Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Noyabr, 2025   |   28 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:53
Quyosh
07:16
Peshin
12:13
Asr
15:20
Shom
17:05
Xufton
18:21
Bismillah
19 Noyabr, 2025, 28 Jumadul avval, 1447

Dinda savolim bor: “Gunohim nima?”, deb yig'lashlik noto'g'rimi?

01.12.2021   2009   1 min.
Dinda savolim bor: “Gunohim nima?”, deb yig'lashlik noto'g'rimi?

— Ba'zan biror qiyinchiliklarga duch kelsak, taqdirdan nolib qolamiz: “Nega bunday bo'ldi?”, “Gunohim nima?”, deb yig'laymiz. Bir kishi bunday gaplarni aytib yig'lasa, gunoh bo'ladi, iymonidan ayriladi, deb aytdi. Shu gap to'g'ri-mi?

— Aslida, qadar, ya'ni Alloh tomonidan tayin qilingan yaxshilik va yomonlik, musibat va rahmat, xursandchilik va xafalik, o'lim va hayot, kufr va iymon, boylik va kambag'allik, hidoyat va zalolat hamda boshqa hamma narsalar Alloh taoloning maxluqotlardagi siridir. Haloyiqning taqdirlari Alloh tomonidan belgilanadi. Bu taqdirning hikmatini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi.

Qadarga iymon keltirish — insonga keladigan yoki oxiratda bo'ladigan har bir narsa Allohning taqdiri, ilmi, irodasi va belgilashi bilan bo'lishiga iymon keltirishdan iboratdir. U narsadan muqarrab (Allohga yaqin kishi) farishta ham, yuborilgan nabiy ham xabardor emas. U narsaga nazar solishdan, fikr qilishdan va vasvasadan nihoyatda ehtiyot bo'ling. Chunki Alloh taolo qadar ilmini O'z bandalaridan o'rab qo'ygandir.

Har bir mo'minga bu masalada qalbiga tushgan vasvasani daf qilish lozim bo'ladi.

 

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qibray tumanida kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

19.11.2025   292   1 min.
Qibray tumanida kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy: «…yoshlikdan boshlab zehn va idrokimizni quvvatlandurmak uchun aziz umrimizni o‘yin-kulgi, safsata, moloya’ni (ma’nosiz) kabi behuda so‘zlar bilan o‘tkarmay, har xil kitob, g‘azita va jurnallarni o‘qub, fikrimizni ochmoq, zehnimizni quvvatlandurmak lozimdur» deya ta’kidlagan edi. Haqiqatan, kitob inson uchun ayni xazinadir.

Kecha, 18 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent viloyati Qibray tumanida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining «Ey bandalarim... Bir qudsiy hadis sharhi» kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Doniyor domla Ikromov, tuman va shaharlar bosh imomlari, imom-domlalar ishtirok etdi.

Taqdimotda ushbu asarning bugungi kundagi ahamiyati, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdagi o‘rni borasida so‘z bordi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Qibray tumanida kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi Qibray tumanida kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari