Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Yanvar, 2026   |   20 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:31
Shom
17:16
Xufton
18:34
Bismillah
09 Yanvar, 2026, 20 Rajab, 1447

TYeLYeFONIMIZ  ODOBLARI

07.12.2021   4232   15 min.
TYeLYeFONIMIZ  ODOBLARI

(“Siz tergan raqam xizmat doirasida...”)

Islom – g'oyat go'zal din. Barcha zamon va hamma makonlarga mos. Go'zalligi shundaki, dinimiz o'z ta'limotlari bilan insoniyatning baxtli-saodatli yashashini ochiq-oydin ko'rsatib bergan. Shu ko'rsatmalarga rioya qilgan kishining qayg'urishi u yoqda tursin, hatto bir lahza bo'lsa-da, noqulay vaziyatga tushib qolmasligi kafolatlangan.

Imom Abu Dovud Abu Umoma raziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Janob Payg'ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: “O'zi haq bo'lca ham talashib-tortishmagan kishi uchun jannat chekkarog'idan uy berilishiga, hazillashib bo'lsa-da yolg'on gapirmagan kishi uchun jannatning o'rtasidan uy berilishiga, xulqini go'zal qilgan kishi uchun esa jannatning eng yuqori qismidan uy berilishiga men kafilman” (Imom Abu Dovud rivoyatlari).

Muborak hadisi sharifni bejiz keltirmadik. Chunonchi, bugun ko'plab oilalarga darz ketib, Arshning larzaga kelishiga, ma'sum go'daklarning tirik etim bo'lib qolishiga, o'smirlarning boshi berk ko'chaga kirib qolib, jinoyatga qo'l urishiga, qizlar bahorida xazon bo'lishiga mobil telefon sabab bo'layotgani hech kimga sir emas...

Aslida muborak Islom dinimizda shaxsning daxlsizligi yuqori darajada himoyalangan. Birovning maktubini o'g'irlab olish yoki tortib olib o'qishga intilish u yoqda tursin, iznsiz xattoki nazar solish ham mumkin emas! Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. “Rasuli akram sallallohu alayhi vasallam: “Kim birovning maktubiga iznsiz nazar solsa, do'zax otashiga nazar solgan bilan barobardir”, – deganlar” (Imom Abu Dovud rivoyatlari).

Ulamolarimiz nazar solishga oid hukmni eshitishga, quloq solishga ham qiyos qilganlar. Bugun birovning mobil telefonidagi SMSlar va hokazolarga nazar solishning hukmi ham shunday!

Butun boshli o'rmonning kuyib kul bo'lishiga bir gugurt donasi kifoya qilganidek, jamiyatning tanazzulga uchrashiga ham, ming afsuski, arzimas omil va bahonalar sabab bo'layotir... Qolaversa, xalq orasida yurib, ularning murojaatlari, savollarini tinglab, mobil telefondan to'g'ri (!) foydalanilsa, koni foyda ekani, aks holda, bu matoh asr muammosiga aylanayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz. Shu bois dinimiz ta'limoti asosida mobil telefondan foydalanishning tartib-taomillari, qoidalarini keltirib o'tishni lozim topdik.

Milliy va diniy qadriyatlarimiz asosi bo'lgan Islom dinimizning ENG MUQADDAS va ENG OLIY kitobi bo'lmish Qur'oni karim va hadisi shariflarda “hayot entsiklopediyasi”da uchraydigan barcha savollarga aniq, batafsil va mukammal javob bor!

