Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qo‘llaridan suv ichish bo‘lar?! Allohdan ko‘ra vafodorroq zot yo‘q aslida…

Alloh uchun ilm olsang, birovga ilm bersang, Qur’on yodlasang va uni boshqalarga yodlatsang bularning ajrini farishtalar albatta sahifangga yozadi inshaalloh!

Alloh uchun bo‘lgani qoladi. Imom Navaviy rohimahullohning «Riyozus solihiyn» kitobini London va Parijda sotiladi deb o‘sha davrda kim o‘ylagan?! Ammo Alloh taolo Vallohu a’lam imom Navaviyning qalbiga boqib rozi bo‘lgan, shu sabab uning kitobini yashatgan…

Kishilar ibn Qoyyim rohimahullohning «Madorijus solikin» asariga bejizga yopishib olishmagan. Alloh uchun bo‘lgani qoladi.

Kishilar bejizga ibnul Javziy rohimahullohning «Soydul xotir» asarini o‘qishmaydi. Alloh uchun bo‘lgani qoladi.

Imom Ahmad rohimahulloh doimo: «Yo Robbim! Meni o‘ldirganingda maxluqotlaringdan biror kishi meni tanimasin», degan edi. Alloh u zotning qalbida shuhratga havas yo‘qligini bildi. U zotni jumla jahonga mashhur qildi. Alloh uchun bo‘lgani qoladi.

Do‘stim! Alloh uchun bo‘lgani qoladi!

Abdulqodir Polvonov