Avval xabar qilganimizdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita raisining birinchi o'rinbosari, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov rahbarligida bir guruh olimlarimiz Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahrida xizmat safarida bo'lib turibdi, deya xabar bermoqda Akademiya axborot xizmati.
Joriy yilning 6-9 dekabr' kunlari Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahrida 49 ta davlat ishtirokida ICESCO Ijroiya Kengashining 42-sessiyasi hamda Bosh konferentsiyasi bo'lib o'tmoqda. Mazkur nufuzli anjumanda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita raisining birinchi o'rinbosari, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Ixtiyor Abdurahmonov yurtimiz delegatsiyasi a'zolari sifatida ishtirok etmoqda.
Yurtimiz delegatlarining Misr Arab Respublikasiga qilgan xizmat safarlari davom etmoqda.
Din ishlari bo'yicha qo'mita Axborot xizmati
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.
O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).