 

Engavvalounutmasliklozimki:

1)   telefon orqali bizni chaqirayotgan ham odam;

2) ro'paramizdagi odam bilan muloqot qilganda, nimalarga e'tibor qaratsak, telefonga javob berishda ham shularni inobatga olish lozim;

  • avvalo boshqa telefonga egasining ruxsatisiz mutlaqo tegmaslik;
  • agar egasi ruxsat bermasa, boshqa telefonni “SMS”, “IMYeNA”, “KONTAKTIe” va boshqa joylarini o'qimaslik va qaramaslik;
  • behuda, manfaati yo'q, dinimiz qaytargan narsalarni yozdirmaslik, eshitmaslik va ko'rmaslik;
  • shariat hukmlariga, milliy qadriyatlarimizga va davlat qonunlariga zid narsalarni yozdirmaslik, eshitmaslik va ko'rmaslik;
  • noxush, ko'ngilni xira qiladigan, asabga tegadigan va inson ruhiyatiga salbiy ta'sir etadigan voqea-hodisalarni telefonda tasvirga olmaslik yoki ovozini yozmaslik va ularni tarqatmaslik;
  • katta-kichik majlislar, turli xil yig'in-yig'ilishlar, o'zaro suhbatlar va turli muloqotlarni majlis-yig'in raislari, suhbatdoshlarning ruxsatlarisiz telefonga yozib olmaslik;
  • birovning gaplashganini eshitmaslik va poylamaslik;
  • boshqaga qo'ng'iroq qilayotgan odam kun va kechaning soatlarini inobatga olib, bemahalda va noo'rin qo'ng'iroq qilmaslik;
  • boshqaga qo'ng'iroq qilganda har bir telefon qilishni orasida 4 rakat sunnat namozni vaqti o'tgandan so'ng lozim bo'lsa, yana bir bor telefon qilinadi. Shu tartibda 3 marta telefon qilinganda ham javob bo'lmasa, takroran qilinmaydi. Agar etkazilmoqchi bo'lgan xabar tezkor, o'ta muhim, juda ham zarur bo'lsa, yozma shaklda yuboriladi;
  • suhbatdosh odam telefonni o'chirmagan bo'lsa, qiziqib eshitib turmasdan, darxol telefonni o'chirish;
  • hammom, xojatxona joylarda telefonda gaplashmaslik;
  • transport vositalarini boshqarib ketayotgan odam imkon qadar telefonni ishlatmaslik;
  • suhbatdosh odamni telefonda vaqtini ko'p olmaslik;
  • bizga telefon qilingan paytda, yonimizdagilardan izn, ruxsat so'rab telefonga javob berish, agar zarur bo'lsa;
  • telefonga kelgan qo'ng'irok, xabar (xat, savol, tabrik va hokazo)larga o'z vaqtida javob qaytaraolmagan odam, keyinroq albatta munosib javob qaytarish;
  • telefonga kelgan xabar (xat, savol, tabrik va hokazo)larni javobsiz qoldirmasdan, imkon bo'lganda munosib javob qaytarish;
  • telefonga keladigan har qanday yoqimsiz gap-so'z, xabar (xat, qo'ng'irok, savol va hokazo)larga o'zimizni ham, suhbatdoshni ham, boshqalarni ham asablarini buzmasdan, xushmuomala bilan o'zimizga ham, suhbatdoshga ham, boshqalarga ham yoqimli javob qaytarish;
  • suhbatdoshlaringiz va boshqa odamlar oldida telefon o'ynamaslik, ayniqsa ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar oldilarida. Chunki bunday qilish – suhbatdoshga nisbatan hurmatsizlik, mensimaslik hisoblanadi. Agar zarurat tug'ilib qolsa, suhbatdoshga uzrini aytib, ruxsat so'rab telefon bilan mashg'ul bo'linadi;
  • birinchi telefon qilayotgan odam: «Kim bu?» demaslik. Balki avval salom berib, o'zini tanishtirib, kerakli odamni so'rashlik;
  • ota-onasining telefonini o'zinikidan yaxshiroq va zo'rroq telefon qilib berishlik;
  • uka-singillariga ham telefon olib berishlik;
  • aka-opalarining telefon sotib olishga imkonlari bo'lmasa, ularga ham telefon olib berishlik;
  • ahli ayoliga ham telefon olib berishlik;
  • ular (ota-ona, uka-singil, imkoniyati kamroq aka-opa hamda ahli ayoli)ga telefonlarining pullarini to'lab turishlik;
  • «Alo?», «Hello?», «Ha?», «Alyo?», «Da?» so'zlari bilan birga «Labbay?», «Eshitaman?», «Assalomu alaykum!», «Qulog'im sizda?» kabi milliy qadriyatlarimizga xos va mos iboralar bor ekanligini unutmaslik;
  • telefon orqali suhbat tugaganda, telefonni darxol o'chirmasdan, balki suhbatdosh bilan xayrlashib, unga yaxshi tilaklar tilagandan so'ng telefonni o'chirishlik;
  • ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar bilan telefonda so'zlashganda ham, o'rnidan turib so'zlashish;
  • ular (ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar)ga telefonda so'zlashganda ham, birinchi salom berish;
  • ular (ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar)ga telefon qilganda, ular so'rashlaridan oldin o'zining kimligi (ismi, lavozimi)ni aytib tanishtirish;
  • suhbatdoshning vaqtini olmayotganligini so'rab, uzr so'rashlik;
  • ular (ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar)dan oldin telefonini o'chirmaslik;
  • telefon qilingan odam telefonni birinchi bo'lib o'chirmaslik;
  • ular (ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar)ga gudok tashlamaslik;
  • agar ular shunday qilgan bo'lishsa, darhol ularga qayta telefon qilish;
  • suhbatdoshning ruxsatisiz boshqalarga eshitiladigan darajada zaruratsiz telefonni ovozini baland qilmaslik;
  • telefonda gaplashib turgan paytda mabodo aloqa uzilib qolsa, birinchi bo'lib telefon qilgan odam qaytadan telefon qilishi lozim;
  • telefonda gaplashib turgan paytda mabodo ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar telefon qilib qolishsa, so'zlashib turgan odamdan uzr so'rab, darxol ularga javob beriladi;
  • ular (ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar)ga telefon qilganda, mabodo aloqa uzilib qolsa, birinchi bo'lib o'zimiz qaytadan telefon qilishimiz lozim;
  • suhbatdoshning shaxsiy ma'lumot (rasm, video, telefon raqam, ovozli gap-so'zlari, sms va hokazo)larini uning ruxsatisiz boshqalarga ko'rsatmaslik, bermaslik va yubormaslik;
  • suhbatdosh bilan telefon orqali muloqotni telefonda yozib olish uchun suhbatdoshning roziligini olish; agar ruxsat bermasa, yozib olmaslik;
  • bir kishi bilan birga surat yo videoga tushmoqchi bo'lgan odam, oldin u kishidan izn so'rab, ruxsatini olish; agar ruxsat bermasa, surat yo videoga tushmaslik;
  • bir kishini surat yo videoga olmoqchi bo'lgan odam ham, oldin u kishidan izn so'rab, ruxsatini olish; agar ruxsat bermasa, surat yo videoga olmaslik;
  • telefon orqali ko'rib gaplashish uchun avval suhbatdoshning oldidan o'tib, uning roziligini olish; agar ruxsat bermasa, ko'rib gaplashmaslik;
  • telefon orqali ko'rishib gaplashish uchun suhbatdoshning roziligini olishda unga gaplashmoqchi bo'lgan odamning huzurida kimlar mavjud ekanligini ham ogohlantirib qo'yish;
  • agar suhbatdosh tomonidan telefon orqali ko'rishib gaplashishga istak bildirilmasa, bundan aslo xafa bo'lmaslik;
  • agar ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar bilan telefon orqali ko'rib gaplashish zaruriyati bo'lsagina, shunda ham faqat ularning ijozatlari bilangina ko'rishib gaplashish uchun telefon qilish;
  • ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlarning ruxsatlarini olishda ularga ham gaplashmoqchi bo'lgan odamning huzurida kimlar mavjud ekanligini bildirib qo'yish;
  • agar ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar tomonlaridan telefon orqali ko'rishib gaplashishga xoxish bildirilmasa, ulardan uzr so'rashlik;
  • ular (ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar) bilan so'zlashganda, ularning hurmatlarini bilib, vaqtlarini ortiqcha olmaslik;
  • ular (ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar) telefon qilgan bo'lishsa, biror uzrli sabab bilan telefonni ololmagan odam, darhol uzr so'rab qayta telefon qilish;
  • siz telefon qilgan vaqtda ham boshqalar ololmagan bo'lsalar, ulardan aslo xafa bo'lmaslik;
  • jamoat joy (kasalxona, majlis, masjid, ma'raka-marosim, ta'ziya, ishxona, poyezd, avtobus va hokazo)larda bo'lganda telefon ovozini o'chirib qo'yishlik;
  • ular (ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar) bilan telefonsiz so'zlashganda, telefon ovozini o'chirib qo'yishlik;
  • ular (ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar) telefon qilib qolishsa, yonimizdagilardan uzr so'rab, kim telefon qilayotganini aytib, telefonga darhol javob berishlik;
  • kasalxona va hokazolarda bo'lganda telefonda gapirish to'g'ri kelsa ham, past ovoz bilan so'zlashish;
  • jamoat joylarda bo'lganda, shu erdagilardan izn, ruxsat so'rab telefonga javob berish, agar zarur bo'lsa;
  • zarur bo'lgan holatlar: ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar telefon qilganlarida yoki tezkor holatli ish sodir bo'lganda va hokazo;
  • telefonga javob bersa ham, chetroqga chiqib, ovozi pastroq holda javob berish;
  • ota-onasi, rahbari, ustozi, yoshi, lavozimi yuqoriroqlar bilan so'zlashib turganda, shulardan birortasi telefon qilib qolsa, ruxsat so'rash, ruxsat bersagina gapirishlik.

