Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.
Chunki otang seni achchiqlantirgan va senga yoqmagan ishlarni aslida sen uchun qilganiga amin bo'lasan. Otangning senga hayqirishi uning sog'lig'iga katta zarar etkazganini tushunib etasan. Otangdan keyin hech kim seni otangchalik o'ylamasligini anglab etasan, hatto yoshing qirqqa etgan bo'lsa ham, o'zingni suyanchiqsiz, yolg'iz his qilaverasan.
Otang o'tgach, sen unga ko'p zulm qilib qo'yganingni, otang esa nima ish qilgan bo'lsa ham, seni deb, seni qattiq yaxshi ko'rgani, seni eng go'zal inson sifatida ko'rishni istagani uchun qilganini tushunib etasan. Shunda sen otangdan uzr so'rab olish uchun u bilan bir bor bo'lsa ham ko'rishishni, otang istagandek inson bo'lishni aytishingni orzu qilasan. Lekin u paytda fursat boy berilgan bo'ladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta farzand (ota-onaning) baxil bo'lishiga, qo'rqoq bo'lishiga, ilmsiz bo'lishiga, xafa bo'lishiga sababdir», dedilar (Hokim va Tabaroniy rivoyat qiladilar).
– Baxillikka sabab bo'lishi: ota-ona mol-mulkini bolamga bo'lsin deb, birovlarga, hatto o'ziga ham sarflashdan qizg'anadi. Bolasiga esa borini, sog'ligini, hatto jonini ham ayamaydi.
– Qo'rqoqlikka sabab bo'lishi: farzandlarini o'ylab biror qaltis ish qilishdan, safarlarga chiqishdan qo'rqoqlik qiladi, natijada ko'plab yaxshiliklardan mahrum bo'lib qoladi.
– Ilmsizlikka sabab bo'lishi: oilasini o'ylab, ularning ta'minoti bilan mashg'ul bo'lib, ilm uchun safar qila olmaydi, kasb bilan mashg'ul bo'lib, ilmga kam vaqt ajratadi.
– Hafalikka sabab bo'lishi: bolasiga etgan kasallik, ko'ngilsizlik va shu kabi aziyatlar uchun xafa bo'ladi.
Biz farzandlar ota-onalarimizning ushbu mehnat-mashaqqatlarini unutib yubormasligimiz lozim. Barcha ishlarimizni ortga surib bo'lsa ham, ota-onamizning xizmatida bo'lishimiz darkor. Ota-onamiz g'animat, bugun bor, erta yo'q insonlar. Hizmatlarini o'z vaqtida, ortga surmay qilib olmasak, erta qancha afsus-nadomat chekmaylik, foydasi bo'lmaydi.
Ota-onalarimiz Alloh taoloning ofiyatida bo'lishsin, vafot etganlari bo'lsa, Alloh taolo rahmatiga olsin!
Qudratulloh Sidiqmetov
«Hilol» jurnalining 3(48) sonidan
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi poytaxti O‘mon shahridagi Qirollik islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan har yili e’lon qilinadigan reytingda dunyoning eng nufuzli 50 nafar musulmoni ro‘yxatiga kiritildi.
Unda muhtaram Yurtboshimiz rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqaro hamkorlik va mintaqaviy diplomatiyani rivojlantirish, ta’lim va madaniyat sohalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, boy islomiy merosni asrab-avaylash va jahon miqyosida targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlar alohida qayd etilgan.
Mazkur e’tirof Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, xususan, diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlar xalqaro miqyosda tan olinayotganining yana bir amaliy ifodasidir.
Zero, bugun mamlakatimizda haqiqatdan ham diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soha vakillarining ilmiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro islom akademiyasi, diniy ta’lim muassasalari, ilmiy maktab va markazlar faoliyati tobora kengayib bormoqda.
Ulug‘ allomalarning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, tarixiy qadamjolarni obodonlashtirish, ziyorat turizmini rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda. Mamlakatimizda turli diniy konfessiyalarning erkin faoliyat yuritishi ta’minlanib, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash yo‘lida muntazam muloqotlar olib borilmoqda.
Namozlarni emin-erkin ado etish, hayit bayramlarini nishonlash, haj va umra ziyoratlarini tashkil etish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar ham ushbu islohotlarning ajralmas qismiga aylangan.
Yurtboshimizning mana shunday e’tirofga sazovar bo‘lishlari yaxshilik amallarning bu olamda ham javobsiz qolmasligiga bir ishoradir. Zero Alloh taolo ham Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan:
“Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarga Rohman (odamlar qalbida) muhabbat paydo qilur” (Maryam surasi, 96-oyat).
Inson Alloh roziligi uchun xayrli ish qilsa, Alloh uning yaxshiligini bandalari qalbiga solib qo‘yadi. Odamlar uni yaxshi ko‘rib, e’tirof etadi.
Mamlakatimiz rahbarining nafaqat mana shu yurt, xalq, balki boshqa xalqlar tinchligi, farovonligi yo‘lida qilayotgan beqiyos xayrli amallariga Alloh taolo ulkan ajr-mukofotlar ato etsin!
Zayniddin domla ESHONQULOV,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari