Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Iyul, 2025   |   15 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:17
Quyosh
04:59
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:36
Bismillah
10 Iyul, 2025, 15 Muharram, 1447

Qozog'iston bosh masjidiga buyuk ajdodimiz al-Farobiy nomi berildi

29.11.2021   1414   3 min.
Qozog'iston bosh masjidiga buyuk ajdodimiz al-Farobiy nomi berildi

Qozog'iston poytaxtidagi Nur Ostona masjidiga Sharqning atoqli olimi va mutafakkiri Abu Nosir al-Farobiy nomi berildi, deb xabar bermoqda Kazinform axborot agentligi.

Bu haqda 19 noyabr kuni masjid hududida o'tkazilgan tantanali marosimda ma'lum bo'ldi. Islam.ru xabariga ko'ra, juma kuni tadbir bo'lib o'tdi.

"O'tgan hafta Qozog'iston musulmonlari diniy idorasi raisi, oliy muftiy Navro'zbay hoji Tag'anuli raisligi ostidagi Prezidiumning yig'ilishida Olimlar Kengashidan "Nur Ostona" masjidini qayta nomlash taklifi tushgan edi. Diniy idoraning bo'lim boshliqlari, viloyat imomlari va markaziy idora xodimlari masjid nomini o'zgartirish uchun ovoz berdilar. Natijada 15 yillik tarixga ega bo'lgan masjidga endi mutafakkir olim Abu Nasr al-Farobiy nomi berilishiga qaror qilindi",-deydi Nur Sulton masjidi bosh imomi Yerbolat Jusipov.

Mustaqillikning 30 yilligiga bag'ishlab qabul qilingan qaror natijasida bugun sobiq masjid nomi yozilgan lavha rasman olib tashlandi va uning o'rniga yangi Abu Nasr al-Farobiy masjidi nomi yozilgan lavha o'rnatildi. Al-Farobiy Sharq faylasufi, matematigi va olimi. O'rta asrlar Sharq falsafasining yirik vakillaridan biri.

Fan va madaniyat olamida o'z o'rni va mavqeiga ega bo'lgan ulug' mutafakkir, zabardast olim, buyuk allomalardan biri, shubhasiz, Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' Tarxon Forobiydir (873—950). Abu Nasr Forobiy «Sharq Arastusi», «Ikkinchi muallim» nomlari bilan O'rta Osiyo madaniyatining asoschilaridan biriga aylanganligi bejiz emas edi, albatta. Forobiyning shaxsi va ijodi ko'pgina olimlarning diqqatini o'ziga jalb etgan bo'lib, u haqida ko'pdan-ko'p tortishuv va munozaralar bo'lib turar edi.

Uning so'nmas ilmiy va madaniy merosi ta'siri ostida dunyoning juda ko'p madaniyat vakillari, jumladan, Nizomiy Ganjaviy, Shota Rustaveli, Nosir Hisrav, Mirzo Ulug'bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Grigor Tativatsi, Ioane Petritsi, Rodjer Bekon, Sicher Brabantskiy va boshqa yuzlab fan fidoyilari shakllangan, o'zligini anglab, mustaqil ijod yo'lini topib olganlar, desak mubolag'a bo'lmas. Abu Nasr Forobiy o'rta asr fani va madaniyatining barcha muhim sohalarini to'la egallagan buyuk allomadir. Uning 160 dan ortiq asar yozib qoldirganligi ma'lum. Taniqli forobiyshunos akademik M.Hayrullaev o'zining «Uyg'onish davri va Sharq mutafakkiri» asarida Forobiy asarlari turli mamlakatlardagi mashhur shaharlar: Sankt-Peterburg, Moskva, Toshkent, Boku, Qozon, Qohira, Bayrut, Damashq, Istanbul, Berlin, London, Parij, Madrid, Nyu-York, Haydarobod, Isfaxon, Bombey, Tehron va boshqa ko'plab shaharlarning katta kutubxonalarida, davlat va shaxsiy qo'lyozma fondlarida saqlanib, e'zozlanib kelayotganligi haqida yozadi.

Nur Ostona masjidining ochilishi 2005 yil 22 yil martda Navro'z bayrami sharafiga bo'lib o'tdi. "Hazrat Sulton" masjidi ochilishidan oldin Qozog'iston va Markaziy Osiyodagi eng yirik masjid bo'lgan. Masjidning balandligi 62 metr bo'lgan to'rtta minorasi bo'lib, asosiy gumbazining balandligi 43 metr, umumiy maydoni esa 3930 metrni tashkil etadi. Qurilish 2002 yildan 2005 yilga qadar amalga oshirildi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Namozga kirishda, qo‘llar qachon ko‘tariladi?

09.07.2025   3411   1 min.
Namozga kirishda, qo‘llar qachon ko‘tariladi?

Savol: Namozga “Allohu akbar”, deb quloq qoqishda “Allohu akbar” dagi “r” ga kelganda ikki qo‘lni bosh barmog‘i quloq yumshog‘iga tegiziladimi? Shunday deb, eshitdim.

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namozga kirishda avval ikki qo‘lni yuqoriga ko‘tarib, bosh barmoqlarni quloqning yumshoq joyiga tegiziladi. So‘ng “Allohu akbar”, deb, namozga kirishiladi.

Bu haqida Faqih Abu Ja’far rahimahulloh bunday zikr qilganlar: “Ikki kaftini ichki taraflari bilan qiblaga yuzlanadi va panjalari yozadi hamda qo‘llarini yuqoriga ko‘taradi. Qachonki, ikki bosh barmog‘i ikki quloqlarining yumshoq joylariga tegsa, “Allohu akbar” deb namozga shuru’ qiladi.

Shamsulaimma Saraxsiy rahimahullohga ko‘ra, barcha mashoyixlar shunga ittifoq qilganlar (“Muhiyt” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.