Muqaddas Islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g'arazli xuruj va xamlalardan, tuhmat va buhtonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini o'nib-o'sib kelayotgan yosh avlodimizga to'g'ri tushuntirish, Islom madaniyatining ezgu g'oyalarini keng targ'ib etish – har bir (!) OTA UChUN, har bir (!) ONA UChUN bugungi XXI asr zamonasida ENG KATTA vazifa!

Hozirgi davrda, axborot texnologiyalari o'ta tezkorlik bilan rivojlanayotgan bir paytda, nanotexnologiya zo'r shiddatlik bilan avjiga chiqayotgan zamonda, turli ommaviy axborot vositalari xilma-xil ma'lumotlarni kechayu kunduz tarqatayotgan bir onda mazkur so'zlar jannatmakon yurtimizni, muqaddas Vatanimizni, dono xalqimizning har bir fuqarosiga qushga – havo, baliqqa – suv zarurligiday zarur bo'lsa kerak...

Iloho o'zlarimizni ham, farzand-zurriyotlarimizni ham Mehribon Parvardigorimiz buyurgan, Janob Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam tavsiya etgan, o'tmishda o'tganlarimizni ruhlari shod bo'ladigan, xalqimiz xursand bo'ladigan, ota-onalarimiz rozi bo'ladigan yo'llardan yurishimizni nasib etsin!

                                                                                                         

 Ibrohimjon INOMOV
O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

SUKUT saqlashning 702 ta eng muhim FOYDASI (2-qism)

07.01.2026   4914   18 min.
SUKUT saqlashning 702 ta eng muhim FOYDASI (2-qism)

Faqat ASOSIYLARIni sanab o‘tamiz. (Maqola 5 qismdan iborat)

ULUG‘  USTOZ  ULAMOLARIMIZ  bayon  qilib  berganlar:

DONO XALQIMIZ MAQOLLARI:

 

  • Tilni tiygan boy bo‘lar.

 

  • Katta tishlasang ham, katta gapirma!

 

  • So‘z ko‘rki — maqol.

 

  • Yetti o‘ylab, bir kes.

 

  • Oldin o‘yla, keyin so‘yla.

 

  • Dunyoni yel buzar,
    Odamni — so‘z.

 

  • Aytdim — tutildim,

Aytmadim — qutuldim.

 

  • Gapirganing — kumush,

Gapirmaganing — oltin.

 

  • Til suyaksiz bo‘lsa ham, suyakni yanchiy olar.

 

  • Yomon til yo jonga urar,
    Yo — imonga.

 

  • Sukut so‘zdan afzal.

 

  • Ko‘p gap — eshakka yuk.

 

  • Ariqni suv bezar,
    Odamni — so‘z.

 

  • Yomon so‘z egasiga qaytar.

 

  • Aytar so‘zni ayt,
    Aytmas so‘zdan qayt.

 

  • Aytilgan so‘z — otilgan o‘q.

 

  • Gapning ozi yaxshi,
    Qizning — nozi.

 

  • Gapning qisqasi — yaxshi,
    Qisqasidan hissasi — yaxshi.

 

  • Sukut — gul.

 

  • Anjom — uy ziynati,
    So‘z — inson ziynati.

 

  • Achchiq savol berib,
    Shirin javob kutma.

 

  • Yaxshi so‘z kuldirar,
    Yomon so‘z o‘ldirar.

 

  • Suydirgan ham til,
    Kuydirgan ham til.

 

  • Achchiq til — zahri ilon,
    Chuchuk tilga — jon qurbon.

 

  •  O‘ziga boqma, so‘ziga boq.

 

  • «Barakalla»ga quyi mehnat qilib o‘lar.

 

  • Bir tavakkal buzadi,
    Ming qayg‘uning qal’asin.

Bir shirin so‘z bitkazar,
Ming ko‘ngilning yarasin.

 

  • Bir yaxshi gap esdan chiqmas,
    Bir — yomon gap.

 

  • Birovning o‘zi g‘ar,
    Birovning so‘zi g‘ar.

 

  • Bug‘doy noning bo‘lmasin,
    Bug‘doy so‘zing bo‘lsin.

 

  • Gapda g‘iybat yomon,
    Dardda — quyonchiq.

 

  • Gapdan gap chiqar,
    Cho‘pdan — xas.

 

  • Gapi gapga o‘xshamas,
    Og‘zi gapdan bo‘shamas.

 

  • Gapi sassiqning o‘zi sassiq.

 

  • Gapi to‘mtoqning o‘zi to‘mtoq.

 

  • Gapi to‘ngning o‘zi to‘ng.

 

  • Gapning yomoni pichir.

 

  • Go‘sht-yog‘ berma, yaxshi til ber.

 

  • Donning achchig‘i yaxshi,
    So‘zning — shirini.

 

  • Duo bilan el ko‘karar,
    Yomg‘ir bilan yer ko‘karar.

 

  • Duo olgan ko‘karar,
    Tuhmat olgan oqarar.

 

  • Duo olgan omondir,
    Qarg‘ish olgan yomondir.

 

  • Yomon gap — bosh qozig‘i,
    Yaxshi gap — jon ozig‘i.

 

  • Yomon gap yer tagida uch yil yotar.

 

  • Yomon gap tarsakidan yomon.

 

  • Yomon gapning oyog‘i olti.

 

  • Yomon so‘z bo‘lmasa,
    Yaxshi so‘z bo‘lmaydi.

 

  • Yomon so‘zlab sovutma,
    Jon og‘ritib ovutma.

 

  • Yomon so‘zning qanoti bor.

 

  • Yomonning tili bor,
    Yaxshining — dili.

 

  • Yomonning yuzi qursin,
    Gapirgan so‘zi qursin.

 

  • Yomonning yaxshi so‘zidan,
    Yaxshining yomon so‘zi yaxshi.

 

  • Jig‘li qarg‘ish jig‘ini topar,
    Jig‘siz qarg‘ish — o‘zini.

 

  • Zahar til suyakni yorar.

 

  • Iliq so‘z — shakar,
    Sovuq so‘z — zahar.

 

  • Issiq kiyim tanni ilitar,
    Issiq so‘z jonni ilitar.

 

  • Kishining o‘zi yetmagan yerga so‘zi yetar.

 

  • Kuch egmaganni so‘z egar.

 

  • Ko‘zdan ko‘zing toysa,
    So‘zdan ko‘ngling toyar.

 

  • Ko‘ngilni qo‘l bilan ovlamasang,
    Til bilan ovla.

 

  • Ko‘ngilsiz gapning kechikkani yaxshi.

 

  • Mazali so‘zga quloq charchamas.

 

  • Ma’qul so‘zga qoruv yo‘q.

 

  • Ming chechanni bir ezma yengar.

 

  • Muzdan suv tomar,
    So‘zamoldan — bol.

 

  • Ovni — oziq bilan,
    Odamni — so‘z bilan.

 

  • Ovqatni tuz mazali qilar,
    Odamni — so‘z.

 

  • Odam gap bilan,
    Hayvon o‘t bilan.

 

  • Odam so‘zi bilan sinalar,
    Osh — tuzi bilan.

 

  • Odam — so‘zlashguncha,
    Yilqi — kishnashguncha.

 

  • Odam so‘zlashib tanishar,
    Hayvon — hidlashib.

 

  • Odam so‘zlashar,
    Hayvon yalashar.

 

  • Olim so‘zi oz,
    Oz bo‘lsa ham soz.

 

  • Orqadagi gap — og‘ildagi tezak.

 

  • Ochiq til osh yedirar,
    Achchiq til tosh yedirar.

 

  • Oq degani — olqish,
    Qora degani — qarg‘ish.

 

  • Og‘izga kelgan so‘z arzon,
    Ovulga kelgan bo‘z arzon.

 

  • Og‘izdan chiqqan so‘z qaytmas.

 

  • Og‘rigan joyga qo‘l yugurar,
    Og‘ritar so‘zga til yugurar.

 

  • Pichir-pichirdan o‘t chiqar.

 

  • Puling bo‘lmasa, bo‘lmasin,
    Shirin so‘zing bo‘lsin.

 

  • Sabr qilgan moy oshar,
    Olqish olgan ko‘p yashar.

 

  • Sen ham — bir og‘izdan,
    Siz — ham.

 

  • Sovuq gap yurakni muzlatar.

 

  • Suv o‘z yo‘lini topar,
    So‘z — o‘z egasini.

 

  • Suyaksiz til suyak sindirar.

 

  • So‘z — bir, sayqal — qirq.

 

  • So‘z kaltada,
    Un xaltada.

 

  • So‘z nayzadan o‘tkir.

 

  • So‘z oyoqdan ilgari borar.

 

  • So‘z ojizi bo‘lguncha,
    Ko‘z ojizi bo‘l.

 

  • So‘z suyakdan o‘tar,
    Tayoq — etdan.

 

  • So‘z chumchuq emas,
    Og‘izdan chiqsa, tutib bo‘lmas.

 

  • So‘z emgak bo‘lar,
    Bo‘z — ko‘ylak.

 

  • So‘zda qanquv yomon,
    Dardda — sanchuv.

 

  • So‘zdan so‘zning farqi bor,
    O‘ttiz ikki narxi bor.

 

  • So‘zdan so‘z chiqar,
    So‘zlamasang na chiqar.

 

  • So‘zi nodurustning o‘zi nodurust.

 

  • So‘zlagandan so‘zlamagan yaxshiroq,
    So‘zlab edim, boshimga tegdi tayoq.

 

  • So‘zni bir ezmadan so‘ra,
    Bir — kezmadan.

 

  • So‘zni so‘z ochar.

 

  • So‘zning boyligi — odamning chiroyligi.

 

  • So‘zning yomoni — sanchiq,
    Dardning yomoni — quyonchiq.

 

  • So‘zning onasi — quloq,
    Suvning onasi — buloq.

 

  • Tayog‘i yo‘g‘on birni urar,
    So‘zi yo‘g‘on mingni urar.

 

  • Tanballik — kulfat,
    Mahmadanalik — ofat.

 

  • Taom lazzati o‘zida.
    Odam lazzati — so‘zida.

 

  • Til — aql bezagi.

 

  • Til — aql tarozusi.

 

  • Til — aql o‘lchovi.

 

  • Til bor, bol keltirar,
    Til bor, balo keltirar.

 

  • Til — dil kaliti.

 

  • Til — dil tarjimoni.

 

  • Til — dil jarchisi.

 

  • Til tig‘i qilich tig‘idan o‘tkir.

 

  • Til yugurigi — boshga,
    Oyoq yugurigi — oshga.

 

  • Til yaxshisi bor etar,
    Til yomoni xor etar.

 

  • Til tig‘dan o‘tkir.

 

  • Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz.

 

  • Tilga e’tibor — elga e’tibor.

 

  • Tilga ehtiyot — elga ehtiyot.

 

  • Tili nopok — o‘zi nopok.

 

  • Tili shirinning do‘sti ko‘p.

 

  • Tilni bog‘la dil bilan,
    Dilni bog‘la til bilan.

 

  • Tig‘ jarohati bitar,
    Til jarohati bitmas.

 

  • Toza suvni yer olar,
    Yaxshi so‘zni el olar.

 

  • Tuzsiz oshning epi oson,
    Tuzsiz gapning epi qiyin.

 

  • To‘qson og‘iz so‘zning to‘qsonta tuguni bor.

 

  • Uzun til — boshga to‘qmoq,
    Bo‘yinga — sirtmoq.

 

  • Uzun til — umr zavoli.

 

  • Uzun tilim — uzgin tilim,
    Qisqa tilim — tizgin tilim.

 

  • Fil ko‘tarmaganni til ko‘tarar.

 

  • Xabar — shamoldan tez.

 

  • Xotin so‘zini qondirar,
    Er urug‘idan tondirar.

 

  • Xushxabarning ming qanoti bor.

 

  • Chin so‘z — mo‘tabar,
    Yaxshi so‘z — muxtasar.

 

  • Shakar ham tilda,
    Zahar ham tilda.

 

  • Shirin so‘z shakardan shirin.

 

  • Shirin so‘z o‘likni ham tiriltirar.

 

  • Shirin so‘z — qaymoqli ayron,
    Achchiq so‘z — bo‘yniga arqon.

 

  • Shirin-shirin so‘zlasang,
    Ilon inidan chiqar.

Achchiq-achchiq so‘zlasang,
Musulmon dinidan chiqar.

 

  • Shirin yuzingdan shirin so‘zing a’lo.

 

  • Egasiz qarg‘ish egasini topar.

 

  • El bor yerda so‘z bor.

 

  • El qo‘shiq bilan tirik.

 

  • El g‘aznasi — eski so‘z.

 

  • Eldagi gap — dildagi gap.

 

  • Elli(k) gapdan belli gap yaxshi.

 

  • Elni sevsang, elcha gapir.

 

  • Er boyligi — yo‘lda,
    So‘z boyligi — tilda.

 

  • Er — lafzidan,
    Qo‘y — bo‘g‘zidan.

 

  • Er so‘zi — el so‘zi.

 

  • Etigi yomon to‘r bulg‘ar,
    Og‘zi yomon — el.

 

  • Yuz yuzdan shirin,
    So‘z so‘zdan shirin.

 

  • Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar,
    Yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar.

 

  • Yaxshi gapga quloq sol,
    Yomon gapga uloq sol.

 

  • Yaxshi gapning ham qulog‘i bor,
    Yomon gapning — ham.

 

  • Yaxshi naql — tomiri aql.

 

  • Yaxshi osh berguncha, yaxshi so‘z ber.

 

  • Yaxshi og‘izga — osh,
    Yomon og‘izga — tosh.

 

  • Yaxshi so‘z boldan shirin.

 

  • Yaxshi so‘z bo‘ldiradi,
    Yomon so‘z kuydiradi.

 

  • Yaxshi so‘z iydirar,
    Yomon so‘z bezdirar.

 

  • Yaxshi so‘z — ko‘ngil podshosi.

