Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Sentabr, 2026   |   9 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:49
Quyosh
06:08
Peshin
12:17
Asr
16:35
Shom
18:28
Xufton
19:43
Bismillah
20 Sentabr, 2026, 9 Rabi`us soni, 1448

DIQQAT, TANLOV!

01.12.2021   2558   1 min.
DIQQAT, TANLOV!

Assalomu alaykum, aziz muxlislar!

O'zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyot-matbaa ijodiy uyi ? “Mo'minalar” jurnali uchun maqolalar tanlovini e'lon qiladi.

Asosiy mavzular:

1. Yoshlar tarbiyasi;
2. Bid'at va xurofotlar;
3. Ogohlik;
4. Noto'g'ri yo'ldagilar;
5. Ma'rifatli ayol.

Shuningdek, qalamkash o'zini qiziqtirgan boshqa mavzularda ham maqolalar yuborishi mumkin. Saralab olingan maqolalar “Mo'minalar” jurnalida chop etiladi va muallifga qalam haqi beriladi.

Bundan tashqari, nashriyot rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga ham ushbu maqolalar qo'yib boriladi.

Qadrli mushtariylar, ijod namunalaringizni quyidagi manzilga ism-sharifingizni to'liq ko'rsatgan holda yuborishingiz mumkin:

@Muminalaruz_bot
@Muminalar_jurnali

Yoki pochta orqali quyidagi manzilga xat yuborishingiz mumkin:
Toshkent – 100002, Zarqaynar 18-berk ko'cha 47-a uy.

Muhtaram mushtariylar, maqolalaringizni kutib qolamiz.

❗️Maqolalar shu yil 31 dekabr' sanasigacha qabul qilinadi.

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   89132   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari