Yurtboshimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda keng quloch yozgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Samarqand viloyatining barcha joylarida xayrli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, viloyatning Pastdarg'om tumanida joylashgan "Norqul bobo" jome masjidi hovlisida diniy soha vakillari, ulamo va nuroniylar ishtirokida manzarali va mevali daraxtlar ko'chati ekilib, "Ezgulik bog'i" tashkil etildi.
Shu kuni " Ezgulik bog'i"ga 1000 tupga ko'chatlar o'tqazildi.
Pastdarg'om tumanidagi tadbirlardan so'ng viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligidagi diniy soha xodimlari va ulamolar Kattaqo'rg'on tumanida joylashgan “Ho'ja Abduraxmon ota” jome masjidida peshin namozidan so'ng masjid hududida joylashgan erga 3000 tub mevali va manzarali daraxtlarni o'tqazdi. Bu bog'ga ulamolar “So'fi Olloyor” bog'i nomi berildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).
Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.
- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir.
- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.
- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,
- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.
- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.