 

  • Yaxshi so‘z suyuntirar,
    Yomon so‘z kuyuntirar.

 

  • Yaxshi so‘z — yurak yog‘i,
    Yomon so‘z — yurak dog‘i.

 

  • Yaxshi so‘z — yurakka malham,
    Yomon so‘z — yurakka g‘am.

 

  • Yaxshi so‘zga uchar qushlar el bo‘lar,
    Yomon so‘zga pashsha kuchi fil bo‘lar.

 

  • Yaxshi so‘zdan — vafo,
    Yomon so‘zdan — vabo.

 

  • Yaxshi so‘zdan moy eriydi,
    Yomon so‘zdan soy quriydi.

 

  • Yaxshi so‘zning mazasini bilmagan,
    Yomon so‘zning izzasini bilmas.

 

  • Yaxshining so‘zi — oltin,
    Yomonning so‘zi — bolta.

 

  • Yaxshining so‘zi toshni eritar,
    Yomonning so‘zi boshni chiritar.

 

  • Yaxshining so‘zi — qaymoq,
    Yomonning so‘zi — to‘qmoq.

 

  • Yaxshi-yaxshi desa,
    Kunda tariqday yaxshilik qo‘shilar emish.

Yomon-yomon desa,
Kunda tariqday yomonlik qo‘shilar emish.

 

  • O‘z aqling aqldir,
    Elning aqli naqldir.

 

  • O‘zi sovuqning — so‘zi sovuq.

 

  • O‘n og‘iz so‘z ming og‘iz bo‘lar.

 

  • O‘tarchining nashtari yeng ichida,
    Zahar xotin nashtari til uchida.

 

  • O‘ttiz tishdan chiqqan so‘z,
    O‘ttiz uruqqa tarqalar.

 

  • O‘q birni o‘ldirar,
    So‘z — mingni.

 

  • Qarg‘ishning ikki uchi bo‘lar.

 

  • Qattiq gap qarindoshga ham yoqmas.

 

  • Qizil tilim bo‘lmasa,
    Qishlar edim elimda.

Yashil tilim bo‘lmasa,
Yayrar edim elimda.

 

  • Qizil tilim tiyolmadim,
    Qizimnikiga borolmadim.

 

  • Quruq so‘z bosh og‘ritar,
    Yoriq qoshiq og‘iz yirtar.

 

  • Qo‘yning qimmati — yungida,
    Odamning qimmati — so‘zida.

 

  • Sevdirgan ham til,
    Bezdirgan ham til.

 

  • Sel ariqni buzar,
    Yomon so‘z — dilni.

 

  • Quloqdan kirgan sovuq so‘z
    Ko‘ngilga borib muz bo‘lar.

 

  • Qo‘tir qo‘ldan yuqar,
    Balo — tildan.

 

  • Do‘st orttiraman desang,
    Shirin suhbat qil!

Dushman orttiraman desang,
Chaqirtikan bo‘l!

 

  • Har kim o‘z tili bilan tirik.

 

  • Yaxshiga qilsang yaxshilik –

Ham aytadi, ham qaytadi.

Yomonga qilsang yaxshilik –

Na aytadi, na qaytadi.

 

  • Yaxshi so‘z to‘rga eltar,
    Yomon so‘z — go‘rga.

 

  • Har mevaning po‘chog‘i bor,
    Har so‘zning o‘lchovi bor.

 

  • Shirinso‘z shoh kosasida suv ichar.

 

  • Hikmat — bir hovuch oltin.

 

  • Oz gapir — soz gapir.

 

  • Yo‘l quvgan xazinaga yo‘liqar,
    So‘z quvgan — baloga.

 

  • Tuya ham muomalaga cho‘kar.

 

  • Tilingda bo‘lsa boling,
    Kulib turar iqboling.

 

  • Yaxshi so‘z qand yedirar,
    Yomon so‘z pand yedirar.

 

  • Yomon til boshga balo keltirar,
    Yaxshi til davlat, dunyo keltirar.

 

                   Ibrohimjon domla Inomov.

Maqolalar