Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Fevral, 2026   |   18 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:09
Quyosh
07:29
Peshin
12:42
Asr
16:03
Shom
17:49
Xufton
19:03
Bismillah
06 Fevral, 2026, 18 Sha`bon, 1447

HUShHABAR: O'zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga “Umra” safarini hal etish uchun jo'nab ketdi

01.12.2021   5129   1 min.
HUShHABAR: O'zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga “Umra” safarini hal etish uchun jo'nab ketdi

? 2021 yil 1 dekabr' kuni erta tongda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Holiqnazarov hazratlari va Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi a'zolari Saudiya Arabistoniga jo'nab ketdi.

Ma'lumki, o'tgan ikki yil davomida pandemiya tufayli butun dunyo mo'min-musulmonlari “Haj” va “Umra” amallarini ado etish baxtidan bebahra bo'ldilar.

Allohga shukrki, so'nggi vaqtlarda Saudiya Arabistoni va yurtimizda koronavirus bilan bog'liq vaziyat yaxshilanayotgani, kunlik kasallanish darajasi kamayayotgani, vaktsina olgan aholi miqdori oshib borayotgani va cheklovlar yumshatilayotgani O'zbekiston xalqini cheksiz quvontirmoqda.

Ayni kunlarda yurtimiz mo'min-musulmonlari katta intiqlik bilan umra mavsumining boshlanishini kutishmoqda. Umid qilamizki, tez orada mavjud ehtiyot choralari ham yumshab, yurtimiz musulmonlari yana emin-erkin umra ibodatlarini ado etish saodatiga erishadilar, insha Alloh.

Haq taolo ushbu safarni xayrli qilsin, mana shunday sharafli va mas'uliyatli vazifada O'zbekiston delegatsiyasiga kuch-quvvat va muvaffaqiyatlar ato etsin.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
@muslimuzportal | @vaqfuz | @diniysavollar

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

06.02.2026   429   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Idora xodimi Yusuf Mingto‘rayevning akasi Karim hoji boboning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi.
 

Alloh taolo marhumni O‘z mag‘firatiga olsin, imonlarini salomat qilsin, solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!


Haq taolo Yusuf Mingto‘rayev va marhumning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin. Biz Buyuk Parvardigordan duo qilib so‘raymizki, marhumni o‘zining cheksiz rahmatiga olsin, jannat bog‘lariga doxil etsin.


Inna lillahi va inna ilayhi roji’un!
«Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz U Zotga qaytuvchimiz».

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O'zbekiston yangiliklari