Habar berganimizdek, shu yil 22-27 noyabr kunlari O'zbekiston musulmonlar idorasida Qoraqalpog'iston qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahar vakilliklari kadrlar va tashkiliy masalalari bo'yicha mutaxassislar bilim va malakalarini oshirdi.
Ushbu kurs O'zbekiston musulmonlari idorasi va tizimdagi vakilliklar – Qoraqalpog'iston qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahar vakilliklarida ish samaradorligini oshirish, amaldagi qonunchiligikdagi o'zgarishlardan xabardor etish, vakilliklarning kadrlar va tashkiliy masalalari bo'yicha mutaxassislarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Darslarni “Yurist va kadr” nodavlat ta'lim muassasasi ta'sischisi Saidali Muxtoraliyev boshchiligidagi amaliyotchi huquqshunoslar olib borishdi. Unda tinglovchilar mehnat sohasiga oid qonunchilik hujjatlari, sohani tartibga soladigan boshqa huquqiy manbalar, korxona va tashkilotlarda kadrlar xizmati faoliyatini to'g'ri tashkil etish masalalari bo'yicha bilim va malaka olishdi.
Bir haftalik malaka oshirish kursi davomidagi darslar qizg'in munozara va savol-javoblarga boy bo'ldi. Ishtirokchilar faol bo'lishdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Alhamdulillah, biz mo‘min-musulmonlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga salavot aytishga buyurilganmiz. Agar bir marta salavot aytsak, bizga Alloh o‘n marta rahmat yo‘llaydi, o‘nta gunohimiz o‘chiriladi, martabamiz o‘n daraja ortadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga o‘n marta rahmat yo‘llaydi. Uning o‘nta gunohi o‘chiriladi, martabasi o‘n daraja ko‘tariladi” (Imom Ahmad rivoyati). Manbalarda qisqa salavot sifatida quyidagi salavot beriladi:
اَللَّهُمَّ صل وَسَلِّمْ عَلَى نَبِيِّنَا مُحَمَّد
Allóhumma solli vasallim alá nabiyyiná Muhammad
Ma’nosi: “Ey, Alloh! Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga rahmat va salom yo‘llagin!”
Ruhiddin Akbarov,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi