Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Oktabr, 2025   |   5 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:29
Quyosh
06:48
Peshin
12:12
Asr
15:43
Shom
17:29
Xufton
18:42
Bismillah
27 Oktabr, 2025, 5 Jumadul avval, 1447

BMTning maxsus ma'ruzachisi O'zbekistonning “Mehr” operatsiyasiga yuqori baho berdi

08.12.2021   1073   1 min.
BMTning maxsus ma'ruzachisi O'zbekistonning “Mehr” operatsiyasiga yuqori baho berdi

Prezident Shavkat Mirziyoev BMT terrorizmga qarshi kurashish sharoitida inson huquqlari va asosiy erkinliklarini rag'batlantirish va himoya qilish bo'yicha maxsus ma'ruzachisi Fionnuala Ni Aolaynni qabul qildi.

Inson huquqlari sohasida, zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurash borasidagi dolzarb kun tartibi yuzasidan muloqotni yanada rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi.

Hamkorlik samarali tus olgani, mamlakatimiz ushbu muhim yo'nalishlarda katta muvaffaqiyatlarga erishgani qayd etildi.

Maxsus ma'ruzachi O'zbekistonning “Mehr” operatsiyasi doirasida fuqarolarni mamlakatga qaytarish, reabilitatsiya va reintegratsiya qilish borasidagi sa'y-harakatlarini yuksak baholadi. Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashdagi yangi yondashuvlar alohida qayd etildi.

 

president.uz

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Sehrgar – dinini sotuvchi - 4 qism

24.10.2025   5252   2 min.
Sehrgar – dinini sotuvchi - 4 qism

Sehrgar dini va o‘z nafsini shaytonga sotgan sanaladi. Chunki shayton insonning ibodat qilishini aslo istamaydi. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Va batahqiq, biladilarki, uni sotib olgan kishiga oxiratda nasiba yo‘q” (Baqara surasi, 102-oyat).

Sehrgar dindan chiqish yoki jinlarga atab jonliq so‘yish va ulardan yordam so‘rash orqali sehr bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, buning uchun Alloh taoloning Kalomi – Qur’oni karimga nisbatan hurmatsizlik qiladi.

Ulamolar aytadilar: “Sehrgarlar qog‘ozlarga Qur’ondagi sura va oyatlarni qon bilan yozadilar, ataylab oyatlarning harflarini xato qilib ko‘chiradilar. Shaytonni rozi qilish uchun yana boshqa turli o‘zgartirishlarni qiladilar”.

Kim o‘z nafsini shaytonga sotsa, axloqdan, solih amallardan mosuvo, qalb ko‘zi ko‘r, yaxshiliklardan yuz o‘girgan, gunoh yo‘lda yuruvchi, dinining ustidan kuluvchi va unga dushmanlik qiluvchi bo‘ladi. Nafsini rozi qilish yo‘lida barcha jirkanch ishlarni qilishga tayyor turadi.

Oxir oqibat Alloh taologa shak, shaytonga ibodat qiladilar, fitna-fasod ishlarni bajaradilar, nafsi faqat gunoh, fisq amallarga boshlaydi, ko‘p yolg‘on gapiruvchi va harom yeyuvchi bo‘ladi.

Alloh taolo odamni loydan, jinlarni esa olovdan yaratdi. Bu haqda Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Batahqiq, Biz insonni quruq loydan, o‘zgartirilgan qora balchiqdan yaratdik. Va jinlarni bundan oldin samum olovidan yaratdik” (Hijr surasi, 26-27-oyatlar).

Qolaversa, Alloh taolo Odam avlodini jinlardan afzal qildi. Alloh taolo: “Batahqiq, Biz Bani Odamni azizu mukarram qilib qo‘ydik va ularni quruqligu dengizda (ulov-la) ko‘tardik hamda ularni pok narsalar ila rizqlantirdik va uni O‘zimiz yaratgan ko‘p narsalardan mutlaqo afzal qilib qo‘ydik” (Isro surasi, 70-oyat).

Lekin sehrgar hamisha o‘zini boshqalardan ustun tutadi. O‘zgalarni mensimaydi. Vaholanki, sehrgardan ham, jinlardan ham mo‘minlar afzaldir. Shayx Abu Bakr Jazoiriy aytadi: “Jinlarning hatto solihlari ham qadr, karomat va sharafda insondan past darajada”.

Davron NURMUHAMMAD