— Ba'zan biror qiyinchiliklarga duch kelsak, taqdirdan nolib qolamiz: “Nega bunday bo'ldi?”, “Gunohim nima?”, deb yig'laymiz. Bir kishi bunday gaplarni aytib yig'lasa, gunoh bo'ladi, iymonidan ayriladi, deb aytdi. Shu gap to'g'ri-mi?
— Aslida, qadar, ya'ni Alloh tomonidan tayin qilingan yaxshilik va yomonlik, musibat va rahmat, xursandchilik va xafalik, o'lim va hayot, kufr va iymon, boylik va kambag'allik, hidoyat va zalolat hamda boshqa hamma narsalar Alloh taoloning maxluqotlardagi siridir. Haloyiqning taqdirlari Alloh tomonidan belgilanadi. Bu taqdirning hikmatini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi.
Qadarga iymon keltirish — insonga keladigan yoki oxiratda bo'ladigan har bir narsa Allohning taqdiri, ilmi, irodasi va belgilashi bilan bo'lishiga iymon keltirishdan iboratdir. U narsadan muqarrab (Allohga yaqin kishi) farishta ham, yuborilgan nabiy ham xabardor emas. U narsaga nazar solishdan, fikr qilishdan va vasvasadan nihoyatda ehtiyot bo'ling. Chunki Alloh taolo qadar ilmini O'z bandalaridan o'rab qo'ygandir.
Har bir mo'minga bu masalada qalbiga tushgan vasvasani daf qilish lozim bo'ladi.
Muhammad Ayyub HOMIDOV
#Audio #Aqida_darslari
1-dars: Muqaddima. (Aqida ilmiga kirish).
Ustoz Abdulqodir domla Pardayev.
Manba: @AhliSunnaValJamoaUz
https://t.me/ahlisunnavaljamoauz/2573