"Taskin" ko'rsatuvining navbatdagi mavzusi: "Allohga bunday munosabatda bo'lmang"
- Musulmon holatda kofirni ishini qilishning oqibati;
- Qalbingizga nazar solganmisiz?
- Baxtdan o'zingiz yuz o'girmang...
www.Muslim.uz hamda www.Vaqf.uz hamkorligidagi ruhiy tarbiyaga bag'ishlangan loyiha!
Yangi o‘quv yili va mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida Qarshi shahridagi 100 nafar ehtiyojmand oila farzandiga yangi o‘quv qurollari to‘plamlari beg‘araz topshirildi.
Qo‘lida yangi portfel va kitob-daftar tutgan jajji o‘quvchilarning yuzidagi samimiy tabassum va quvonch bu ezgu ishning naqadar qadrli ekanini ko‘rsatdi. Zero, ilm istagan qalbga qanot bo‘lish — eng ulug‘ savoblardandir.
Tadbir yakunida xayriyada hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati