Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahri 2022 yil uchun islom olamining yoshlar poytaxti maqomini olishga erishdi. Qozon shahri Fes (Marokash), Istanbul (Turkiya) va Doxa (Qatar) shaharlari ustidan g'alaba qozondi. O'tgan yillar davomida Istanbul va Doxa shaharlari allaqachon Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) davlatlarining yoshlar poytaxti unvonini olishga muvaffaq bo'lgan edi.
- Rossiya Islom hamkorlik tashkiloti a'zosi sanalmaydi, lekin shunday bo'lsada uning tarkibidagi Qozon islomda ming yillik an'analarga ega bo'lgan shahar, bu erda Rossiya xalqlari tinch va totuvlikda yashaydi, ushbu shaharda sizda o'rganadigan narsa mavjud bo'lib, Qozon shahri rivojlanishi dinamikasi, bu bizning tanlovimizni oldindan belgilab berdi, – deydi IHT Yoshlar forumi rahbari Toha Ayxan. — Bundan tashqari, Qozon tsivilizatsiya beshigi bo'lib, u erda ko'plab konfessiya va millatlar o'zaro bog'langan, tinchlik timsoli. Shuning uchun ham Tatariston poytaxti Islom olamining yoshlar poytaxti maqomini olishga erishdi.
Toho Ayxan ta'kidlaganidek, IHTning yoshlar poytaxti maqomi Qozonga turli darajadagi – musiqiy, folklor, ilmiy-texnikaviy, konfessiyalararo, adabiy, turistik xalqaro yoshlar forumlarini o'tkazish huquqini beradi. Oldindan rejalashtirilgan tadbirlar orasida Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Yoshlar global sammiti, sun'iy intellektni rivojlantirish bo'yicha ilmiy-amaliy konferentsiya, IHT mamlakatlari yosh diplomatlari forumi, Qozon sammitining yoshlar bo'limi (Rossiya — Islom olamining bir qismi - RG sammiti), shuningdek, Qozon yoshlar sektsiyasi Halqaro islom fil'mlari festivali o'tkazilishi shular jumlasidandir.
“Qozon shahrining islom olamining yoshlar poytaxti sifatida rasman tan olinishi IHT uchun 20 milliondan ortiq musulmonlar istiqomat qilayotgan Rossiyaning roli muhimligidan dalolat beradi”, - dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Yosh diplomatlar kengashi raisi Konstantin Kolpakov. — Zero, IHT bilan munosabatlarimiz oltinchi yildirki izchil rivojlanib bormoqda. Biz, masalan, Qozon, Moskva va Sochi ob'ektlarida turli davlatlarning yosh diplomatlarini to'playotganimiz ham o'zaro hamkorlik va o'zaro ta'sir kuchayib borayotganini anglatadi.
“Rossiyskaya gazeta”ning yozishicha, Qozon 2022 yil fevral' oyida IHT Global yoshlar sammitini o'tkazishga mezbonlik qiladi.
O'MI Halqaro aloqalar bo'limi
Madina shahri Islom tarixida bir nechta nomlar bilan atalgan. Ulardan eng mashhurlaridan biri “Toyyiba”dir.
Islomdan oldin shahar Yasrib deb atalgan. Bu nom “ayblash” va “yomonlash” kabi ma’nolarni anglatadi.
Muhammad sollallohu alayhi vasallam shaharga hijrat qilganlarida, unga yangi nom berdilar. U zot alayhissalom shaharni “go‘zal” va “poklangan” ma’nosini anglatuvchi “Toyyiba” deb atadilar.
Shuningdek, Toyyibaga yaqin bo‘lgan va o‘xshash ma’noni anglatuvchi “Toba” nomi ham ushbu shahar uchun ishlatilgan.
Madinada topilgan VIII asrga oid qoyatosh yozuvida shahar Toyyiba nomi bilan atalgan. Bu esa ushbu nom Islomning ilk asrlaridanoq qo‘llanib kelinganini ko‘rsatadi.
Toyyiba bilan bir qatorda, shahar muayyan tarixiy jihatlarini aks ettiruvchi yana bir necha nomlar bilan ham tanilgan:
| Nomi | Ma’nosi |
| Madina | Shahar |
| Madinatu Nabiy | Payg‘ambar shahri |
| Madinai Munavvara | Munavvar shahar |
| Dorul Hijra | Hijrat diyori |
Po‘latxon Kattayev,
Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi