Fond rahbariyatining Andijon viloyatiga safarining navbatdagi manzili Jalaquduq tumanidagi "Beshtol" masjidi bo'ldi.
Mazkur masjid ayni damda kapital ta'mirlanish jarayonida. Ushbu xayrli ishga hissa qo'shish maqsadida Yahyo domla Abdurahmonov fond nomidan masjid hisobiga 10 000 000 so'm xayriya qildi.
Alloh taolo masjidlar obodligiga hissa qo'shayotganlarga Jannatda qasrlar ato etsin!
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan e’lon qilingan "Huquqiy savodxonlik oyligi" doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, maxsus kurslar va seminar-treninglar boshlandi.
Bulardan dastlabkisi 2025 yil 6 may kuni Mir Arab oliy madrasasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Maxsus kurs Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari M.Muhammadsidiqov, Mir Arab oliy madrasasi rektori J.Elov shuningdek, ustoz va talabalar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar, Konsepsiyaning ahamiyati, 2025 yil 21 apreldagi "Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni bilan joriy etilgan yangi tizimlar haqida fikrlar bildirildi.