— Menga, farzandimga nohaq tuhmat qilishdi. Tuhmat haqida dinimizda nima deyilgan? Tuhmat qilganga qanday gunohlar yoziladi?
— Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Kim bir odamni ayblab, unda yo'q narsani aytgan bo'lsa, Alloh taolo uni aytgan narsasidan xalos bo'lguncha jahannam olovida kuydirib turadi”, dedilar (Imom Tabaroniy rivoyati).
Boshqa bir rivoyatda esa “Qandoq qilib ham xalos bo'lar edi”, deyilgan.
Tuhmatni gunohi ulkandir. Siz Alloh va vijdoningiz oldida to'g'ri bo'lsangiz, hech xavotirlanmang. O'sha tuhmat qilganlar siz rozi bo'lmaguningizcha bu haqdan qutula olishmaydi. Shuning uchun, siz Allohni huzuridagi ajrlardan umidvorlikda davomli bo'ling. Vallohu a'lam!
Muhammad Ayyub HOMIDOV
#Audio #Aqida_darslari
1-dars: Muqaddima. (Aqida ilmiga kirish).
Ustoz Abdulqodir domla Pardayev.
Manba: @AhliSunnaValJamoaUz
https://t.me/ahlisunnavaljamoauz/2573